S. T. Turg'unov, L. A. Maqsudova, H. M. Tojiboyeva, G. M. Nazirova, M. A. Umaraliyeva pedagogik jarayonlarni
Uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
S.Turg\'unov Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish
1.2.
Uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari Bugungi kunda O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy# madaniy-ma'rifiy. sohalarda katta ahamiyatga ega bo'lgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Barpo etilayotgan yangi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati insonlaming jamiyat hayotiga, mehnatga bo'lgan munosabatlarini tubdan o'zgartirishini talab etadi. Endilikda har bir kishi o'zgalarga emas, balki shaxsan o'zining imkoniyatlariga, qobiliyati va iste'dodiga tayanishi, shulardan kelib chiqib yashashi kerak. Shu o'rinda uzluksiz ta'lim tizimini ham izohlash talab etiladi. 13 "Pedagogik atamalar lug'ati"da uzluksiz ta'lim - o'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi sifatida ta'riflanadi1. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi sifatida quyidagicha belgilanadi: Uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi2. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilanishicha, uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi DTSlar asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim. Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etishga hamda mazkur jarayon subyektlari (o'qituvchi va ta'lim oluvchilar)ning ehtiyojlari va manfaatlarining uyg'unligi asosida belgilangan maqsadlarga 1 Pedagogik atamalar lug'ati. Tuzuvchi mualliHar. R.X.Djurayev, 0 *.Q .T olip ov, R_G‘ .Safarova, X.O.To'raquJov, M .E.!noyatova, M.S.Drvanova. F A “ Fan” nashriyoti, Т .: 2008. В. 133. 1 Barkamol avlod - 0 ‘ zbekislon taraqqiyotining poydevori. Т.: 1997, B.42 1 0 ‘ sha manba. B.43 14 erishishga qaratilgan hamkorlikdagi tashkil etiladigan faoliyat jarayoni hisoblangan pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarish - mavjud imkoniyatlardan (vujudga keluvchi turli vaziyatlar, subyektlarning boshlang'ich tushunchalari, ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlari, ilmiy- metodik ta'minot va h.k.) oqilona foydalanishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayon tashkilotchilari hisoblangan rahbarlar va o'qituvchilar belgilangan maqsadlarga erishishda ta'lim oluvchilaming boshlang'ich tushunchalari, qiziqishi, ehtiyoji va qobiliyatlarini, shaxsiy xislatlarini, shuningdek pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol o'rganishlari va shular asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga yordam beradigan turli tadbirlami ishlab chiqishlari zarur. Uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlarda ta'lim oluvchilaming faolligini ta'minlash va takomillashtirish hamda o'quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri pedagog xodimlaming faoliyatini ilmiy asosda tashkil etilishidir. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarishda o'qituvchi faoliyatining ilmiyligi - yangiliklarini izlash, o'rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma'lumotlardan foydalanish, pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o'zlashtirish, shular qatori pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalami belgilaydi. Uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarishning samaradorligi - bu boshqaruv qonuniyatlari, usul va metodlari hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan boshqamv faoliyati asosida tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonining natijaviyligi hisoblanadi. 15 Uzluksiz ta'lim tizixni muassasalarida tashkil e tila d ig ^ x i. va boshqariladigan pedagogik jarayonlar Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling