S. Sobirova uzoq yillardan beri jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchisi
Download 14.91 Kb. Pdf ko'rish
|
mehnat2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mehnat munosabatlarida jismoniy shaxs qaysi holatlarda ish beruvchi bolishi mumkin 2. Ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan deb topilganda mehnat munosabatlari
- 4. S.Sobirovaga mehnat munosabatlarini tugatishga yordam bera olasizmi 5. S.Sobirovaga uy ishchisi bo’lib ishlab yurgan yillari uchun staj yoziladimi
Xodim S.Sobirova uzoq yillardan beri jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchisi L.Kazimovning xonodonida oshpaz bo’lib faoliyat ko’rsatib kelmoqda edi. Biroq 2023 yil 14 dekabrdan ishlab beruvchisi L.Kazimov fuqarolik ishlari bo’yicha Yashnobod tumanlararo sudi tomonidan vafot etgan deb topildi. Biroq S.Sobirovani shu kundan ish beruvchining oila a’zolari xonadoniga kirishga ruxsat berishmadi. Shundan so’ng xodim S.Sobirova sudga murojaat qilib, ish beruvchi xonadonida unga tegishli kiyimlari va boshqa zaruriy narsalarini olib ketishga hamda ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni yangi qonunchilik doirasida asoslantirishga amaliy yordam berishini so’radi. 1. Mehnat munosabatlarida jismoniy shaxs qaysi holatlarda ish beruvchi bolishi mumkin 2. Ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan deb topilganda mehnat munosabatlari to’xtatiladimi 3. Ish beruvchi oila a ‘zolari xodimni xonadonga kirishiga ruxsat bermasligiga qonuniy baho berish mumkinmi 4. S.Sobirovaga mehnat munosabatlarini tugatishga yordam bera olasizmi 5. S.Sobirovaga uy ishchisi bo’lib ishlab yurgan yillari uchun staj yoziladimi Javoblar Yuqoridagi vaziyat bo’yicha mehnat munosabatlarida jismoniy shaxslar xodim bilan kelshgan hollarda ish beruvchi bo’lishlari mumkin va ular o’rtasidagi tuzilgan mehnat shartnomasi og’zaki va oddiy holda boladi ular o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida xodimni mehnat daftarchasi yuritilmaydi va bu haqida O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 515-moddasi uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi moddasida batafsil keltirilgan Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar uy ishchisi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan mehnat shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak. Uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi. Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak. Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi. Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydideb belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi vaziyatda ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan deb topilganda mehnat munosabatlari bekor bo’lishi qonunchilgimizda keltirilgan 168-modda. Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish ushbu moddaning ikkinchi bandida keltirilgan mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi: jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi vafot etganda, shuningdek jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganda yuqoridagi vaziyatda xodimning ish beruvch bilan tuzgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Yuqoridagi vaziyat bo’yicha uy ishchisi bo’lgan xodim va ish beruvchi shuningdek ish beruvchining oila azolar o’rtasida vujudga keladigan muammoli vaziyatlarni sud orqali hal etiladi deb amaldagi qonunchiligimizda belgilangan qoidalar mavjud O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 520-modda. Uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etish uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi deb belgilangan. S.Sobirovning ish beruvchi bilan tuzgan mehnat shartnomasi ish beruvchi sud tomonidan vafot etgan yoxud bedarak yo’qolgan deb topilgan kundan boshlab ular orasidagi mehnat shartnomasi bekor bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 168-modda. Mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish ushbu moddaning ikkinchi bandida keltirilgan mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi deb qonunchiligimizda keltirilgan. S.Sobirov jismoniy shaxs bo’lgan ish beruvchi bilan tuzgan mehnat shartnomasida alohid holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 515-moddasi to’qqizinchi bandida keltirilgan uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi deb keltirilgan. Download 14.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling