S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
KASHNICH — КИШ НЕЦ ПОСЕВНОЙ -
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- K O K A
- KUMUSHSIMON G OZPANJA - ЛАПЧАТКА СЕРЕБРИСТАЯ
KASHNICH — КИШ НЕЦ ПОСЕВНОЙ -
Coriandrum sativum Z. Kashnich xalq tabobatida ko‘p yillardan beri turli kasalliklarga dori hamda ziravor o‘simlik sifatida 0 ‘zbekistonda o‘stirilib kelinadi. Kashnich mevasi tarkibida efir moyi, yog‘, oqsil va oz miqdorda alkaloidlar bor. Efir moyi linalol, geraniol va boshqa moddalardan tashkil topgan. Bu efir moyi ko‘p dorilarga xushbo'ylik berish uchun, parfyumeriyada atirlaiga qo‘shish uchun va sitralni sintez qilish uchun ishiatiladi. Xalq tabobatida kashnich mevasi (kukun, damlama, nastoyka holida) m e’da-ichak kasalliklarini davolashda, og‘izdagi yoqimsiz hidni ketkazishda ishiatiladi. Kashnich mevasidan damlama tayyorlash uchun choynakka bir stakan qaynab turgan suv quyib ustiga bir osh qoshiq meva solinadi va 15 daqiqa. damlanadi. So‘ngra dokadan suzib og‘izda g‘arg‘ara qilinadi. Kashnichning bargidan olingan shira yangi holida og‘iz chaqalari, yaralariga qo‘yilsa ularning tez bitishiga ko‘mak beradi. K O K A - OQQALDIRMOQ - МАТЬ И МАЧЕХА - Tissilago farfara Z. Ko‘ka ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Respublikamizning hamma vilo yatlarida uchraydi, jarliklar va qiyaliklaming doimiy o ‘simligi. Dori- shunoslikda ko‘ka o ‘simligining gul va barglari ishlatiladi. Stomatologiya amaliyatida ko‘ka o‘simligining yallig‘lanishga va sklerozga qarshi ta ’sir etuvchi xususiyatlaridan foydalanilsa bo‘ladi. 0 ‘simlik damlamasi va qaynatmasi kataralva gipertrofik gingivitda va parodontitda qollaniladi. Ko‘ka o‘simligining yangi barglari qiyma qilinib milkka bosilsa, uning yarali yallig‘lanishida va parodontit xurujida shifo qiladi. KUMUSHSIMON G OZPANJA - ЛАПЧАТКА СЕРЕБРИСТАЯ — Potentilla argentea Z. Kumushsimon g‘ozpanja ko‘p yillik o ‘t o'simlik, ildizi juda uzun baquwat, sertarmoq. Tibbiyotda o ‘simlikning yer ustki qismi ishlatiladi. 0 ‘simlik tarkibidagi S- vitamini, tanin va boshqa moddalar unga yallig‘lanishni qaytarish va qon oqishini to ‘xtatish hamda burishtiruvchi xususiyatlarni beradi. Stomatologiyada mahsulotning damlamasi milklar qonaganda, og‘iz shilliq qavati yallig‘langanda chayish uchun ishlatiladi. Buning uchun bir osh qoshiq quritilgan kumushsimon g‘ozpanjaning yer ustki qismi bir stakan qaynagan suvda 30 daqiqa damlanadi va dokadan o‘tkazib og‘iz chayishda ishlatiladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling