S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Pulpitlarda rentgen tasvirining tahlili


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Pulpitlarda rentgen tasvirining tahlili
Surunkali kechadigan pulpa yallig‘lanishida rentgen tasvirida 
periodont to‘qimasida periodontit xastaligiga xos bo‘lgan o‘zgarishlami 
ko'rish mumkin. Periodont to ‘qimasining notekisligi, bir m uncha 
kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik pulpit va surunkali


granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun xosdir. Biroq, ko‘p ildizli 
tishlar (molyar) ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq 
to ‘qim a strukturasidagi buzilish (destruksiya), siyraklashish, 
yemirilish faqat granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitdan darak 
beradi.
Yuqorida zikr etilganlardan bizga ma’lumki, pulpa yalliglanishida 
davo usullari sut tishlari ildizlarining so‘rilish yoki shakllanish 
holatini hisobga olgan holda tanlanadi. lldizlaming u yoki bu holatini 
esa faqat rentgen tasviriga qarab aniqlanadi.
Tish pulpasida kechayotgan distrofik o'zgarishlar pulpa va ildiz 
bo‘shlig‘i devorlarida dentikllarning hosil bo'lishi bilan bog‘liqdir. 
Rentgen tasvirida hosil bo‘lgan dentiklar och rangli pulpa bo‘shliq- 
larida qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks etadi (24- rasm). 
Ba’zan hosil boigan qattiq strukturali dentikllar pulpa bo‘shlig‘ida 
joylashgan asab tolalarini siqib, nevralgiyaga hos og‘riqlami paydo 
qiladi. Xastalikni to ‘g‘ri aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina 
yordam beradi.
K am dan-kam hollarda rentgen tasvirida, b a ’zan dentin 
to ‘qimasining ideopatik (favqulodda kuchli) so‘rilish hollari ham 
uchraydi. Bu tariqa dentin qatlamining so‘rilishi (rezorbsiya), tish 
kavagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir.
24- rasm. 1- 
tish kanalidagi dentikl (qora d og‘).


Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
M a’lumki, periodont to'qim asi yallig‘lanishining ayniqsa, 
surunkali kechadigan turlarida uni o ‘rab turgan atrof to ‘qimalar 
(alveolyar suyak to ‘sig‘i, suyak pardasi, sement va dentin) ham 
jaro h atlan ad i. Bunday qattiq to ‘qim alarda sodir b o ‘ladigan 
o'zgarishlar panoram rentgen tasvirida yaqqol namoyon boiadi.
0 ‘tkir periodont yallig‘lanishida klinik belgilarning kuchli 
nam oyon b o ‘lishiga qaram asdan rentgen tasvirida periodont 
to‘qimasida deyarli o ‘zgarish kuzatilmaydi. Ayrim xollarda ildiz uchi 
teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi 
kuzatiladi.
Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig‘lanishida uni 
o'rab turuvchi qattiq to ‘qimalar (sement, dentin, alveola suyagi
g‘ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining 
sathi o‘zining silliqligini yo‘qotib, unda uydim chuqurlar hosil bo‘ladi 
vajimjimali shaklni oladi.
Rentgen tasvirida tish ildizining cho‘qqi sohasida parodont 
to‘qimasining buzilgailigini, alveola kompakt suyagining yemirilishini 
ko‘ramiz. Ildiz cho‘qqisini o‘rab turuvchi suyak to‘qimasining notekis 
to ‘lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning 
jarohatlangan zonada nur o ‘tkazish qobiliyati kuchayganligi 
kuzatiladi (25- rasm).

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling