Iqtisodiy islohotlar dasturi tarkibiga makroiqtisodiyot,
strukturaviy
siyosatlar, inflyatsiya, joriy kamomad va davlat moliyasi bo'yicha
qator xususlar
kiritilgan.
Prezident Erdo'g'an noyabr oyida mamlakatda iqtisodiy va huquqiy yangi
islohotlar davri boshlanishini ma'lum qilgandi.
Erdo'g'anning ko'rsatmasiga binoan, Hazina va
moliya vaziri Lutfi Elvan
boshchiligida tadbirkorlik sub'yektlari va tegishli nodavlat tashkilotlari ishtirokida
muzokaralar o'tkazilib, talab va takliflar qayd etilgandi.
Ushbu muzokaralarda tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari,
sektor majlislari
va nodavlat tashkilotlarning talab va takliflari hamda mavjud muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalari muhokama qilindi.
Makroiqtisodiy barqarorlik va strukturaviy siyosatni o'z
ichiga olgan
iqtisodiy islohotlar dasturi Prezident Erdo'g'an tomonidan bugun "Iqtisodiy
islohotlar dasturiga bag'ishlangan taqdimot" marosimida xalqqa e'lon qilinadi.
12.03.2.2021
Turkiya bank tizimi: o‘ziga xos xususiyatlari va tuzilmasi.
Turkiya bank tizimi Markaziy bank, davlat
tijorat va xususiy banklar
tarmog‘i va xorijiy banklardan iborat. 1990 yili Markaziy bank aktivlari deyarli 65
trillion turk lirasini tashkil qilib, undan 4,4 trillion lirasi – oltin va 17,5 trillioni
xorijiy valyuta shaklida bo‘lgan. Markaziy bank depozitlari (qo‘yilmalari) 9,9
trillion turk lirasi va 32,2 trillion turk lirasii – xorijiy valyutani tashkil qilgan. U
mamlakatning barcha viloyatlarida va yirik shaharlarida o‘zining filiallariga ega.
Yirik tijorat va xorijiy banklarning ro‘yhati va aktivlari
quyidagi jadvalda berib
o‘tiladi.
1-jadval.
Turkiyadagi asosiy tijorat banklari.
Do'stlaringiz bilan baham: