S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Mehnatni ilmiy tashkil etish va uning unumdorligi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
1.2 Mehnatni ilmiy tashkil etish va uning unumdorligi
Mehnat unumdorligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini, mahsuldorligini ko’rsatadi. Mehnat unumdorligi vaqt mobaynida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot soni bilan belgilanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot soni V ni shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt T ga nisbati bilan aniqlanadi: T V M u = Mehnat unumdorligi kishi soat, kishi kun, kishi oy kabi vaqt oraliqlari uchun hisoblanadi. Demak, mehnat unumdorligining o’sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfining kamayishi, har bir xodimning ko’proq mahsulotni ishlab chiqarishini anglatadi. Engil sanoat korxonalarida mehnat 26 unumdorligini bitta ishlovchi uchun va bitta ishchi uchun aniqlanadi, ya’ni mehnat unumdorligi jonli mehnat sarfi orqali aniqlanadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi esa mahsulotni tayyorlovchi xodimlarning bevosita mehnati jonli mehnat va ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan gazlamalar, bezak materiallari, furnituralardan, ya’ni oldingi mujassamlangan mehnatdan tashkil topadi. Shu tufayli ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sishi jonli va mujassamlangan mehnat unumdorligining o’sishiga bog’liq bo’ladi. Bir korxonadagi ishchi va xodimlarning mehnat unumdorligi jonli mehnatda o’z aksini topadi va mehnat unumdorligi darajasi vaqt mobaynida o’zgarib boradi. Masalan bir ishchi yoki xodimning bir soatdagi mehnat unumdorligi darajasi shu ishchi va xodimni bir kunlik mehnat unumdorligi darajasidan, u esa o’z navbatida bir oylik mehnat unumdorligi darajasidan yuqori bo’ladi. MU kishi/soat > MU kishi/kun > MU kishi/oy Chunki bir soat mobaynida ishchi yoki xodim o’zining ish vaqtidan to’liq foydalangan holda mehnat qiladi, ish qobiliyati yuqori bo’ladi. Smena va oy davomida bo’ladigan har xil o’zgarishlar (xom ashyoni o’z vaqtida etib kelmasligi, mashinalarning buzilishi va boshqalar) ishchini mehnat unumdorligi darajasining pasayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligi natura birligida, qiymat birligida va shartli birliklarda (mehnat sarfi orqali) o’lchanadi. Mehnat unumdorligi natura birligida bir ishchi yoki xodim ishlab chiqargan mahsulotning miqdori bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi natura birligi - dona, pm, juft kabi birliklarda aniqlanadi. Bunda jonli mehnat sarfini bildiruvchi kishi/soat, kishi/kun, kishi/oy, kishi/yil ish vaqti birliklaridan foydalaniladi. Ammo korxonalarning har xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishi natura ko’rsatkichlaridan keng foydalanish imkonini bermaydi. Shuning uchun shartli natura usulidan foydalaniladi. Bu usulda mehnat sarfi koeffitsienti orqali har xil turdagi mahsulot bir tur o’lchovga keltiriladi. Bunda mahsulotning keng ommaviy turining mehnat sarfi koeffitsienti birga teng qilib olinadi. Agar A assortimentini mehnat sarfi koeffitsienti 27 birga teng deb olinsa, B, V va boshqa turdagi assortimentlarni mehnat sarfi koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: a v v a b b T T K T T K = = , va boshqalar. Bunda: T a , T b , T v - A, B, V tur assortimentlarining mehnat sarfi. Mahsulotning mehnat sarfi bir dona mahsulot tayyorlash uchun sarflangan vaqtni ko’rsatadi. Agar bir dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 3 soat sarflansa, mahsulotning mehnat sarfi 3 kishi soatga teng bo’ladi. Mahsulotning mehnat sarfi normativ va haqiqiy soatlarda hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorining shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt me’yoriga ko’paytirib shu mahsulot turi bo’yicha texnologik mehnat sarfi aniqlanadi. Mehnat sarfi mehnat unumdorligi bilan teskari bog’lanishda. Korxonalarda ishlab chiqarish hajmini oshirishning asosiy omili bo’lgan mehnat unumdorligini o’stirish uchun mahsulotning mehnat sarfi kamaytiriladi. Mehnat unumdorligini hisoblashning qiymat usuli keng tarqalgan bo’lib, bunda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar hajmi qiymat ko’rsatkichi so’mda ifodalanadi. Qiymat ko’rsatkichi bo’lib mahsulotning ulgurji narxi, ishlov berishning normativ qiymati, normativ sof mahsulot hisoblanadi. Mahsulotning ulgurji narxda mujassamlangan oldingi mehnat va jonli mehnat xarajatlarini o’z ichiga oladi, ya’ni korxonaning mehnat unumdorligining o’zgarishiga materiallarning narxi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Buyumlarning ulgurji bahosi asosiy va yordamchi materiallar qiymatini o’z ichiga olishi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentining o’zgarishi mahsulot hajmining o’zgarishiga, ya’ni xom ashyo turining o’zgarishi mahsulot hajmining o’zgarishiga olib keladi. Shu sababli jonli mehnat sarfini aniq ifodalovchi ko’rsatkich - ishlov berish normativ qiymatidan tikuvchilik korxonalarida keng foydalanilmoqda. Mehnat unumdorligining o’zgarishi fan-texnika yutuqlari, ilmiy texnika taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Ilmiy texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni 28 mexanizatsiyalashtirish, kompleks mexanizatsiyani qo’llash, avtomatlashtirish, ximiyalashtirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, yangi xom ashyo va materiallardan foydalanish kabi bir qancha masalalarni o’z ichiga oladi[11]. Bu omillarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mehnat unumdorligi keskin va tezlikda oshadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish korxonaning har bir imkoniyatlarini chuqur o’rganish, ularni qidirib topish, ishlab chiqarishga keng joriy etishni vazifa qilib qo’ymoqda, chunki chet el investitsiyalarini kiritish, yangi texnika-texnologiyani qo’llash asosida assortiment turlarini kengaytirish, ularning sifatini yaxshilash, xaridorgirligini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash mumkin bo’ladi, lekin bu tadbirlar katta kapital mablag’ talab qiladi. Mehnat unumdorligini o’stirishda katta kapital mablag’ talab etmaydigan tadbirlardan bo’lib mehnatni ilmiy tashkil qilish hisoblanadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning yo’nalishlari bo’yicha imkoniyatlarni izlash, ya’ni ishchilarning ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini to’la ishga solish, ishchilarning ish o’rinlarini oqilona tashkil qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligini keskin oshirish mumkin. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling