S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


 Ko’p stanokli ishni tashkil etish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1719779
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

1.4 Ko’p stanokli ishni tashkil etish
Ko’p stanokli ish bu - bir ishchini bir vaqtda bir necha mashinada ishlashidir.
Ko’p stanokli ish mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi asosida paydo bo’lgan bo’lib, u
mehnatni oqilona tashkil qilishning shaklidir. Ko’p stanokchilar ishini tashkil qilish
va rejalashtirish murakkab vazifa bo’lib, unda har qaysi mashinadagi ish usullarining
bajarilish ketma-ketligini belgilash bilan bir qatorda ularni bajarilish navbatini
muvofiqlashtirish ham kerakdir. Shunga ko’ra, xizmat ko’rsatiladigan ish usullarining
bajarilishini maqsadga muvofiq ketma-ketligini tanlash - ko’p stanokli ishni
rejalashtirish deb ataladi.
Texnologik jihozlarning takomillashuvi va ishlab chiqarishni avtomatlashuvi
mehnatni tashkil etishning ilg’or turini - ko’p stanokli ishni paydo bo’lishiga olib
keldi. Engil va sanoat korxonalari bunday jihozlar bilan yuqori darajada
qurollanmoqda va u o’z navbatida korxonalarda ko’p stanokli mehnatni tashkil qilish
imkoniyatlarini o’stirmoqda.
Ko’p stanokli mehnatni qo’llashni ta’minlaydigan jihozlarga quyidagilar
kiradi: poyafzal korxonalarida poyafzal tagligini biriktiradigan presslar, poyafzalni
quyma usulda yig’adigan yarim avtomatlar, rezinali poyafzallarni tayyorlashda
ishlatiladigan vulkanizatsiya presslari va boshqalar; tikuvchilik korxonalarida kiyim
detallari va usullariga ishlov beradigan presslar, namlab-isitib ishlov beradigan
presslar, manekenlar, maxsus operatsiyalarni bajaradigan yarim avtomatlar va
boshqalar.


44
Mehnatni tashkil qilishning ko’p stanokli turi shunday vaqtda qo’llaniladiki,
unda texnologik operatsiyaga ishlov berishdagi asosiy mashina vaqti yordamchi
elementlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdan katta bo’lishi; t
m
≥ t
yordam
yoki
mashinaning avtomatik ishlash vaqtini ishchining mashinaga xizmat ko’rsatish
vaqtiga nisbati birdan katta bo’lishi kerak, ya’ni:
1
³
xiz
m
t
t
Bunda, t
m
- mashina vaqti, t
xiz
- mashinaga xizmat ko’rsatish vaqti.
Ushbu nisbatda mustaqil mashina vaqti ulushining ko’payishi ko’p
stanokchining xizmat ko’rsatish zonasini kengaytirishga imkon beradi. Bu esa o’z
navbatida ishchining bekor turib qolish vaqtini band etish maqsadida ishchilarga
biriktiriladigan mashinalar sonini ko’payishiga olib keladi.
Texnologik operatsiyani bevosita maxsus mashinalar yordamida mustaqil
bajarilishi asosida ishchilarga bo’sh vaqt qoladi, bu vaqt ishchini bir mashinadan
boshqa mashinaga o’tishi va uni ish bilan ta’minlashi uchun etarli bo’lishi kerak.
Demak, birinchi mashinaning mustaqil ishlash vaqti davomida ishchi ikkinchi
mashinani mustaqil ishlashi uchun kerak bo’lgan harakatlarni bajarishi, ya’ni uni
mustaqil ishlashi uchun tayyorlashi kerak va ikkinchi mashina mustaqil ishlash
vaqtida u birinchi mashinaga xizmat ko’rsatadi va hokazo.
Ko’p stanokli mehnat operatsiyani boshqaruvi ishchining ish vaqtidan unumli
foydalanishga, uni bir vaqtning o’zida ko’proq ishlashiga va shunga ko’ra mehnat
unumdorligini o’sishiga ta’sir ko’rsatadi.
Mehnatni tashkil qilishning ko’p stanokli usulida ishchilarning ish vaqtidan va
texnologik jihozlarning ishlash vaqtidan unumli foydalanish uchun bir ishchiga
biriktirilgan mashinalar soni hisoblanadi.
Ko’pstanokli ishlarda bir ishchiga biriktirish mumkin bo’lgan mashinalar soni
quyidagicha aniqlanadi:
1
+
=
+
=
yor
m
yor
yor
m
t
t
t
t
t
n
Bunda: t
yor
- yordamchi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt.


45
Yordamchi ishlarni bajarishga sarflangan vaqt mashinani mehnat predmetlari
bilan to’ldirish vaqti t
to’l
va ishchini bitta jihozdan ikkinchi jihozga o’tish vaqti t
o’tish
dan tashkil topadi.
t
yor
= t
to’l
+ t
o’tish
Agar ushbu ifodani yuqoridagi formulaga qo’ysak, u quyidagi ko’rinishga ega
bo’ladi:
1
'
'
+
+
=
tish
o
l
to
m
t
t
t
n
Ko’pstanokli ishni tashkil qilishda bir ishchiga biriktirilgan mashinalar sonini
aniqlashda mashinani xom ashyo bilan to’ldirish va bir jihozdan ikkinchi jihozga
o’tish vaqtini hisobga olish bilan bir qatorda ish o’rniga xizmat qilish bilan bog’liq
bo’lgan vaqtlar ham hisobga olinadi.
Ko’pstanokli mehnatni tashkil qilishda ishchining unumdorligi o’sishi bo’yicha
olinadigan iqtisod (bir mahsulotga to’g’ri keluvchi ish haqining miqdori)
taqqoslanishi kerak, shu bilan bir qatorda jihozlar va materiallardan etarlicha
foydalanmaslik, ishlab chiqarish maydonidan foydalanishning yomonlashuvi asosida
olib chiqadigan yo’qotishlarni hisobga olish kerak.
Ko’pstanokli mehnatning samaradorligini oshirish quyidagi holatlarda
maqsadga muvofiqdir:
1. Ishchini operatsiya bajarishda tayyorgarlik ko’rish va yakunlovchi ishlarni
bajarish va ish o’rniga xizmat qilishdan ozod qilish;
2. Texnologik operatsiyalarning yoki texnologik jarayonning buzilishi sodir
bo’lganda jihozning avtomatik ravishda to’xtashini ta’minlash yoki uni avtomatik
signallar bilan jihozlash;
3. Ish o’rnida shunday sharoitlar yaratilishi kerakki, ishchi bir jihozdan
ikkinchi jihozga o’tish vaqti yo’qotilishini kamaytirish (agregat,
presskonveyerlarning qo’llanishi) yoki o’tish vaqtini minimallashtirishi kerak.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling