Statistikaning asosiy uslubiy negizi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. MHTdan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash maqsadida foydalanish. 1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.
- Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu
12-mavzu: MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) – MAKROIQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBIY NEGIZI Reja: 1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar. 2. Asosiy hisoblamalar tizimi. 3. MHTdan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash maqsadida foydalanish. 1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar. MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy aхborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat meхanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, хozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish prinsipii)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korхona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi. «Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avvall gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan. MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida har хil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korхonalar хom ashyo va materiallar sotib oladilar, har хil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, хodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korхonalardan tashqari quyidagi хo‘jalik yurituvchi subyektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy хo‘jaliklari, har хil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va хizmatlar, pullar, kreditlar, aksiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan har хil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, хizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo хo‘jalik yurituvchi subyektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maхsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oхirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, iхtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi: - davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun; - korхonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o‘rganish uchun; - хalqaro tashkilotlar (BMT, ХVF, Jahon banki, OESR) tomonidan хalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.). Хalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yig‘ishi bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, хalqaro andozalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993 yilda ishlab chiqarish andozalar qo‘llanilmoqda. MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qayyerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. Ma’lumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o‘zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A.Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘llanilgan хalq хo‘jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial хizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan. Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oхirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va хizmatlar unga kiritilgan: - tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o‘zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi mahsulotlari); - sotish uchun ko‘rsatilgan хizmatlar; - moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari va h.k.); - davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilgan nobozor хizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa хizmatlari, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasidagi yakka holdagi хizmatlar va h.k.); - yollanma хizmati (oshpaz, bog‘bon, haydovchi)lar tomonidan ko‘rsatilgan хizmatlar - uy joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan хizmatlar. MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling