S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
BOLALAR STOMATOLOGIYASIDA
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- A L O Y - А Л О Е - A LOE SP.
BOLALAR STOMATOLOGIYASIDA
FITOTERAPIYA Ushbu bobda xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda og'iz kasalliklarini davolashda qo‘llanilayotgan shifobaxsh o ‘simliklar haqidagi keng ma’lumotlar jamlangan. Yetmishga yaqin o‘simlikning morfologiyasi, kimyoviy tarkibi va farmakologik ta’siri to"g‘risida qisqacha ma’lumot berilgan. Asosan 0 ‘zbekistonda tarqalgan va o‘stiriladigan o‘simliklar va ularning davolash xususiyatlari haqida, stomatologiyada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kasalliklar haqida qisqacha m a’lumot berilgan. Har bir shifobaxsh o ‘simliklar osonlik bilan anglab olish uchun nomini bir yo‘la uch tilda — o'zbek, rus ba lotin tilida keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik. M azkur bo b n i tay o rla sh d a d o se n tla r H .J. Vahobov va R.G ‘. Alimovalarning ayrim manbalaridan foydalanildi A L O Y - А Л О Е - A LOE SP. Doimo yashil holda o ‘sadigan aloyning barcha turlari; haqiqiy aloy, tikanli aloy, daraxtsimon aloy va boshqalaming vatani Janubiy Afrikadir. Juda qurg'oqchil zonalarda o‘ssa ham bu ajoyib o'simlikning rangi doimo yashil, tanasi sersuv. Aloyning 2 turi; daraxtsimon aloy va yo‘l-yo‘l aloy madaniy- lashtirilib CTrta Osiyoda va Zakavkaz’eda o ‘stiriladi. Shifobaxsh qis-mi uning barglaridan siqib olinadigan shirasidir. Aloy shirasi stafilokokk, streptokokk, difteriya, dizenteriya va ichak tayoqchalariga nisbatan bakteriostatik va bakteriosid xususiyatga ega. Xalq tabobatida aloy bargining shirasidan oshqozon va 12-barmoqli ichak yaralari, o ‘pka sili va boshqalarni davolashda ishlatiladi. Ilmiy tabobatda aloy bargi shirasidan olinadigan sabur, ekstrakt, emulsiya ko'p sohalarda keng qo‘llaniladi. Stomatologiyada aloy shirasi kataral va yarali gingivitda, surunkali qaytalanuvchi aftali stomatitda, paradontit xuruj qilganda ishlatiladi. V.P. Filatov metodi bo‘yicha aloy bargidan tayyorlangan suvli ekstrakt in’eksiya qilinganda parodont to‘qimalariga biostimulyatorlik ta’sirini ko‘rsatadi, modda almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi va buzilgan to'qim alar bitishni tezlashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling