S. T. Turg'unov, L. A. Maqsudova, H. M. Tojiboyeva, G. M. Nazirova, M. A. Umaraliyeva pedagogik jarayonlarni
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
S.Turg\'unov Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish
qayta aloqaning o'ziga
xos eLhamiyati va zaruriyati; - pedagogik jarayonning protsessual va teskari jarayonlaming mavjudligi; 17 - ta'lim oluvchilarda ta'lim olishga bo'lgan qiziqish, ya'ni ularda o'quv motivlarini shakllantirish zaruriyati; - ta'lim oluvchilarda ijobiy motivlar shakllantirishning samaradorligi pedagogik jarayonlaming natijaviyligini ifodalashi; pedagogik jarayonlami samaradorligining motivlashtirishga bog'liqligi; - pedagogik jarayonlarda axborotlaming yangi va ishonchli bo'lishi zaruriyati. O'rganiladigan tushunchalarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash ko'zlangan natijalarga samarali erishishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik jarayonlami va o'rganiladigan tushunchalaming mazmun- mohiyati, ahamiyati va o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqib qo'llaniladigan metodlar va tatbiq etiladigan yondashuvlami tanlash hamda ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda dars (ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot, ekskursiya), darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar (davra suhbati, uchrashuv, turli musobaqa va tanlovlar, konferensiya va h.k.), mustaqil ta'lim hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini, shuningdek ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik tajriba-sinov ishlari hamda oliy ta'lim va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari uchun tashkil etiladigan pedagogik amaliyot yaxlit, bir butun dinamik tizim ko'rinishida tasawur qilinib loyihalashtirilishi zarur. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlami loyihalashtirish va tashkil etishda dars va darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar, mustaqil ta'lim, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari hamda pedagogik amaliyot va pedagogik tajriba-sinov jarayonlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash ta'lim oluvchilar uchun tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi hisoblangan 18 pedagogik jarayonlar samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlaming samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar turli yondashuvlarga asoslanishi hamda pedagogik jarayon samaradorligi mazkur jarayon ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va boshqarishda qollaniladigan metodlar va yondashuvlaming o'ziga xos xususiyatlariga ham bog'liqligi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning o'ziga xos jihatlarini o'rganish zaruriyatini belgilaydi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling