S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

2 5 - 
rasm. 
4- tish, periapekal periodontit. 
Panoram rentgenogrammadan fragment.


Granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun suyak to'qimasining 
notekis yemirilishi o'ziga xos xususiyatdir. Shu bilan birgalikda sement 
va dentinning yemirilishi oqibatida ildiz relefining o‘zgarishi, ayrim 
hollarda esa ildizning qisqarishi hollarini ko‘rish mumkin.
Shu bilan birgalikda bolalarda ko'pgina hollarda yiring yo‘li 
(oqma) ham tasvirdan o ‘rin olishi mumkin. Bundan tashqari kolp 
ildizli sut tishlarida ildizlar orasidagi suyak to ‘qimasining yemirilib 
siyraklashuvi (osteoporoz) bolalar yoshida o'ziga xos holat hisob- 
lanadi.
Surunkali granulematoz periodontit xastaligida ildiz cho'qqisida 
oddiy tish granulemasi yoki murakkab kistali granulema hosil bo‘lishi 
xususiy xoldir. Tish ildizi sohasida bunday granulyatsiyalanuvchi 
to ‘qima hosil b o ‘lishi, atrof suyak to'qimasining tekis dumaloq 
shakldagi, chegaralari aniq ko‘rinuvchi jarohatli yemirilishiga sabab 
bo‘ladi.
Rentgen tasvirida tish ildizining cho‘qqi qismida dumaloq yoki 
oval shaklidagi, chegarasi aniq ko‘rinuvchi suyak to'qimasining 
yemirilgan o ‘chog‘i paydo bo‘lgani kuzatiladi.
Bu xil suyak jarohati sohasida suyak to ‘qimasining po‘stloq 
(kortikal) plastinkasi yemirilgan b o ‘ladi. Negativ tasvirda bunday 
jarohat sohasi qoramtir, pozitiv tasvirda esa sog‘lom to ‘qimadan 
oqish tusi bilan ajralib turadi.
Surunkali fibroz periodont yallig‘lanishida periodont to‘qimasida 
chandiqli fibroz qo‘shuvchi to'qima vujudga keladi. Bunday hollarda 
periodont tirqishi kengayib, ildiz cho‘qqisida yoki butun ildiz sathi 
bo‘ylab sement to'qimasining qalinlashuvi (gipersementoz) qayd 
etiladi.
Rentgen tasvirida periodont tiriqishining kengayganligi ildiz 
cho‘qqi qismida, ayniqsa, ravshan ko‘rinadi. Shu bilan bir qatorda 
ildiz cho‘qqisining bir muncha qalinlashuvi va deformatsiyasini ko‘rish 
mumkin.



Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling