149
hisoblanadi. Vaqtbay shaklida esa xodimning ish haqi amalda ishlangan vaqt uchun
tarif stavkasi yoki maosh bo’yicha aniqlanadi. Mehnat to’lovining
bu shaklini tanlash
odatda texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkillashtirishning o’ziga xosliklari,
mahsulot sifatini ta’minlash, mehnatni tashkil etish va ish kuchi bilan ta’minlashga
bog’liq bo’ladi. Mehnat haqining ikki shaklini bir-biridan farqlashning asosiy belgisi
mehnat unumdorligini natura birligida miqdorini o’lchash imkoniyati hisoblanadi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda mehnatning ishbay to’lovi, mahsuldorlik bo’yicha ish
haqi deb ta’riflanadi. Ularning ta’minoti bo’yicha har bir firma o’zidagi
ish kuchi
narxini, ya’ni ish haqi darajasi va boshqa unga bog’liq to’lovlarni kamaytirishga
harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda, firmalar ikki shartga rioya qilishadi:
birinchidan, firma tomonidan to’lanayotgan ish haqi darajasining har bir xodimning
mehnat mahsuldorligini o’stirish hisobiga o’z ish haqini
oshirishga qaratilgan
munosabati minimumga yo’naltirishi, ikkinchidan, firma to’layotgan ish haqining
darajasi minimum chegaradagi ish haqidan yuqori bo’lishi kerak.
Bundan kelib
chiqadiki, mehnatning ishbay to’lovida shaxsiy qobiliyatning ish haqi darajasiga
nisbati o’zgaruvchanligi birga teng, yani u bilan baravardir. Bunda ish haqi darajasi
va mehnat mahsuldorligi o’rtasidagi o’zaro uzviy aloqa
korxona darajasida emas,
faqat ish joyi darajasida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: