S. T. Turg'unov, L. A. Maqsudova, H. M. Tojiboyeva, G. M. Nazirova, M. A. Umaraliyeva pedagogik jarayonlarni


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/62
Sana22.08.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1669111
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
S.Turg\'unov Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish

Pedagogik qobiliyat - bu boshqaruv jarayonida 
rahbarlar va professor-o'qituvchilar uchun eng zaruriy 
xususiyatlardan 
bo'lib, 
ulaming 
pedagogik faoliyatga 
yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana 
olishini, shuningdek, pedagogik jarayonlami tashkil etish va 
boshqara olishini belgilaydi.
Pog'onaviylik - tashkiliy tuzilishga ko'ra ta'lim 
muassasasining yuqori bo'g'ini (rahbarlar) bilan quyi bo'g'ini 
(ijrochilar) 
o'rtasidagi 
masofaning 
katta-kichikligini 
ifodalaydi, ya'ni rahbar bilan oddiy ijrochi o'rtasidagi masofa 
qanchalik 
katta 
bo'lsa 
(darajalar 
soni) 
ta'lim 
muassasalaridagi pog'onaviylik darajasi shunchalik katta 
bo'ladi.
Prinsip - bu so'z lotin tilidan olingan bo'lib, asos, 
dastlabki, xatti-harakat va faoliyatning asosiy negizi kabi 
ma'nolami bildirib, rahbarlar va professor-o'qituvchilaming 
o'z faoliyatidagi bir so'zligi va qat'iyatliligidir. Ulaming 
prinsipliligi 
pedagogik jarayonlami 
tashkil 
etish 
va 
boshqarishda, sub'yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishda
95


hamda 
pedagogik 
jarayonlarda 
ijodiy 
muhitni 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixik jarayonlar - bu ob'yektiv olamni sub'yektiv aks 
ettirishning turli shakllaridir. 
Psixik jarayonlar psixik 
fimksiyalar deb ham aytiladi. Psixik jarayonlaming asosiy 
turlari sezgi, idrok, xotira, tasawur, xayol, tafakkur, nutq, 
hissiyot, iroda bo'lib, ular o'z navbatida uch guruhga birikadi: 
bilish jarayonlari, irodaviy jarayonlar, hissiy jarayonlar.
Psixologik holatlar - psixik faoliyatning vaqtinchalik 
dinamikasi bilan tavsiflanadi. Bu inson ichki dunyosining 
muhim tomoni bo'lib, faoliyatga ta'sir ko'rsatadi. Psixik 
holatlarga charchash (toliqish), emotsional zo'riqish (stress), 
monotoniya va boshqa psixik holatlar kiradi va bular o'zaro 
bog'liq bo'ladi.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling