Jihoz va materiallar:
quritish maydonchasi, patnislar, dudlash
kamerasi, chodirlar, pichoq, oltingugurt, xom ashyo.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Mevalarni ochiq havoda quritishning qanday afealliklari bor?
2. Mevalarni quritishda dudlash nima uchun kerak?
3. Dudlangan va dudlanmagan mevalar ochiq havoda necha kunda
quriydi?
4. Ochiq havoda quritilgan meva mahsulotlariga qanday talablar
qo‘yiladi?
26-ish, Mevalarni quritish
Darsning
maqsadi:
talabalami
quritilgan mevalar olish
texnologiyasi bilan tanishtirish. Ularga mevalarni ochiq havoda tabiiy
quritishni o‘rgatish.
Ishlash tartibi. Olma quritish.
Olmaning barcha navlaridan qoqi
tayyorlasa bo'ladi. Ammo qand va kislotasi ko‘proq, eti oq yoki sariq
olmani ko‘proq quritish kerak. Qoqiga faqat pishgan
olmalar teriladi,
yuviladi, tilimlab
0
,7-1,0 sm qalinlikda gardish qilib to‘g‘raladi.
Po‘sti archilgan olma to‘g‘ralgan zahoti 2-3 foizli namakobga
solinadi. Bu uning tabiiy ranggini saqlab qoladi. Keyin olma taxta
patnislarda dudlanadi. Mevaning 1 kilogrammiga 1,5-2
gramm
oltingugurt sarflanadi. Dudlash 30 daqiqa davom etadi. Ob-havo
sharoitiga qarab quritish 3-6 kun davom etadi. Olmadan 10-13 foiz
qoqi olinadi. 1-15 kun saqlangandan keyin uning nami tenglashib
qoladi.
Nok quritish.
Nokning
Konsentrat, Podarok, Lyubimitsa klappa,
Vilyams, Yubileyniy Navoiy navlari quritiladi.
Nok mevasini quritish olma mevasini quritishga o‘xshaydi. Nok
to‘rt qismga bolinadi, urug'i olinadi 2-3 daqiqa qaynoq suvga botirib
olinadi. Keyin toza oqar suvga chayib patnisga joylanadi.
Har bir
kilogramm mevaga 2-3 gramm hisobida oltingugurt sarflab 1,5-2. soat
dudulanib, 4-5 kun oftobda quritiladi, 2-3 kundan keyin mevalar
ag‘darib chiqiladi. Nok 12-18 kun quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: