S. O. Saidov Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy


 Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 96.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.06.2023
Hajmi96.16 Kb.
#1656302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lazer fizikasi kurs ishi

1. Kurs ishining maqsad va vazifalari: 
Kurs ishlari ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda 
qo’llanishining dastlabki bosqichi bo’lib hisoblanadi. Kurs ishi vositasida 
talabaning nazariy bilimlarni o’zlashtirish darajasini bilish, uning ilmiy ijodiy 
imkoniyatlarini baholash mumkin. Avvalo, talaba kurs ishini tayyorlashda 
o’rganilgan nazariy imkoniyatlarini baholashi, o’z nuqtai nazarini erkin ifoda qila 
olishi lozim. Kurs ishida talabaning fanni qanday o’zlashtirayotganligini, 
ta’limdagi islohotlarining tub mohiyatini nechog’lik tushunib yetishi, mavjud 
muammolarning va mavzuga doir masalalarning yechimi qanday bo’lishi 
to’g’risida fikr mulohazalarini bilish mumkin. 
Kurs ishining maqsad va vazifalari: 
– Talabalarning zamonaviy ta’lim usullari, vositalaridan, lazer fizikasi fanini 
o’qitishdan samarali foydalanish bo’yicha kasbiy tayyorgarligini oshirish
pedagogik tafakkurini chuqurlashtirish va kengaytirish; 
– Lazer fizikasinnig zamonaviy yutuqlari, muammolari, tadqiqot 
metodlaridan xabardor qilish; 
– Fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, 
olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash; 
– Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish 
jaryonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda 
bo’lgan mas’uliyatni his qilishga o’rgatish; 
– Yangi axborot texnologiyalarini egallash, pedagogik dasturiy vositalarni 
chuqur 
o’rganish, 
jamiyatni, 
shuningdek, 
ta’limni 
islohot 
va 
axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallash. 



2. Kurs ishi mavzusini tanlash va unga rahbarlik. 
Kurs ishlari mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi 
va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari tanlangan fan 
bo’yicha birinchi darsda e’lon qilinadi. Talabalarga mavzuni tanlash imkoniyati 
beriladi. Kurs ishi rahbari etib kafedra professor-o’qituvchilari tayinlanadi. 
Kurs ish rahbari: 

topshiriq beradi; 

asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha 
boshqa manbalarni tavsiya etadi; 

talabalar bilan muntazam ravishda konsultastiyalar o’tkazadi; 

kurs ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 

talaba bajargan kurs ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning 
qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kurs ishi talaba tomonidan 
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, kurs ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch 
bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. 
Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs 
ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi, so’ngra ishning kamchiliklari 
ko’rsatilib, kamchilikni bartaraf etish taklifi beriladi. 
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga 
qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, 
o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda amaliyotga tadbiq qila 
olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z 
mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va 
ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. 
Kurs ishi mundarijasini (rejasini) (2-ilova) o’qituvchidan maslahat olib 
tuzish maqsadga muvofiq. 

Download 96.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling