Stomatologiyada kunjut moyi
paradontitni davolashda, milkka
moyli surtmalar, povyazkalar tayyorlashda ishiatiladi. Yangi barglarini
ezib gingivitni davolashda applikatsiya qilinadi.
MA VRAK - ШАЛФЕЙ ЛЕКАРСТВЕННЫЙ —
Salvia officiflis Z.
Mavrak maxsus o ‘stiriladi, chunki
yow oyi xolda deyarli
uchramaydi.
Dori xomashyosi sifatida barglari ishiatiladi. Ular tarkibida 2,5 %
gacha efir moyi,
S vitamini, flavonoidlar,
oshlovchi va boshqa
moddalar bor. 0 ‘simlikdan tayyorlangan damlama og‘iz shilliq pardasi
yallig‘langanda, har xil jarohat va yaralarda dizenfeksiya qiluvchi va
burishtiruvchi, yallig‘lanishni qaytaruvchi sifatida ishiatiladi.
Damlama tayyorlash uchun choynakka 2 stakan qaynab turgan
suv quyiladi, ustiga o ‘simlikning maydalangan bargidan 1 osh qoshiq
solib 20 daqiqa damlab qo‘yiladi. Yangi damlama og‘izda uzoq bitmay-
digan, yiringlaydigan shikast va yaralami tuzatishda ham kor qiladi.
Mavrak ekstrakti qo'shib tayyorlangan malham og‘iz burchaklari
va lablarining yorilishini davolashda ham yaxshi natija beradi. Bu
m alh am n in g y a llig 'lan ish n i
qaytarish, y aralarni bitkazish,
epitelizatsiyani tezlatish xususiyati kuchli.
Mavrakdan nastoyka xolida
tayyorlangan dori — 1 % li Salvin ham stomatologiyada yallig‘lanishga
qarshi, antibakterial, burishtiruvchi va
regeneratsiyani tezlatuvchi
dori sifati keng qo‘llaniladi. Salvinning kuchsiz eritmalari (2—4
marta) periodontit tishlarning kanallarini yuvish uchun, kuchsizroq
(6—10 marta) eritmalari parodontit va har xil stomatitlarda qo‘l
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: