Turkiston assr bxsr va Sovet xokimyatiga qarshi Xarakatlar Quvondiqov Ozodbek
Download 427.15 Kb.
|
Turkiston ASSR BXSR va Sovet xokimyatiga qarshi Xarakatlar
Turkiston ASSR BXSR va Sovet xokimyatiga qarshi Xarakatlar Quvondiqov OzodbekTurkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1916—1943) — Oʻrta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918—1943). Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h. — Oʻrta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich boʻlib, kurash koʻlami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Turkiy xalqlarning milliy ozodlik harakatiga sabab iqtisodiy inqirozlar va xalqqa qarshi qonunlar edi. Bu harakat oʻz jugʻrofiy doirasiga koʻra, 3 hududga boʻlinadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash oʻz rivojlanish jarayoniga koʻra, 2 davrni bosib oʻtdi: 1918—24 va 1925—1935-yillar. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va Katta Ergashning nomlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turkiston muxtoriyati hukumati qoʻshiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash. 1918-yil 19— 21-fevralda Qoʻqon shahrida boʻlgan urush natijasida magʻlubiyatga uchrab, Qoʻqon uyezdidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi.26-fevralda Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (qarang „Dashnakiutyun“)ning 5 ta otryadi hujum qildi. 27-fevralda boʻlgan janglarning birida Kichik Ergash halok boʻlgach, Katta Ergash Fargʻona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Fargʻona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati boʻldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga oʻtkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va gʻalla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targʻiboti, masjid, Madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf yerlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va boshqalar) hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va koʻlam bagʻishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. Qurolli kurash oʻzining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, toʻq badavlat oilalarning vakillari — savdogarlar, boylar hamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha guruxlari va ijtimoiy qatlamlarini oʻziga qamrab olgan harakat hisoblanadi.Download 427.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling