S19. 142-guruh Abdullayev Qaxramon turkiyaning moliya tizimi


 Iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solish


Download 114.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi114.3 Kb.
#1567706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TURKIYANING MOLIYA TIZIMI

 
2. Iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solish. 
80-yillarning boshlaridayoq iqtisodchilar Turkiyaning iqtisodiy va ijtimoiy 
tizimi “aralash iqtisodiyot” ekanligini ta’kidlaganlar. G‘arbda ushbu tizim unumli 
va monand(garmonik) ravishda ishlayotgan tizim bo‘lib, tabiiy organik 
rivojlanishning “natijasi”dir. Turkiyada esa ijtimoiy va xususiy sektorlarni paydo 
bo‘lishi “davlat aralashuvi natijasidir”. Shuning uchun Turkiyada G‘arb 


mamlakatlaridan farqli ravishda tizim falsafasi va faoliyat shakli o‘rtasida yagona 
uyg‘unlik yuz bermadi. 
Mamlakat iqtisodiyotiga davlat aralashuvining faoliyati xaligacha aniq bir 
mazmun kasb etmadi, amaliy faoliyatni baholash, davlat sektori ustidan nazorat va 
yo‘naltirish kriteriyasi(mezoni) mavjud emas. Shu bilan birgalikda barqaror 
iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishi birinchi navbatda davlat aralashuvining 
qanchalik samaradorligi va barqarorligiga bog‘liq. Davlatning bevosita va bilvosita 
aralashish shakllari bozor mexanizmi faoliyatini, uning samaradorligini 
ta’minlashda asosiy omil bo‘ldi. Ammo ikki tomonlama faoliyat yuritilishiga 
qaramay, Turkiyada shunday davlat funksiyasi xaligacha modellashtirilmagan va 
aniqlashtirilmagan. 
Pirovardda Turkiyadagi “aralash iqtisodiyot tizimi” tizim sifatida baholash 
nuqtai nazaridan qorong‘u bo‘lib qolmoqda. Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra 
Turkiyadagi “aralash iqtisodiyot” amaliyotda muhim belgini – “birga mavjud 
bo‘lish prinsipi”ni namoyon qildi. Davlat aralashuvining xarakteri bo‘yicha 
anarxiya darajasini (bozor hukmronligi) yoki aksincha etatistik diktaturani, ya’ni 
qaerda bozor diktaturasi va qaysi sohada mavjudlik diktaturasini aniqlash mumkin. 
Turkiyada rivojlangan “aralash iqtisodiyot” tizimi turli qarashlar va aloqalarni 
tartibga solish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, monopoliyani vujudga keltiruvchi 
“lessefer”ga ham, marksizm-sotsializmga xos bo‘lgan qat’iy aralashuvga ham 
o‘xshamagan “iqtisodiy erkinlikning yangi turini” vujudga keltirdi. 
Turk olimlari tomonidan to‘g‘ri ifoda etilgan “birga mavjud bo‘lish prinsipi” 
mamlakat iqtisodiyotida uzoq davom etgan inflyatsiya jarayonlarini, shuningdek 
davlat sektorining ustunligini tushunish imkoniyatini beradi. Umuman xalqaro 
moliya tashkilotlari yordami bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish paytida samarali 
repressiv apparat orqali shunday salbiy ko‘rinishlarni direktiv uslublar bilan 
bartaraf etish oson edi. Ammo mamlakatda bunday yondoshish kuzatilmaydi va bu 
Turkiyaning makroiqtisodiy tartibga solish uslublarining judayam o‘ziga xosligini 
anglatadi. Ushbu holat iqtisodiyotni budjet tomonidan tartibga solinish taxlili bilan 
tasdiqlangan. 


Ma’lumki, bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotidagi doimiy budjet tanqisligi 
turli parlament munozaralariga sabab bo‘lib, ushbu tanqislikni bartaraf etish ular 
tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat asosida yotadi. Turkiyada oxirgi yetti 
yil mobaynida budjet tanqisligi doimiy ravishda kuzatiladi ( 1996 yili 504 mlrd. Tl 
yoki 6,9 % budjet xarajatlari va 2002 yili 31987 mlrd. Tl yoki 15,4%). Ehtimol 
bularning hammasi Xalqaro valyuta fondi(XVF) va boshqa xalqaro moliya 
tashkilotlari tomonidan malomatlar yoki norziliklarni keltirib chiqarar, ammo 
vaziyat ko‘rinib turganidek ijobiy tomonga o‘zgarmayapti., hatto ayrim yillarda 
juda ham yomonlashgan. Shunga qaramay mamlakat kredit beruvchilarning 
ishonchini yo‘qotgani yo‘q.
1-jadval. 

Download 114.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling