M A Y M U N JO N - ЕЖЕВИКА СИЗАЯ -
Rubus calsius Z.
Maymunjon to ‘qaylarda, ariq bo‘ylarida, jarliklarda o ‘sadi,
uning hamma qismi shifobaxsh. Mevasi
va bargi tarkibida S vitamini,
qandlar, organik kislotalar, karotin, oshlovchi va boshqa moddalar
bor.
Stomatologiyada maymunjon mevasi va bargi damlamasi og‘iz
yallig‘langanda va yaralanganda chayish va aplikatsiya uchun ishlatiladi.
Buning uchun bir stakan suvga bir osh qoshiq meva yoki bargidan
solib damlanadi.
MA YCHECHAK -
РОМАШКА ЛЕКАРСТВЕННАЯ -
Matricaria chamomilla Z
Tog‘ yon bag'irlarida, qir adirlarda,
maysazorlarda yowoyi
xolda o‘sadigan bir yillik o ‘t o ‘simlik. Dori sifatida guli ishlatiladi.
M oychechak gulida 0,5 % atrofida efir moylari, azulen,
apigenin, flavonoidlar uchraydi. Efir moylari dezinfeksiya
qobiliyatiga
ega. Azulen to'qimalaridagi allergik holatini pasaytiradi, regeneratsiya
prosesslarini oshiradi. A pigenin silliq m uskul tarangligini
b o ‘shashtiradi. Shu xususiyatlari
tufayli m aychechak gulidan
tayyorlangan dorilar tibbiyotda juda keng ishlatiladi.
Stomatologiyada maychechak guli damlamasi og‘iz shilliq qavati
va milklar kataral yallig'langanda, parodontitda chayish uchun
ishlatiladi. Buning uchun quritilgan
maychechak gulidan bir osh
qoshigi bir stakan qaynagan suvda damlanib dokadan suziladi. Shu
maqsadda maychechakdan tayyorlangan ROMAZULANdan ham
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: