7
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism (topshiriqqa mos):
- adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) ni asoslash;
- tajriba qismi;
- tajriba natijalari va ularning muhokamasi;
- xotima (xulosa va tavsiyalar);
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi,
har bir
keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni
tashkil etishi kerak.
4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi
Kompyuterda WORD tizimida Times New Roman shriftida
14
shrift bilan, satrlar orasini
1,5 intervaldan qilib, 25-30 bet hajmida yozilishi kerak.
Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, o’ngdan
15 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm bo’lishi kerak. Qo’lda (agar qo’lyozma
bo’lsa) yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, to’q
binafsha, to’q ko’k rangli)
pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa
8-10 mm
bo’lishi (bir betda
25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma
matn bitta rangdagi va
tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak.
Kirish qismida (3÷4 bet)
mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim
tizimida, shuningdek, optikani o’qitishdagi
ahamiyati, kurs ishining maqsadi,
vazifalari, ob’yekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
Tahliliy qismda (6÷8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha
vaziyatning,
muammoning bugungi kun holati tahlili keltiriladi.
Asosiy qismda (10÷15 bet) muammoni maqbul yechimini topishga
qaratilgan
fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar,
grafik hamda
diagrammalar bilan boytilgan holda ifoda etiladi.