S19. 142-guruh Abdullayev Qaxramon turkiyaning moliya tizimi
Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar
Download 114.3 Kb. Pdf ko'rish
|
TURKIYANING MOLIYA TIZIMI
Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar
dinamikasi. (1998 yil narxlarida, mlrd. Tl). Yillar Davlat sektoridagi umumiy kapital qo‘yilmalar Xususiy sektordagi umumiy kapital qo‘yilmalar 1990 11302 7841 1991 12734 7090 1992 10616 6703 1993 10668 7980 1994 10482 8555 1995 12695 8922 1996 13620 10503 1997 13767 12033 1998 10990 13056 1999 10789 13112 2000 11637 15624 2001 11853 15141 Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, davlat sektori o‘zining investitsiyalari uchun doimiy ravishda xususiy sektor jamg‘armalaridan foydalangan bo‘lib, moliyalashtirishning tashqi manbalari ko‘payib borayotgan ichki qarzga sarflangan. Buning ustiga ushbu davr mobaynidagi kapital qo‘yilmalar xajmi yuqori darajada bo‘lib, 10,6 – 13,8 trillion turk lirasi atrofida bo‘lgan (solishtirilayotgan narxlarda). Albatta investitsiya yo‘nalishlari turli darajada o‘zgartirilib turildi. Ammo saqlanib qolayotgan davlat xarajatlarining yuqori darajasi mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning ta’siri yuqori holatda ekanligidan dalolat beradi. Bir paytning o‘zida xususiy sektor jamg‘armalaridan unchalik foydalanilmadi yoki musodara qilindi. Ushbu dinamikada bank foiz stavkalarini pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi degan mashhur makroiqtisodiy nazariya holati kuzatilmaydi. Masalan, 1990, 1994 va 1999 yillarda minimal foiz stavkalarining faoliyati (kreditga qo‘yilayotgan foizlar albatta yuqori bo‘lib, ularning miqdori bo‘yicha katta farqqa ega edi) xususiy sektordagi kapital qo‘yilmalarning nisbatan o‘sishi bilan muvofiq kelgan (2,5%, 7,2% va 1,5%). Shu davr mobaynida, 1993, 1996 va 1997 yillarda kapital qo‘yilmalardagi real bank stavkalari yuqori bo‘lgan (muvofiq ravishda 19,1%, 17,8% va 14,5%). Shu bilan birgalikda tan olish kerakki, xususiy sektor kapital qo‘yilmalarining real xajmi taxlil qilinayotgan davr mobaynida deyarli ikki barobarga o‘sgan. Bu xususiy investitsiyani rivojlantirishga bo‘lgan davlat siyosatining umumiy yo‘nalishi amalga oshirila boshlaganligidan dalolat beradi. Investitsiyaning shunday qarama-qarshi harakatiga sabab saqlanib qolayotgan davlat sektorining asosiy roli, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining keskinlashishi bo‘lib, xususiy sektorning o‘z jamg‘armalaridan tezroq unumli foydalanishga intilishidan iborat. Shunday sharoitda ham aholi, ham tadbirkorlar mavjud pul mablag‘larini ko‘chmas mulkka yoki yuqoriroq va tez foyda beruvchi tarmoqlarga qo‘yishni afzal deb biladilar. Vaholanki barcha ushbu jarayonlar mamlakat banklari orqali amalga oshiriladi va ular tomonidan nazorat qilinadi. Download 114.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling