S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


O’t o’chiruvchilar va soliqchilik xizmati xodimlari (qorovullar guruhi)


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/57
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1719779
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

O’t o’chiruvchilar va soliqchilik xizmati xodimlari (qorovullar guruhi)
Ishchilar ishlab chiqarishning asosini tashkil etuvchi xodimlar bo’lib, ishlab
chiqarish jarayonida bevosita qatnashadilar. Ular mahsulot ishlab chiqarishda asosiy
va yordamchi ishlarni bajaradilar. Shunga ko’ra, ular asosiy va yordamchi ishchilarga
bo’linadilar. Asosiy ishchilar korxonaning asosiy mahsulotini ishlab chiqarish bilan,
yordamchi ishchilar esa asosiy ishlab chiqarishni uzluksiz borishini ta’minlash bilan
shug’ullanadilar. Masalan, tikuvchilik korxonalari uchun tikuvchilar, bichuvchilar va
boshqalar - asosiy ishchi, ta’mirlovchilar, nazoratchilar va boshqalar - yordamchi
ishchilardir.
Umumiy boshqaruv va texnik rahbarlik vazifalarini bajaruvchi muxandis-
texnik xodimlarning funksional guruhi korxonada muhim o’rinni egallaydi.
Muxandis-texnik xodimlar texnologik jarayonlarni tayyorlash va ularga
rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari bilan shug’ullanuvchi
mutaxassislardir.
Xizmatchilarga ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan ma’muriy-
xo’jalik ishlarini bajaruvchilar, buxgalteriya-hisoblash, statistika, korxona ta’minoti,
tayyor mahsulotlarni sotish, moliya va boshqa shunga o’xshash vazifalarni bajaruvchi
xodimlar kiradi.


31
Shogirdlar - bular ishlab chiqarish operatsiyalarini amaliy ravishda o’rganuvchi
shaxslar bo’lib, ma’lum vaqt o’tishi bilan ishchi kategoriyalariga o’tadilar.
Kichik xizmatchilarga korxonaning ishlab chiqarish, noishlab chiqarish
xonalarini, fabrika hududini tozalash va isitish bilan band bo’lgan xodimlari kiradi.
O’t o’chirish va soqchilar kategoriyasiga - harbiylashtirilgan, qurolli qorovul,
professional o’t o’chiruvchilar kiradi.
Shunday qilib, korxonada vazifaviy mehnat taqsimoti alohida xodimlarning
ishlab chiqarishdagi o’rniga qarab ajralishini taqozo etadi. Mehnatni ilmiy tashkil
qilishning jiddiy masalasi - bu vazifaviy guruhlar sonidagi oqilona nisbatlarni
belgilashdir.
Shuni qayd etish kerakki, vazifaviy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish
samaradorligining ham oshirishga, ham tushib ketishiga olib kelishi mumkin.
Masalan, asosiy ishchini mehnat predmetlarini, asboblarini, tayyor mahsulotni
tashishdan ozod etib, uning asosiy ish vaqtini salmog’ini oshirish mumkin. Bu o’z
navbatida mashina va uskunalarni foydalanishni yaxshilaydi va ishchilarning ish
samaradorligi oshadi. Yordamchi ishchilarni yordamchi ishlarni bajarishga
ixtisoslashuvi asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi va
ishonchliroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo vazifaviy mehnat taqsimoti tor
ixtisoslashgan yordamchi vazifalarni bajaruvchi ishchilarning ish vaqti fondidan
to’liq foydalanmasligiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish davrini qisqartirishda
umumiy mehnat sarfi ko’payishi mumkin. Bu qarama-qarshi ta’sir etuvchi omillar
vazifaviy mehnat taqsimotining yana ham oqilona shakllarini belgilash zaruriyatini
keltirib chiqaradi. Ularni oqilonalashtirish darajasi ish vaqtidan foydalanish
ko’rsatkichi yoki ishlab chiqarish davri davomiyligi va operativ vaqt salmog’ining
o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, vazifaviy mehnat taqsimotini afzalligi xodimlar
mehnatini ixtisoslashtirish asosida ish unumining ortishidir. Vazifalar doirasi
cheklangan bo’lgani uchun ularni ko’p marta takrorlash natijasida ishchilar ularni
bajarishga moslashib qoladilar, kerakli xarakatlarni avtomatik ravishda bajarishga


32
ko’nikadilar, eng mukammal ish usullarini topish asosida vaqt va kuchni tejash
imkoniyati yaratiladi.
Lekin vazifaviy mehnat taqsimotining ijtimoiy kamchiligi - bu ishchi
mehnatini mazmundorlikdan, ijodiy elementlardan butunlay maxrum qilishdir, bunda
mehnatning qiziqarligi qolmaydi va u insonning birinchi xayotiy ehtiyojiga
aylanishiga to’sqinlik qiladi.
Shunga ko’ra, mehnatni ilmiy tashkil qilish asosida korxonalarning turlari,
ishlab chiqarish ko’lami, ixtisoslashganlik darajasiga ko’ra vazifaviy mehnat
taqsimotini to’g’ri tanlash va ishlab chiqarishga xizmat etish kerak.
U yoki bu vazifa bo’yicha ishlarni muntazam bajarishi natijasida ijro
etuvchilarning kasblari va mutaxassisliklari shakllantiriladi. Masalan, poyafzal
korxonalarida detallarni qirqish, ularga ishlov berish bichuvchilar tomonidan, yuk
tashish ishlatiladigan mexanizmlarga ko’ra yuk tashuvchilar-haydovchilar, mashina
ta’mirlash mexanik sozlovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, vazifaviy guruh tarkibiga kirgan ishchilar o’rtasida ularning
kasblari (mutaxassisligi)ga, ishlarni bajarish texnologiyasi xarakteriga ko’ra mehnat
taqsimoti amalga oshiriladi. Bunday mehnat taqsimoti texnologik yoki kasbiy mehnat
taqsimoti deb ataladi.
Texnologik mehnat taqsimoti - bu ishlab chiqarish jarayonini bosqichlarga, ish
turlariga va operatsiyalarga qarab taqsimlanishiga aytiladi. Texnologik mehnat
taqsimoti asosida ishchilarning kasblari belgilanadi: tikuvchi, to’quvchi, yigiruvchi,
bichuvchi, pardozlovchi va boshqalar.
Texnologik (kasbiy) mehnat taqsimoti ikki shaklda namoyon bo’ladi.
Birinchisi, ishchi mahsulot ishlab chiqarishda uni ma’lum bir detalini tayyorlashga
ixtisoslashadi, buni predmetli yoki detalli mehnat taqsimoti deyiladi. Ikkinchisi,
ishchi texnologik jarayonning ma’lum bir operatsiyasini bajarishga ixtisoslashadi,
buni operatsiyali mehnat taqsimoti deb ataladi.
Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonini ixtisoslashtirish uchun
imkon yaratadi, ishchilarning ko’nikma va malakalarini oshiradi, mahsulot sifati


33
yaxshilanadi, mahsulotga bo’lgan talab ortadi, ishchilarning unumdorligi oshishi
bilan bir qatorda korxonaning moliyaviy ahvoli ham yaxshilanadi.
Har bir kasbiy guruh ichida ishchilar o’rtasida ularning malakasiga qarab
mehnat taqsimoti amalga oshiriladi (ishchilarda berilgan tarif darajasiga muvofiq,
muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarda - egallangan mansabiga muvofiq).
Mehnat taqsimotining bu turi malakali deb ataladi.
Malakali mehnat taqsimoti alohida ishchi guruhlarining mahorati, bilimi va
kasbiy bilimlari darajasiga qarab ajralib qolishlarini taqozo etadi, ya’ni ijrochilar
o’rtasidagi ular malakasi darajasiga muvofiq mehnat taqsimoti bo’lib kelib chiqadi.
Ishchilarning malakali mehnat taqsimoti asosida ular tomonidan u yoki bu ish
bo’yicha mehnat vazifalarini bajarilishining tarif darajasiga muvofiq aks etadigan
murakkabligi yotadi. Muxandis-texnik xodim va xizmatchilarning malakali mehnat
taqsimotida boshqarishda bajariladigan vazifalar va ishlarning murakkabligi va
ma’suliyatliligi hisobga olinadi. Shu asosda ishlab chiqarish bo’linmalari va
boshqaruv apparati ichida faoliyat turi bo’yicha (rahbarlar, mutaxassislar va texnik
ijrochilar), shu bilan birga bajariladigan ishlarning murakkabligi va ma’suliyatliligi,
ya’ni mos malakali guruhlar va mansablar bo’yicha xodimlar soni o’rtasida oqilona
proporsiyalar ta’minlanadi.
Malakali mutaxassislardan foydalanishni yaxshilash maqsadida ularning soni
va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar o’rtasidagi to’g’ri nisbatni aniqlash muhimdir.
Shakllarning turkumlanishi 1.3-rasmda ko’rsatilgan.
Rasmda ko’rsatilganidek, korxonalarda mehnat taqsimoti uchta yo’nalish
bo’yicha amalga oshiriladi. Korxona xodimlari vazifaviy mehnat tasimoti bir-
birlaridan farqlansalar, ishchilar esa texnologik va malakali mehnat taqsimoti
bo’yicha bir-birlaridan farqlanadilar.
Operatsiyali mehnat taqsimoti - vazifaviy mehnat taqsimotining xususiy holi
bo’lib, u texnik va iqtisodiy talablar (texnologik jihozlardan, ishchilarning ish vaqti
va malakalaridan samarali foydalanish, ishlash darajasining yuksak aniqligi va
boshqalar)ga amal qilgan holda ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga -
operatsiyalarga ajratishga asoslangan.


34

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling