S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Fazoviy ob’yektlarning modellari
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazoviy ma’lumotlar modellari.
Fazoviy ob’yektlarning modellari. Tahlil natijalarini yaxshi o‘ylangan interpretatsiyalash (talqin etish) uchun zarur bo‘lgan geografik informatsiyani to‘plash va aniqlashda fazoviy ob‘yektlar modellari mavjud ob‘yektlarni ifodalash uchun asosiy abstraktsiya (fikran tasavvurda) deb tushuniladi.
Borliqdagi ob‘yektlarninig modellarini qurish (raqamlar vositasida ifodalash) bu mavjud geografik harxillikni diskreptlashtirish ob‘yektlar to‘plamiga aylantirish (diskreptlashtirish) hisoblanadi. 122 Diskreptizatsiyalash usullari va fazoviy ma’lumotlarni ifodalash xaritalarda ob‘yektlarni fazoviy lokalizatsiyasini tasvirlash uchun qabul qilingan. Fazoviy ob‘yektlarni raqamlar vositasida ifodalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ob’yektning nomlanishi ( identifikatsiyalash); ob’yektning joyini k’orsatish va ta’riflash ( lokalizatsiya); xossalarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini belgilab chiqish; ob‘yektning atrofidagi boshqa ob‘yektlar bilan fazoviy joylashuvini baholash. -^GATda mavjud borliqdagi ob’yekt turlarini raqamlar vositasida ifodalash bu fazodagi ob‘yekt va jarayonlarning joylashuvini identifikatsiyalashning formal konstruksiyalari bo‘lib, ularga mos keladiganlarini aniqlashni tanlaydi, ya’ni ma’lumotlar bazasida ifodalanadigan ob‘yekt bu informatsion modellash uchun unsurlarni tanlashda hodisalar qatoridagi eng oxirgi unsuri bo‘ladi. Demak ma’lumotlar bazasidagi ob‘yekt bu mavjud ob‘yekt yoki uning biror bir qismini raqamlardagi ifodasi. Asosiy formal modellar fazoviy o‘lchamlar kabi tushunchalarga asoslangan: nuqta, chiziq, polygon, hajmli shakl, yacheyka(uya). Yuqorida qayd etilgan modellash usullari taqribiy hisoblanadi, chunki ularda mavjud holat va o‘zgarishlar o‘zining aniq ifodasini topmaydi. Shunga qaramasdan tuzilgan model fazoviy ob‘yektlar bilan xuddi raqamli informatsiyalar to‘plami kabi ishlashni davom ettirish imkoniyatini beradi. Fazoviy ma’lumotlar modellari. Har qanday GAT ning ma’lumotlar bazasi fazoviy ma’lumotlar modeli deb nomlanuvchi fazoviy ma’lumotlarning raqamlar shaklidaqi ifodasidan iborat.Bunday modellar mavjud ob‘yektlarni raqamlar tarzidagi formallashgan ifodasining mantiqiy qoidalarini akslantiradi. An‘ana bo‘yicha fazoviy ma’lumotlarning tayanch modellarini alohida ajratishadi: vektorli modellar.Ular topologik vektorli va notopologik vektorli modellarga bo‘linadi; rastrali modellar; regulyar- yacheykali modellar( rastrali modellarga o‘xshash modellar); kvadratomik modellar. Bu modellar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar 4.2, 4.3 paragraflarda keltirilgan. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling