S. Sobirova uzoq yillardan beri jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchisi


Download 14.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.11.2023
Hajmi14.87 Kb.
#1777175
Bog'liq
mehnat33333



Xodim S.Sobirova uzoq yillardan beri jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchisi 
L.Kazimovning xonodonida oshpaz bo’lib faoliyat ko’rsatib kelmoqda edi. Biroq 
2023 yil 14 dekabrdan ishlab beruvchisi L.Kazimov fuqarolik ishlari bo’yicha 
Yashnobod tumanlararo sudi tomonidan vafot etgan deb topildi. Biroq 
S.Sobirovani shu kundan ish beruvchining oila a’zolari xonadoniga kirishga 
ruxsat berishmadi. Shundan so’ng xodim S.Sobirova sudga murojaat qilib, ish 
beruvchi xonadonida unga tegishli kiyimlari va boshqa zaruriy narsalarini olib 
ketishga hamda ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni 
yangi qonunchilik doirasida asoslantirishga amaliy yordam berishini so’radi. 
1. Mehnat munosabatlarida jismoniy shaxs qaysi holatlarda ish beruvchi bolishi 
mumkin 
2. Ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan deb topilganda mehnat munosabatlari 
to’xtatiladimi
3. Ish beruvchi oila a ‘zolari xodimni xonadonga kirishiga ruxsat bermasligiga 
qonuniy baho berish mumkinmi 
4. S.Sobirovaga mehnat munosabatlarini tugatishga yordam bera olasizmi 
5. S.Sobirovaga uy ishchisi bo’lib ishlab yurgan yillari uchun staj yoziladimi 
 
Javoblar 
Yuqoridagi vaziyatda ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan deb topilganda 
mehnat munosabatlari bekor bo’lishi qonunchilgimizda keltirilgan 168-modda. 
Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga 
ko‘ra bekor qilish ushbu moddaning ikkinchi bandida keltirilgan mehnat 
shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi: jismoniy shaxs 
bo‘lgan ish beruvchi vafot etganda, shuningdek jismoniy shaxs bo‘lgan ish 
beruvchi sud tomonidan vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganda 
yuqoridagi vaziyatda xodimning ish beruvch bilan tuzgan mehnat shartnomasi 
bekor qilinadi. Yuqoridagi vaziyat bo’yicha uy ishchisi bo’lgan xodim va ish 
beruvchi shuningdek ish beruvchining oila azolar o’rtasida vujudga keladigan 
muammoli vaziyatlarni sud orqali hal etiladi deb amaldagi qonunchiligimizda 
belgilangan qoidalar mavjud O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 520-
modda. Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi yakka 
tartibdagi mehnat nizolarini hal etish uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy 
shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi 
mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi deb belgilangan. S.Sobirovning ish 
beruvchi bilan tuzgan mehnat shartnomasi ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan 
yoxud bedarak yo’qolgan deb topilgan kundan boshlab ular orasidagi mehnat 
shartnomasi bekor bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 168-modda. 


Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga 
ko‘ra bekor qilish ushbu moddaning ikkinchi bandida keltirilgan mehnat 
shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi deb 
qonunchiligimizda keltirilgan. S.Sobirov jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchi bilan 
tuzgan mehnat shartnomasida alohid holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 515-moddasi to’qqizinchi bandida 
keltirilgan uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi deb keltirilgan. 
Yuqoridagi vaziyat bo’yicha mehnat munosabatlarida jismoniy shaxslar xodim 
bilan kelshgan hollarda ish beruvchi bo’lishlari mumkin va ular o’rtasidagi 
tuzilgan mehnat shartnomasi og’zaki va oddiy holda boladi ular o’rtasida tuzilgan 
mehnat shartnomasida xodimni mehnat daftarchasi yuritilmaydi va bu haqida 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 515-moddasi uy ishchisi bilan 
tuziladigan mehnat shartnomasi moddasida batafsil keltirilgan Ish beruvchi bo‘lgan 
jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy 
ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos 
bo‘ladi ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mehnat 
shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Mehnat 
shartnomasi tuzilguniga qadar uy ishchisi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs 
tomonidan mehnat shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak. Uy 
ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi 
bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim 
etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.
Uy 
ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha 
respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Agar 
taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga 
erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak. Uy 
ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi. Uy 
ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydideb belgilab qo’yilgan. 

Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling