S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
KALANXOE - КАЛАНХОЭ ПЕРИСТОЕ
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- K A R A M - КАПУСТА HEJIOKA ЧАННАЯ
- KAPALAK GUL
KALANXOE - КАЛАНХОЭ ПЕРИСТОЕ -
Kalanchoe pinnata Persoon. Kalanxoening vatani Janubiy Afrika, Meksika, 0 ‘rta Yer dengizi. Oxiigi yillarda kalanxoeni gulxonalarda va xonadonlarda tuvakda o'stirishga ahamiyat berilayapti. Kalanxoe bargi va poyasidan olingan shira nihoyatda shifobaxsh. Shira tarkibida oshlovchi moddalar, organik kislotalar, S va P vitaminlari, fermentlarva mikroelementlar mavjud. Kalanxoe shirasida antiseptik, yallig‘lanishga qarshi ta ’sir etish, epitelizatsiyani kuchaytirish xusussiyatlari yaxshi bilingan. Stomatologiyada kalanxoe shirasi gingivitlar, stomatitlar va parodontitni davolashda applikatsiya, aerozol ingalyatsiya holida ishla tiladi. Xeylitlarda, lab bichilganda va milk abssesslarni davolashda kalanxoe malhami ishlatiladi. K A R A M - КАПУСТА HEJIOKA ЧАННАЯ - Brassica oleraceae Z. Karam 0 ‘zbekistonning hamma viloyatlarida sabzavot o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Karam bargi tarkibida yog‘, qandlar, mineral moddalar, ko‘p miqdorda К va P tuzlari, fermentlar, aminokislotalar, S, P, K, vitaminlari bor. Karam bargida vitamin U yaraga qarshi omil deb yuritiladi. Karam yallig‘lanishni qaytarish, og'riqni qoldirish, modda almashinuvini yaxshilash xususiyatiga ega. Parodontit, gingivit, og‘iz shilliq qavati yallig‘langanda achitilgan (tuzlangan) karamni yaxshilab chaynash yoki uning suviga og‘iz chayish yaxshi natija beradi. KAPALAK GUL - ФИАЛКА ТРЕХЦВЕТНАЯ - Viola tricolor Z. Kapalak gul binafsha guldoshlar oilasiga kiruvchi 1—2 yillik o ‘simlik, gullari besh yaproqli, turli rangli. Bog‘ va hiyobonlarda, hovlilarda chiroyli manzara berish uchun ekiladi. 0 ‘simlikning o‘rib olingan yer ustki qismida askorbin va salisin kislotalari, rutin, efir moyi, glyukozidlar va boshka moddalar bor. Kapalak gulning damlamasi og‘iz shilliq qavati yallig‘langanda, parodontitda, С — gipovitaminozida antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Buning uchun bir osh qoshiq maydalangan kapalak gulning yer ustki qismi bir stakan qaynoq suvda damlanadi. Kapalak gulning yangi tayyorlangan shirasi bilan aftali stomatitni davolash mumkin. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling