S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

2.4 Mehnatni me’yorlashning usullari
Engil sanoat korxonalarida mehnat me’yorlarining bir qancha turlaridan
foydalaniladi.
Aniqlanish usuliga ko’ra mehnat me’yorlari texnik jihatdan asoslangan va
tajriba-statistik me’yorlarga ajratiladi.
Texnik jihatdan asoslangan me’yorlar oldingi boblarda ta’kidlanganidek, ishlab
chiqarishdagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini chuqur o’rganish asosida, ishchining
ish harakatlarini elementlarga ajratib, bu elementlardan maqsadga muvofiqligini
tanlash, shu elementlargagina ish vaqti sarfini aniqlash va ularni jamlash asosida
mehnat me’yorlarini hisoblashdan iborat. Bunda ish o’rnining mavjud bo’lgan butun
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to’liq va oqilona foydalanish, ilg’or tajriba, yangi
texnika-texnologiya, mehnatni va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish sohasidagi
barcha imkoniyatlar hisobga olinadi.
Texnik jihatdan asoslangan me’yorlar ishdagi kamchiliklarni ham, ilg’or
mehnat usullarini hisobga olish, ularni tahlil qilish asosida belgilanadi. Shunga ko’ra
ishlab chiqarishning imkoniyalari aniqlanadi va me’yorlanayotgan texnologik
operatsiya yoki ishning oqilona bajarilish loyihasi ishlab chiqiladi. Texnik asoslangan


90
me’yorlar o’z vaqtida ishlab chiqarishga joriy etiladi, ishchilar o’rtasida tushuntirish
ishlari olib boriladi, yangi me’yorlarni o’zlashtirish bo’yicha yozma ko’rsatmalar
ishlab chiqiladi.
Tajriba statistik ma’lumotlarga asoslangan me’yorlar ishchi va
me’yorlovchilarning shaxsiy tajribasi va korxonaning ko’p yillik ma’lumotlarini
qayta ishlash asosida belgilanadi. Bu usulda me’yorlar ishchining ish harakatlarini
elementlarga ajratmasdan, qo’llanilayotgan texnika va texnologiyalarning
imkoniyatlarini hisobga olmasdan, tahlil qilmasdan aniqlanadi. Shuning uchun
bunday me’yorlar ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat unumdorligini o’stirish
bo’yicha imkoniyatlarni izlab topishga yordam bermaydi, ayniqsa yangi
mahsulotlarni o’zlashtirishda bunday me’yorlardan foydalanib bo’lmaydi.
Mehnat me’yorlari o’zlarining qanday maqsadga qaratilganligi, asoslash
xarakteri, qo’llanishning qanchalik davom qilishi va ishlatilish o’rniga ko’ra quyidagi
turlarga taqsimlanadi: vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish me’yori, xizmat
ko’rsatish me’yori, mashinaning unumdorligi, mashinaning texnik vaqti va boshqalar.
Mashina aralash qo’l va qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishda, ya’ni
tikuvchilik va poyafzal korxonalarida vaqt me’yori va mahsulot ishlab chiqarish
me’yorlari – mehnat me’yorlarining asosiylari bo’lib hisoblanadi.
Mashina mehnatiga asoslangan to’qimachilik korxonalarining asosiy ishlab
chiqarish jarayonida mehnat me’yorlari sifatida mashinaning texnik vaqti,
mashinaning nazariy unumdorligi, mashinaning unumdorligi, xizmat ko’rsatish
me’yorlari qabul qilingan.
Vaqt me’yori - bu birlik ishni bajarish yoki bitta texnologik operatsiyani
bajarish uchun zarur bo’lgan vaqtdir. Ish vaqti sarfining tasnifiga ko’ra vaqt
me’yorining tarkibi aniqlanadi va u o’z navbatida quyidagilardan tashkil topadi.
V
m
= t
op
+ t
xiz
+ t
dam
Bu yerda: V
m
– operatsiyani bajarishda vaqt me’yori, sekund, minut; t
op
 - operativ
vaqt; t
xiz
 - xizmat ko’rsatish vaqti; t
dam
 - dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan
vaqt.


91
Ishlab chiqarishning seriyali va yakka turida, ommaviy ishlab chiqarishning
ayrim hollarida dona mahsulot ishlab chiqarish me’yori – t
dona
 aniqlanadi, o’z vaqtida
vaqt me’yori va bir dona mahsulot uchun to’g’ri keladigan tayyorlov-yakunlovchi
vaqtlarning t
tay
yig’indisidan iborat.
t
dona
= V
m
+ t
tay
Agar ommaviy ishlab chiqarishda t
tay
 tayyorlov yakunlovchi vaqt nolga teng
bo’lsa, u holda t
dona
= V
m
Vaqt me’yorining asosini tashkil etgan operativ vaqt t
op
 asosiy va yordamchi
vaqtlarning yig’indisidan iborat:
t
op
= t
as
+ t
yord
Ish o’rniga xizmat ko’rsatish va dam olish vaqtlarini har bir  operatsiya uchun
alohida-alohida elementlarga bo’lgan holda hisoblash o’ta murakkab jarayondir,
chunki ish o’rniga xizmat ko’rsatishning turlari juda ko’p bo’lib, masalan ipning
uzilishini bartaraf qilish, mashinani tozalash, moylash, mokini almashtirish va
boshqalar kiradi.
Ushbu harakatlarga sarflangan vaqtni bitta operatsiya uchun belgilash juda
murakkabdir, ayrim hollarda esa mumkin ham emas. Shu sababli korxonalarda
tarmoq me’yoriy hujjatlaridan foydalangan holda operatsiyalarning bajarilish usuliga,
ishlatilayotgan texnologik jihozlarning turiga ko’ra dam olish va ish o’rniga xizmat
ko’rsatish vaqti operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi, ya’ni:
100
;
100
2
1
оp
dаа
оp
хиz
t
K
t
t
K
t
×
=
×
=
Bu yerda, K
1
,  K
2
 – ish o’rniga xizmat ko’rsatishga, dam olishga, shaxsiy
ehtiyojlarga ajratilgan foizlardir. Demak, vaqt me’yorini quyidagi ko’rinishda ifoda
qilish mumkin:
100
100
2
1
оp
оp
оp
m
t
К
t
К
t
V
×
+
×
+
=
 yoki
÷
ø
ö
ç
è
æ
+
+
=
100
100
1
2
1
К
К
t
V
оp
m

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling