S. O. Saidov Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy


Download 96.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.06.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1656302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lazer fizikasi kurs ishi

Xulosa va tavsiyalarda (1÷2 bet) kurs ishini tayyorlash, olingan natijalarni 
rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalari, taklif va 
tavsiyalar bayon etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida (15-20 ta) kurs ishini tayyorlash 
(yozish) da keng foydalanilgan turli nashrlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv- 
uslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ko’rsatmalar, monografiyalar, maqolalar va 
shuningdek, veb saytlar keltiriladi. Shu o’rinda ko’p sonli manbalardan 
foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olishni 
anglatmasdan, balki ishlab chiqilgan, u yoki tinglovchining o’z fikri, qarashlarini 
bayon etishi talab etilishi kerak. Adabiyotlar ro’yxati (son) miqdor jihatdan emas, 
balki mazmunan mavzuni to’liq yoritish va qo’yilgan masalalarni atroflicha hal 
etish uchun yetarli bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Ilovada malaka ishiga oid va uning mazmun-mohiyatini yanada 
mukammalroq yoritish uchun xizmat qiladigan materiallar o’z aksini topishi zarur. 
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki 
hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va 
bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan 
muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini 
ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga 
imkon beradi. 
Kurs ishini bajarishda dasturda ko’rsatilgan adabiyotlar bilan 
cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan 
qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 
5. Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi. 
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo’yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. 
Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa 
kamchiliklarini ko’rsatib, ularni bartaraf etish yo’llari ko’rsatilishi kerak. 
Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o’qib chiqilishi kerak, aks holda 
nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan 
kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo’l qo’yilishi mumkin. 



Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o’qituvchilar oldiga quyidagi talablar 
qo’yiladi: 
– Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo’l qo’yilgan 
xatolarni ko’rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo’llari bo’yicha 
maslahat berish hamda shunga tegishli mulohazalarni taqriz varag’iga yozib 
qo’yish; 
– Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko’rsatish 
bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati 
yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish; 
– Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o’zida yoziladigan 
mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi savollar 
mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to’ldirish zarur 
ekanligini ko’rsatish; 
– Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borilish 
darajasini ko’rsatiladi; Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish 
ham muhim hisoblanadi, chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish 
bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida 
ko’rsatiladi. 
Kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga 
tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga 
ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga 
yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz 
baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning o’qishga bo’lga 
ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu boisdan 
taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har 
tomonlama ob’yektiv tahlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim. 

Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling