S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-ish. Kislota miqdorini aniqlash (titrlanadigan)
- Vazifa.
Jihoz va materiallar: kolbalar, stakanlar, reaktivlar, elektr plita,
lakmus qog'ozi, pipetka, kalkulyator. 0 ‘zlashtirish uchun savollar 1. Reduksiyalangan shakar deganda nimani tushunasiz? 2. Meva-sabzavotlar tarkibida qanday qand turlari bo‘ladi? 3. Qandlami sianid usulida aniqlaslmi qaysi olim birinchi bor qollagan? 12-ish. Kislota miqdorini aniqlash (titrlanadigan) D arsning m aqsadi: meva-sabzavotlar tarkibidagi organik kislotalar bilan tanishish. Talabalarga meva-sabzavotlar tarkibidagi organik kislotalar miqdorini aniqlashni o'rgatish. Kislota juda muhim ko'rsatkich b o ‘lib, uning shakarga b o lg a n nisbati meva-sabzavotlaming sifatini (ta’mini) aniqlab beradi. Povidlo, jem, jele va marmelad olinayotganda xomashyoda albatta 0,9-1% kislota bo'lislii shart, bo'lmasa tayyor mahsulot quyuqlashmaydi. Vinochilik sanoatida ham, albatta uzum yoki mevalarda kisloia miqdori 0,7-0,9% dan kam bo‘lsa, sifatli mahsulot olib bo‘lmaydi. Tuzlangan mahsulotda kislota miqdori standartlaming texnik ko‘rsatkichlariga kiritilgan. Kislotaning miqdorini aniqlash uchun ulaming neytrallanish va ishqorli eritmada titrlanishiga asoslangan. Neytrallanish nuqtasini indikator yordamida aniqlanadi. Vazifa. Kislota miqdorini titrlash yo‘li bilan aniqlash. Ishlash tartibi: maydalangan va ezilgan o ‘rtacha namunadan 20 yoki 25 ml stakanga olinadi. Olingan namuna 200 yoki 250 mtli kol baga olinadi. Stakandagi proba qoldiqlarini suv bilan yuviladi, bu qoldiqlar voronkada va kolbaning bo'yinlarida ham bo'lishi mumkin. Kolba 0,5-0,75 hajmida toldiriladi. Kolba hammomga qo'yiladi va 80° haroratda 30 daqiqa ushlanadi. Bu esa termometr yordamida nazorat qilinadi. Keyin kolba vodoprovod suvida sovutiladi. Distillangan suv kolba chizig‘igacha ohb kelinadi, aralashtiriladi va quruq kolbaga filtrdan o ‘tkaziladi. Mana shu olingan filtratda umumiy kislota miqdori aniqlanadi. Buning uchun filtrdan 20-25 mlli kichik kolbaga eritma olinadi, keyin unga indikator sifatida 2-3 tomchi fenolftalein eritmasi tomiziladi va 01 ishqori eritmada titrlanadi. Titrlash eritma pushti rang bo'lguncha davom etadi. Neytrallanishni aniqlash uchun bo‘yalgan eritmalar qizil lakmus qog‘ozda aniqlanadi. Ishqor eritmasi qo‘shilganda, eritmadan bir tomchi olib lakmus qog‘oziga tomiziladi. Ya’ni neytrallash bo'lganda lakmus qog'ozi ko'karib ketadi. Sho‘r suv yoki marinadlardagi kislota miqdorini aniqlash uchun avval ulami paxta filtrdan o'tkaziladi keyin pipetkada 10-25 ml proba olinib, yuqorida aytilgandek titrlanadi. Hisoblash uchun formula quyidagicha bo‘ladi: a - T - C K - 100% . H e buyerda: a - 0,1 ishqorli eritmani Utrlashga ketgan miqdori (ml); T - 0,1 ishqori eritmani titrdagi to ‘g ‘rilanishi; S - namunaning umumiy hajmi (ml); N — namuna (g); ye - litrlash uchun olingan namuna hajmi К — 0,1 ishqorli eritmani kislota koeffitsiyenti. Masalan, olma kislota uchun - 0,0067. Limo'n kislotasi - 0,0069, vino kislotasi - 0,0075, sirka kislotasi - 0,006, sut kislotasi -0,009. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling