S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
27-rasm. Fazoviy informatsiyalarning konseptual modellari [25,-b.18].
ob‘yektning orientatsiyalangan modeli (A); chiziqlar va tugun nuqtalar yoki to‘r ko‘rinishidagi modellar (B); geografik maydon ko‘rinishidagi modellar (C). Bu modellar geotizimlarni tadqiq etish va geografik informatsiyani vizuallashtirishda qullaniladigan geografik modellar bilan yahshi chiqishadi [ 24,-b.18-20]. Ob’yektnig - orientatsiyalangan modeli voqeylikni modellash uchun juda mos keladi va hodisani individualligini ko‘rsatadi. Ob‘yektning shakli va o‘lchamlari ularning tematik interpretatsiyasi va qabul qilingan masshtab bilan belgilanadi. Ob‘yektlarning chegaralari ularni semantic tavsiflarining almashuvini belgilaydi , ammo o‘rnini aniqqlashda muammo paydo bo‘lishi mumkun . To‘r shaklidagi modellar transport, suv oqimlarini taqdim etish va o‘rganish hamda ularni optimallashtirishda qo‘l keladi.Model fazoviy ob‘yektlar va jarayonlarni geometric o‘zaro bog‘langan to‘rlar shaklida ko‘rsatadi va ularning tahlili uchun topologik aloqalar yanada aniqroq tasvirlanishi talab etiladi . Geografik maydonlar modeli mavjud va uzluksiz geografik taqsimotlarni tadqiq etish va ko‘rsatish uchun qullaniladi. Darhaqiqat, ba’zi-bir geografik ma’lumotlar uzluksiz o‘zgarib boradi (yer yuzasining balandligi, havoning bosimi, harorati). Bunday modellar yaxlit tutash tarzda tarqalgan ob‘yektlar va hodisalarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Lekin, ular olingan o‘lchovlarning diskreptligi va semantik ko‘rsatkichlarini interpolyatsiyalash usulini tanlashga bog‘liq bo‘ladi. O‘zgaruvchanlikning uzluksizligini ko‘rsatish uchun har xil usullardan foydalaniladi. Masalan: alohida nuqtalarda o‘lchangan parametrlarni interpolyatsiyalash; profil chiziqlari va izochiziqlarni chizish; to‘r shaklidagi raqamli modellarni qurish. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, fazoviy informftsiyalarning konseptual modellarini tanlash ob‘yekning tasnifi bilan bog‘liq. Masalan, transport masalasi bilan bo‘gliq tabiiy resurslarni ifodalash uchun har xil modellarga murojaat qilinadi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling