S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Ish vaqti sarfi va jihozlarning ishlash vaqtining tasnifi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

2.2 Ish vaqti sarfi va jihozlarning ishlash vaqtining tasnifi
Ish vaqti – bu davlat tomonidan qonun bilan belgilangan vaqt bo’lib, bu vaqt
davomida ishchi va xodimlar o’zlari uchun belgilangan vazifalarni bajaradilar.
Korxonalarda muayyan bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun unga
sarflanadigan mehnatning miqdorini belgilash, uni bajarishga qancha ish vaqti talab
qilinishini aniqlash yoki o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Ish o’rinlarida ish vaqti ko’p yo’nalishlarda sarflanadi. Bu sarflarning ba’zilari
foydali, ba’zilari esa befoyda bo’ladi. Foydali, maqsadga muvofiq sarflar murakkab
tuzilmaga ega bo’lib, ular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga ta’sir
ko’rsatadi. Ish vaqtining zoye ketishiga ham sabablar har xil bo’ladi, ularni bartaraf
qilishga ham alohida yondoshish kerak. Shu sababli, ish vaqtidan foydalanish, uning
zoye ketishini har tomonlama tahlil qilish, undan tejamli foydalanish yo’llarini
belgilash mehnatni texnik me’yorlashning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, uni
o’rganish uchun ish vaqtining tarkibini o’rganib chiqamiz (2.1-rasm).


82
Ko’rinib turibdiki, ijrochining ish vaqti ikki qismdan: ishlash va tanaffus
vaqtlaridan tashkil topadi, lekin ovqatlanish tanaffuslari ish vaqtining tarkibiga
kirmaydi.
Ishlash vaqti – bu mehnat jarayonining elementlari – operatsiyalar, topshiriqlar,
majburiyatlarning bajarilishi uchun sarflanadigan vaqtdir.
Ishlash vaqtining o’zi: unumli – ishlab chiqarish topshirig’idagi ishlarni
bajarishga va unumsiz – ishlab chiqarish topshirig’ida ko’rsatilmagan ishlarni
bajarishga sarflangan vaqtlardan tashkil topadi.
Unumli ishlash vaqtining tarkibiga tayyorgarlik ko’rish va yakunlovchi ishlarni
bajarishga sarflanadigan vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti
kiradi.
Tayyorlov-yakunlovchi vaqt – bu topshiriqni bajarish uchun ijrochining
tayyorgarlik ko’rib olishi, ish o’rnini tayyorlashi hamda topshiriq bajarilgandan keyin
uni yakunlash bilan bog’liq bo’lgan hamma harakatlarga sarflanadigan vaqtdir.
Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov-yakunlovchi vaqt asosan yakka
tartibda bajariladigan topshiriqlar tez-tez o’zgarib turadigan ishlar uchun belgilanadi.
Unga material, asbob-uskuna, moslama, ish vazifalari, texnik hujjatlarni olish, ular
bilan tanishish, jihozlar va moslamalarni sozlash, topshiriq bajarilgandan keyin ishni,
asboblarni, moslamalarni topshirishga sarflanadigan vaqtlar kiradi.
Tayyorlov-yakunlovchi vaqt ko’proq yakka va mayda seriyali ishlab
chiqarishga tegishli bo’lib, ommaviy ishlab chiqarishda esa u nolga tengdir.
Operativ vaqt – bu bevosita texnologik operatsiyani bajarishga sarflanadigan
vaqtdir. Operativ vaqtning o’ziga xosligi shundaki, uning elementlari har bir
operatsiya bajarilayotganda takrorlanib turadi va o’z navbatida asosiy va yordamchi
vaqtlarga bo’linadi.
Asosiy vaqt – mehnat predmetini tubdan o’zgartirishga, unga boshqa sifat
berishga sarflanadigan vaqtdir, chunki bu vaqt davomida mehnat predmetiga ishlov
berilishi natijasida uning tashqi ko’rinishi, shakli, hajmi, holati, xususiyati o’zgaradi.
Masalan, poyafzalni qolipga tortish, ikki detalni ulash va boshqa operatsiyalarga
sarflangan vaqt. Asosiy vaqt o’z navbatida qo’l bilan, mashina aralash qo’l va


83
mashinalar yordamida bajariladi, shunga ko’ra qo’l, mashina-qo’l va mashina vaqti
deb ataladi.
Yordamchi vaqt – asosiy texnologik operatsiyani bajarish uchun ishchining
qiladigan harakatlariga va har bir dona yoki ma’lum bir miqdordagi mahsulotni
tayyorlash uchun har safar takrorlanadigan harakatlarga sarflanadigan vaqtdir.
Masalan, detallarni olish, aylantirish, tekislash va boshqalar. Yordamchi harakatlar
asosan qo’lda bajariladi, ammo texnikaning rivojlanishi asosida qo’lda bajariladigan
harakatlar mexanizatsiyalashtirilmoqda, masalan, yarim avtomat stanoklarda asbobni
yaqinlashtirish, ipni uzish, detalni o’rnatish, jildirish kabilar mashinaning ishchi
organlari orqali bajarilmoqda. Bu o’z navbatida ishchining ish vaqtidan unumli
foydalanishga, mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Yordamchi
harakatlarni bajarish vaqtida mehnat predmetlarining xususiyatlari o’zgarmaydi.
Notekis texnologik jarayonda va ko’p stanokli ishda texnologik jarayonni
davom ettirish va tiklashga oid ishlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan to’g’ri kelish
tanaffuslari mavjud bo’lib, u operativ vaqtning tarkibiga kiritiladi. Bunday mashinali
ishlab chiqarish jarayonida yordamchi vaqt asosiy vaqt bilan qoplanadigan va asosiy
vaqt bilan qoplanmaydigan guruhlarga ajratiladi. Mehnat me’yorlarining tarkibiga
asosiy vaqt bilan qoplanmaydigan yordamchi vaqt kiritiladi, chunki qoplanadigan
yordamchi vaqt asosiy vaqt bilan parallel bajariladi, ishlab chiqarishga sarflanadigan
vaqtni uzaytirmaydi.


84


85
Ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti – bu ish o’rnini normal holda saqlashga –
ishni qabul qilish, ish o’rnini tozalash, ishga tayyorlash, jihozlarni saqlash, moylash
kabi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Ish o’rniga xizmat ko’rsatish o’z
navbatida joriy va smenalik vaqtlarga ajratiladi.
Smenalik ish o’rniga xizmat ko’rsatish smenaning boshi va oxirida
bajariladigan: ish o’rnini tayyorlash, asboblarni hozirlash, yig’ishtirish, ishni
topshirish kabi vaqtlardan iborat bo’lib, u smena davomida faqat bir marta amalga
oshiriladi va har bir texnologik operatsiya uchun belgilanadigan vaqt me’yorining
tarkibiga proporsional ravishda kiritiladi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqtdan farqli
o’laroq, u ishlab chiqarishning hamma turlarida, hamma operatsiyalar uchun
belgilanadi.
Ish o’rniga joriy xizmat ko’rsatish – bu smena davomida ish o’rnini ish
holatida saqlashga sarflanadigan vaqtdir. U o’z navbatida ish o’rniga tashkiliy va
texnikaviy xizmat ko’rsatish vaqtlariga bo’linadi.
Ish o’rniga texnikaviy xizmat ko’rsatishga texnologik jihoz va mashinalarni
sozlash, kesuvchi asbobni boshqasiga almashtirish, ipning uzilishini, qayish va
ignalarni o’zgartirish kabi ishlarga sarflanadigan vaqtlar kirsa, jihozlarni ko’zdan
kechirish, yurgizib sinab ko’rish, moylash, tozalash, asbob va moslamalarni hozirlab
qo’yish kabi ishlarga sarflangan vaqtlar esa ish o’rniga tashkiliy xizmat ko’rsatishga
misol bo’ladi.
Ishlash vaqtining tarkibiga ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishga
sarflanmaydigan vaqt ham kiradi, u o’z navbatida tasodifiy ishlarni va unumsiz
ishlarni bajarish vaqtlariga ajratiladi.
Tasodifiy ish vaqti - bu ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan, biroq
topshiriqni bajarish uchun ehtiyoj tug’ilishdan paydo bo’lgan harakatlarni bajarishga
sarflanadigan vaqtdir.
Unumsiz ish vaqti - bu mahsulot tayyorlashga ketgan qo’shimcha vaqt bo’lib,
uning natijasida mahsulot miqdori ko’paymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz
ish vaqti sarfiga mahsulot ishlab chiqarishda yo’l qo’yilgan nuqsonlarni tuzatish,


86
detallarni tekislab qirqish, belgilar qo’yish va boshqalarga sarflangan me’yordan
ortiqcha sarflangan vaqtlar kiradi.
Ijrochining ish vaqti tanaffuslardan ham tashkil topadi, u esa o’z navbatida
reglamentga solingan va reglamentga solinmagan tanaffuslarga bo’linadi.
Reglamentga solingan tanaffus - bu ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan
texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq holda,
ishchilarning qisqa muddatli dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari tufayli paydo
bo’ladigan tanaffuslardir. Reglamentga solingan tanaffuslar mehnatni me’yorlashning
asosini tashkil qiladi, u vaqt me’yorining tarkibiga dam olish vaqti deb kiritiladi.
Qisqa muddatli tanaffuslar va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqt ishchining smena
davomida ish qobiliyatini saqlab turish uchun qo’llaniladi.
Reglamentga solinmagan tanaffus vaqti - bu tashkiliy-texnikaviy sabablar
tufayli yoki ishchining ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli sodir bo’ladigan
tanaffusdir. Bu vaqt ichida ishlovchi va jihozlar bekor turib qoladi. Reglamentga
solinmagan tanaffuslarga jihozlarni ta’mirlash, mexanizmlarning sinib qolishi, xom
ashyo va materiallarni o’z vaqtida ish o’rinlariga etib kelmasligi, ishchilarning ishga
o’z vaqtida kelmasligi, barvaqt ketib qolishdan, ruxsatsiz ish o’rnini tashlab chiqib
ketishlari kabilar misol bo’la oladi.
Ish vaqti sarfi tasnifini ko’rib chiqish asosida ishchilarning ish vaqtidan qanday
foydalanishni tahlil qilish bilan bir qatorda bu vaqtlarni me’yorlashtirilgan va
me’yorlashtirilmagan guruhlarga ajratiladi.
Me’yorlashtirilgan ish vaqtining tarkibiga mehnat me’yorini tashkil etadigan
tayyorlov-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti, dam
olish va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqtlar, ishlab chiqarish texnologiyasi va
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq tanaffuslar kiritilgan.
Me’yorlashtirilmagan ish vaqtining tarkibiga esa ishlab chiqarish
topshiriqlarini bajarishga sarflanmaydigan vaqt, ishchiga bog’liq va bog’liq
bo’lmagan bekor turib qolishlar kiritilgan bo’lib, ular o’z navbatida ish vaqtini
yo’qotilishini tashkil etadi. Bunday tanaffuslarni cheklab qo’yish ishchining mehnat
unumdorligini oshirishga, jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi.


87

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling