S. O. Saidov Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy


 Kurs ishining tuzilishi va tarkibi


Download 96.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.06.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1656302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lazer fizikasi kurs ishi

3. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. 
Kurs ishining tarkibi
- titul varag’i (1-ilova); 



- mundarija; 
- kirish; 
- asosiy qism (topshiriqqa mos): 
- adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) ni asoslash; 
- tajriba qismi; 
- tajriba natijalari va ularning muhokamasi; 
- xotima (xulosa va tavsiyalar); 
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir 
keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni 
tashkil etishi kerak. 
4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar. 
Kurs ishi Kompyuterda WORD tizimida Times New Roman shriftida 14 
shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib, 25-30 bet hajmida yozilishi kerak. 
Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, o’ngdan 
15 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm bo’lishi kerak. Qo’lda (agar qo’lyozma 
bo’lsa) yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, to’q binafsha, to’q ko’k rangli) 
pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm 
bo’lishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma matn bitta rangdagi va 
tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak. 
Kirish qismida (3÷4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim 
tizimida, shuningdek, optikani o’qitishdagi ahamiyati, kurs ishining maqsadi, 
vazifalari, ob’yekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi. 
Tahliliy qismda (6÷8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatning
muammoning bugungi kun holati tahlili keltiriladi. 
Asosiy qismda (10÷15 bet) muammoni maqbul yechimini topishga 
qaratilgan fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar, grafik hamda 
diagrammalar bilan boytilgan holda ifoda etiladi. 




Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling