Turkiston assr bxsr va Sovet xokimyatiga qarshi Xarakatlar Quvondiqov Ozodbek


Download 427.15 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi427.15 Kb.
#1317802
1   2   3   4
Bog'liq
Turkiston ASSR BXSR va Sovet xokimyatiga qarshi Xarakatlar

Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi harakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qoʻshilib turdi va yangidan yangi guruhlar tashkil topdi. Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi„Turkiston milliy birligi“ tashkilotining qaror topishi (1921.02.08) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar („Milliy ittihod“, „Milliy istiqlol“) ham tuzilib, ular harakatni faol qoʻllab-quvvatlashdi. Turkiston jamiyatida oʻsha paytda yetakchi mavqega ega boʻlgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida koʻpgina hollarda faqat islom gʻoyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi. Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar. 1920—1924-yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi oʻziga xos alohida yoʻnalish va xususiyatga ega boʻlib, oʻta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar qizil askarlarga tayangan holda 1920-yil 1-fevralda Xiva xonligi va 1920-yil 2-sentabrda Buxoro amirligini qurolli kuch bilan agʻdarib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, Yosh buxoroliklar, Xorazmda esa Yosh xivaliklar firqalarining aʼzolaridan iborat demokratik kuchlar qoʻliga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud boʻlib, natijada milliy kuchlar oʻrtasida hokimiyat masalasida oʻzaro ixtilof vujudga keldi.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning eng zaif tomoni uning Oʻrta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida toʻliq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos boʻlib xizmat qiluvchi yagona milliy dasturning yaratilmaganligi hamda baʼzi yetakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va boshqa boʻldi. Ayrim shaxslar (Xolxoʻja EshonGʻulomalixon Bahodir va boshqalar) harakatga faqat oʻzlari rahbarlik qilishni oʻylab, yagona qoʻmondonlikka boʻysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador boʻlmagan baʼzi guruhlar talonchilik va bosqinchilik bilan shugʻullanib, koʻplab begunoh kishilarni oʻldirishdi. Bundan qizil armiya qoʻmondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli aygʻoqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, baʼzi guruh rahbarlari oʻrtasidagi tarqoqlik va oʻzaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar oʻtkazish va turli tuman targʻibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qoʻllab-quvvatlashdan qaytara oldi. Bu Õzbeksila


Turkiston istiqlol harakati bayrog‘i

Download 427.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling