S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet61/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

37-rasm. Yer kadastrining avtomatizatsiyalashtirilgan tizimi sxemasi.
Keltirilgan barcha ishlanmalar yer kadastri ishlarining ma’lumotlar bazasini yaratib, uni davlat miqyosida hal qilishni yo‘lga qo‘yadi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda ArcGAT topologik vositalari barcha konturlarning yuzalarini aniqlash va ulardan rasmiy informasiya sifatida foydalanish imkonini beradi.
Davlat yer kadastri negizida konchilik kadastri GAT modullari, dasturiy paketlari, jumladan, ArcGAT intyerfeyslaridan samarali foydalanib, konning yagona davlat reestrini va balansini avtomatik informatsion tizim doirasida yaratish mumkinligi, zamonviy geoaxborot texnologiyalarga oid adabiyotlarda va internet resurslarda keltirilgan. [50,55].
9.5. Credo Dat dasturini marksheyderlik masalalarini yechishda qo‘llash.
Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lib, ular qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma'lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalam bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlarni qo‘llash murakkablashib boradi.
Credo DAT Rossiya kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo‘lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy rasmlarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog'ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir.
Credo dasturi 1990 yilda yaratilgan bo‘lib, u dastlab faqat MS DOS tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. 2000 yildan boshlab grafik yasashlarni avtomatlashtirish asosida loyihalash dasturlari mukammallashdi va hozirgi vaqtda Credo tizimi faqat Microsoft Windows uchun ishlab chiqmoqda. Loyihalash ishlarini avtomatlashtirish deganda avvalo grafik tuzishlarni grafik dasturlarning imkoniyatlari asosida avtomatik aniq bajarish tushuniladi. Zamonaviy Credo dasturi interfeysi komp'yuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois rasm va sxemalarni, loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi. Credo dasturining yaratilganligiga 15 yildan oshgan bo‘lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki CREDO dasturi mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va rasmlarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, maskur dasturdan foydalanuvchilarning imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab marksheyderlar, mutaxassislar, loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida Credo tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda. Marksheyderiyada Credo dasturining qulayligiga ishonch hosil qilish uchun Qizil Olma konining yer usti bino va inshoatlarini havfsiz joylashish moddelini yaratish bo‘yicha bir misol ko‘rib chiqamiz.
Marksheyderiyada kon grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‘z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to muayyan borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ma’lumotlar joylash dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ham ko‘zda tutiladi. Kon grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir ya'ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratiladigan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kon geometriyasi bilan ishlash eng ommobop yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda. Hozirda bu yo‘nalish bilan hatto professional marksheyderlar ham shug‘ullanmoqda.
Marksheyderiya tizimining barcha grafik ob‘yektlari, shuningdek, boshqa tasvirlar qoidali qilib kompyuterda kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan qurilma — bu taxeometr. So‘nggi paytda raqamli taxeometrning ham qo‘llanish ko‘lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy taxeometrdan farqi shundaki, tasvir avtomatik tarizda tushirilmaydi, balki taxeometr xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‘yiladi. U yerdan axborotni kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli taxeometrlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o‘tkazish unchalik qiyin emas.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta taxeometr yordamida, tasvirga olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o‘zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularni qayta ishalsh, shuningdek, grafik ob’yektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’yektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni kon grafikasi deb atash mumkun.
Maxsus kompyuter dasturi xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida — sichkoncha” yordamida rasm chizish, ya'ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar tasvirga olish programmalari yoki grafik redaktorlar hisoblanib, ular yordamida rasmning unsurlari boshqarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turilishini kon geometriyasi hamisha takomillashtirish orqali yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi.
Kon geometriyasi bilan nafaqat marksheyderlar, balki geologiya sohasidagilar, loyihachi mutaxasislar shug’ullanadi. Uning qo‘llanilishi keyingi paytlarda konning 3D modelini yaratishning keng imkonyatini ochib bermoqda.
Marksheyderiyada kon grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafikalar.
Ular monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqilishi bilan farqlanadi.Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahifalashda bilinadi. Bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziq.
Qizil Olma koning tasvirga tushirish olingan boshlang’ich ma’lumotlar natijasida hamda nuqtalar o‘rninig kordinatalari yordamida yer yuzasini geometrik tasvirini yaratishda Credo dasturiga murojat qilamiz.
Taxeometr xotirasidagi burg‘uquduqlar o‘rni koordinatalarining kompyuter xotirasiga yuklaymiz. Yuklangan faylning farmati har qanday farmatda ham Credo dasturiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklanadi. Bu esa Credo dasturining yana bir avzalik tomonlaridan biridir.


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling