S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


I-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GAT) HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 2.22 Mb.
bet4/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

I-BOB. GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GAT) HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR


    1. Informatika-geoaxborot resurslarining asosi

Zamonaviy sharoitlarda yaratilgan informatsion masalalarni muvofaqqiyatli yechishni ta’minlaydigan shunday informatsion tizimlarni anglash va amaliyotda tadbiq etishda fan va texnikaning taraqqiyoti sabab bo‘ldi. Hisoblash texnologiyasini qo‘llashda hisobchining cho‘tidan zamonaviy kompyuter texnologiyasigacha, axborot texnologiya rivojida esa joyning taxminiy nusxasidan yerni masofadan zondlash, global positsion tizimlarni qo‘llashgacha bo‘lgan uzoq yo‘l bosib o‘tldi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimlari fani o‘zining tadqiqot maydoni va tadqiqot usuliga ega. Tadqiqot maydoni va usulini geoinformatika degan nom belgilab bermoqda. Geoinformatika atamasi ikki qismdan (—geo” va “informartika”) iborat bo‘lib, birinchisi —geo” yer yuzidagi ob’yektlar va sodir bo‘ladigan voqealardan iborat tadqiqot fazosini belgilab bersa, ikkinchisi —informatika” tadqiqotning asosiy usulini belgilaydi.
Geoaxborot tizimlarida ob‘yektlarning fazoviy o‘rni, ularning xossalari, ushbu xossalarning ta’sir davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamon va makon o‘lchamida foydalaniladi. Tadqiqot ob‘yektlari kompyuter texnologiyalari asosida o‘rganiladi. Shuning bilan birga matematika, kartografiya, geodeziya va boshqa fanlardagi ma’lumotlar ham jalb qilinib, informatsiyani yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlashni avtomatlashtirish usullari orqali o‘rganiladi va rivojlantiradi.
Informatika ibtidoda amaliy muxandislik fani sifatida paydo bo‘lgan. Zamonaviy voqelik yangi dunyoqarashni shakllantirdi va insoniyat energiya va materiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan informatsion jarayonlarning mazmun- mohiyatini anglab yetdi. Alohida tashkilot, soha yoki mamlakat doirasida informatsion fazolarni yaratish informatsiyalashning hozirgi bosqichidagi xususiyatini belgilab beradi.
Geoxborot tizimlari informatika singari metofan bo‘lib ilova ma’nosida ko‘paspektli sanaladi va ko‘p bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Geoaxborotda odatda ikkita aspektga urg‘u beriladi: ilmiy va texnologik aspektlar. Nazariy aspekt odatda konsepsiyalar, nazariy asoslar, modellashtirish usullari, modellar va ma’lumotlar tarkibini tashkil qilish bilan chegaralanadi.
Texnologik aspekt esa kompyuter texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishni o‘z ichiga oladi. Demak, geoaxborot tizimlar yer yuzida sodir bo‘ladigan jarayon va voqealarni o‘rganuvchi fanlarning sintezidan paydo bo‘lgan o‘ziga xos fan.
Geoaxborot tizimlari fani geodeziya, kartashunoslik, geografiya, fotogrammetriya kabi fanlarga tayanadi.
Geodeziya - bu aniq o‘lchashlar va hisoblar asosi.
Kartagrafiya - geoaxborot ob’yektlarining taqdimot shakli.
Yerni masofadan zondlash va uning texnologiyalari zamonaviy geoaxborot tizimlarida ma’lumotlarni olishning asosiy vositasi hisoblanadi. Fanlarning ikkinchi guruhini informatsion modellar tuzuvchi va formallashtirishga o‘rgatuvchi fanlar tashkil etadi. Bular ko‘pliklar nazariyasi, graflar nazariyasi, texnologiya va boshqalar.
Informatsion tizimlar bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar yangi bir blokni tashkil etadi: ma’lumotlar bazasi nazariyasi, dasturlash, kompyuter grafikasi va boshqalar. Navbatdagi blokga informatikada tahlilni ta’minlovchi fanlar kiradi: tizimli tahlil, strukturaviy tahlil, modellashtirish, yechim qabul qilish nazariyasi. Yangi informatsion texnologiyalar, avtomatlashtirilgan informatsion tizimlar jamlovchi fanlar sirasiga kiradi. Bularning hammasi ma’lumotlarni himoyalash va informatsion xavsizlikni ta’minlash zarurati doirasida amalda qo‘llanilgan.
Geoaxborot tizimlarining ilovalari xilma-xildir. Eng oddiysi bu avtomatlashtirilgan kartografiya, eng murakkabi- tabiiy resurslarni tadqiq qilish hamda tahlil turlari: statistik,iqtisodiy, fazoviy, transportli, to‘rli.
Ilovalar bloki shuningdek yer informatsion va yer kadastri tizimlari, geomarketing, logistika va riyeltor faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bular biznes ilova hisoblanadilar. Keltirilgan Ilovalar maskur fanning imkoniyatlari va xususiyatlaridan dalolat beruvchi ilovalarning to‘liq ro‘yxatini tashkil etmaydi.
Geoaxborot tizimlarining ko‘p qirraliligi uning gumanitar va texnik yo‘nalishlarni birlashtiruvchi fundamental fan ekanligidan dalolat beradi.
Agarda biz informatikada ikkita tashkil etuvchi ilmiy va amaliyni ajratadigan bo‘lsak, geoaxborot tizimlarni uch qismdan iborat to‘plam deb qarashimiz to‘gri bo‘ladi. [1-4].

  1. Umumiy geoaxborot tizimlar- amaliy tavsifga ega bolmagan geoaxborot va geoxaborot tizimlarning umumiy asoslarini ishlab chiqish va tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.

  2. Maxsus geoaxborot tizimlar- fazoviy- vaqtli ma’lumotlarni qayta ishlash, sifatini baholash va qo‘shimcha tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

  3. Amaliy geoaxborot tizimlar-geoaxborot tizimlari va geoaxborot texnologiyalari bilan amaliy ishlash usullarini o‘rganadi. Bu yerda ma’lumotlarni taqdim etish, ishlab chiqish, yangilash, saqlash, jamlash texnologiyasini o‘rganish bilan bir qatorda ilmiy va texnologik jihatlar tadqiq etiladi.

Geoaxborot tizimlarining katta qismi telekommunikatsion va informatsion tizimlarni avtomatlashtirishni o‘rganishga qaratilgan. Ularning amalda qo‘llashning ijrosi sifatida har xil tizimlar maydonga chiqishi mumkin. Masalan, geodezik informatsion tizimlar (GIT), geologik informatsion tizimlar (GeoIT), marksheyderlik informatsion tizimlar (MIT), xaritalashtirishning
avtomatlashtirilgan tizimi (XAT) va boshqalar.[31.32.33].
Bayondan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, informatikaga tayanib geoaxborot tizimlari rivojlangan va bugungi kunda geologiya, konchilik va marksheyderlik ishlarning muvofaqqiyatida alohida o‘rin egallaydi.

    1. Geoaxborot tizimlarining paydo bo‘lish tarixi.

Geoaxborot tizimi (GAT) deganda fazoviy xarakterdagi ma’lumotlar va ular bilan fazoviy bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash tahlil qilish va tasvirlash asosida geografik fazo haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizim tushuniladi. [36].
Geografik yoki fazoviy ma’lumotlar hozirda ob‘yektlarni fazoviy joylashtirish bilan bog‘liq turli faoliyatlar yurgizuvchi tashkilotlar ishlatadigan ma’lumotlarning asosiy qismini tashkil etadi.
GAT fazoviy ma’lumotlar tahlili asosida optimal yechimlar qabul qilish imkoniyatini yaratish funksiyasini bajaradi.
GATning ta’rifiga ko‘ra uning asosiy vazifasi fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish.
Zamonaviy GATlar grafikaviy ma’lumotlarni alohida tematik qatlamlar, xaritalardagi ob‘yektlarning sifat va son ko‘rsatgichlarini ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida saqlash asosida xaritalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirdilar.
Ma’lumotlarning bunday tashkil etilishi va ularni boshqarishning samarali mexanizmlari yangi ko‘rinishda imkoniyatlar yaratadi. (1-rasm)



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling