S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Mehnat me’yorlari va ularni hisoblash usullari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

2.3 Mehnat me’yorlari va ularni hisoblash usullari
Mehnatni me’yorlashning usuli deganda, ish vaqti sarfining tadqiq qilish,
loyihalash va aniqlash uslubiyoti tushuniladi.
Mehnatni me’yorlashning tajribaga, statistik ma’lumotlarga asoslangan va
texnikaviy me’yorlash usullari mavjud.
Tajribaga asoslangan me’yorlash usulida me’yorlovchining shaxsiy tajribasiga
suyangan holda mehnat me’yorlari aniqlanadi.
Statistik ma’lumotlarga asoslangan usulda esa mehnat me’yorlari korxonaning
hisobot ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bu usullarda mehnat me’yorlari ishlab
chiqarishning tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini chuqur tahlil qilmasdan, ularning har
birining mehnat me’yorlariga ta’sirini aniqlamasdan turib taxminan hisobga olinadi.
Ayniqsa operatsiyaning tarkibi, uning bajarilish tartibi chuqur o’rganilmaydi, ya’ni
mehnat jarayonining ayrim elementlariga sarflanadigan vaqt emas, balki mazkur
turdagi ishga yalpi sarflanadigan umumiy vaqt aniqlanadi. Shuning uchun tajribaga
va statistik ma’lumotlarga asoslangan me’yorlash usulini jamlash usuli deb ataladi.
Jamlash usuli me’yorlashdagi oddiyligi bilan farqlanadi, lekin uning quyidagi
kamchiliklari mavjud:
- me’yorlarni hisoblashda tashkiliy-texnikaviy ish sharoitlari tahlil qilinmaydi;
- mehnat jarayonining elementlari alohida o’rganilmaydi, vaqt aniqlanmaydi,
me’yorlarni bajarish darajalarining aniq sabablarini o’rganish mumkin bo’lmaydi;
- me’yorlarda ilgarigi ish kamchiliklari aks etadi, ilg’or tajribalar hisobga
olinmaydi;
- yangi mahsulot, yangi texnika yoki texnologiya o’zgarganda yoki
o’zlashtirishda mehnat me’yorlarini hisoblash imkoniyatlari cheklangan bo’ladi.
Demak, ushbu usul mehnat unumdorligini o’sishiga to’liq yordam bermaydi.
Shularni hisobga olgan holda korxonalarda mehnatni me’yorlashning ilg’or usuli –
texnikaviy usulidan foydalaniladi.
Mehnatni texnikaviy me’yorlash ish o’rnidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlarni
tahlil qilishga, uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o’rganishga va ilg’or tajribaga


88
asoslanib mehnat me’yorlarini belgilashdan iborat. Mehnatni texnikaviy me’yorlash –
ishlab chiqarishda mehnatni oqilona tashkil qilishning asosidir, shunga ko’ra mehnat
me’yorlari quyidagi tartibda belgilanadi:
- ish o’rnining tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini va uning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini tahlil qilinadi;
-  operatsiyani (ishni) bajarishni oqilona usullarini loyihalash;
- me’yorlashtirilgan operatsiyaning (ishning) hamma elementlarini bajarishga
sarflanadigan vaqtni aniqlash;
- operatsiyani (ishni) tashkil etgan elementlariga sarflanadigan vaqtlarga
muvofiq mehnat me’yorlarini aniqlash;
- belgilangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga joriy etish.
Texnikaviy me’yorlashning jamlash usulidan farqi uning elementma-element,
analitik tartibda me’yorlarni aniqlashidadir. Shuning uchun ba’zida texnikaviy
me’yorlashni elementlar bo’yicha me’yorlash yoki analitik usuli deb ham yuritiladi.
Texnikaviy me’yorlash mehnat me’yorlariga bo’lgan asosiy talablarni
bajarishni ta’minlay oladi, masalan, me’yorlarni aniqlashda ilg’or tajriba, fan-texnika
yutuqlari hisobga olinib, ular korxonadagi ishchilarning mehnat unumdorligini
o’stirishiga qaratilgandir.
Mehnat me’yorlari me’yorlashning usullariga ko’ra tajriba-statistik
ma’lumotlarga va texnik jihatdan asoslangan me’yorlarga bo’linadi.
Demak, har qanday ishlab chiqarish jarayonini, alohida ish o’rinlarining
tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlangan me’yorlar texnik
jihatdan asoslangan me’yorlar bo’lib, ular hozirda me’yorlarning eng ilg’or va ilmiy
turidir.
Mehnatni me’yorlashning asosiy usuli texnikaviy yoki analitik usul deb atalib,
uning yordamida texnik asoslangan me’yorlar har bir operatsiyaning tarkibiy qismlari
bo’yicha (asosiy, yordamchi, ish o’rniga xizmat ko’rsatish va boshqalar) belgilanadi.
Shunga ko’ra, analitik usul quyidagi xususiyatlari: me’yorlash-tiriladigan
operatsiyani elementlari bo’yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonini o’timlarga
ajratish, ish o’rnini tashkil qilishni chuqur tahlil qilish, ilg’or ish usullarini o’rganish,


89
texnologik operatsiyani bajarish ketma-ketligini belgilash (loyihalash),
o’rganilayotgan operatsiyaning har bir elementini bajarish ish vaqti sarfini aniqlash,
texnologik operatsiyani tarkibini optimal ravishda loyihalash kabilar bilan ajralib
turadi.
Mehnatni me’yorlashning analitik usuli o’z navbatida analitik-tadqiqot va
analitik-hisoblash turlariga bo’linadi.
Ikkala usul texnik asoslangan me’yorlarni aniqlash uchun ishlab chiqarish
sharoitlarini o’rganish, uni tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo qiladi, bu esa
operatsiyani va uning elementlarini nihoyatda sifatli tahlil qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari jihozlardan, asbob-uskunalardan, moslamalardan optimal
foydalanish, mehnat jarayonlarini oqilona tashkil qilish hisobga olinadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling