Sabirova hilolaning tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan


Download 280.5 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1505293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5251511548530140908

1-rasm. Toshko'mir koni

Baʼzi Koʻmir konlarida qatlam qanotlarining bir tomoni yer yuzasiga yaqin joylashib, hatto yuzaga chiqib qolish holdari ham uchraydi, lekin ularni yotish burchagi katta boʻlgani uchun tez chuqurlashadi, bunday sharoitlarda Koʻmir konlarining bir qismi ochiq usulda, qolgan chuqur-lashgan qismi esa yer osti usulida qazib olinadi.




2-rasm. Ko'mir zaxirasi

Xiyla katta oʻlchamli yoki zahirali, uzluksiz yoki orol shaklida tarqalgan koʻmirli formatsiya maydonlari koʻmir xavzasi deb ataladi. Koʻmir havzalarining vujudga kelishi Yer poʻsti strukturasining rivojlanishiga, yaʼni sinekliza, chekka bukilma va boshqalarga bogʻliq. Masalan, Germaniyada mashhur Saar va Rur koʻmir havzalari, Hindistonda Jariya, Raniganj, Bokaro, Fransiyada Nor va Pade-Kale, Lotaringiya, Polshada Sileziya, Buyuk Britaniyada Janubiy Uels, Yorkshir va Lankashir, Chexiyada Ostrana-Karvina havzasi, Bolgariyada Bolqon havzasi, Avstraliyada Yangi Janubiy Uels, Kvinslend, AQShda Appalachi, Illinoys, Pensilvaniya, Michigan havzalari, Ukrainada Donetsk, Qozogʻistonda Qaragʻanda, Ekibastuz, Rossiyada Kuznetsk, Chelyabinsk, Pechora va boshqa Boʻlar orasida 7 tasi oʻta yirik — gigant koʻmir havzalari (har birining geologik zahirasi 500 mlrd. t dan oshadi) deb hisoblanadi: Toʻngus, Lena, Taymir, Kansk-Achinsk, Kuznetsk (Rossiyada), Alma-Amazona (Braziliyada) va Appalachi (AQShda). Yer yuzida 3600 dan koʻproq Koʻmir konlari va havzalari hisobga olingan boʻlsa, ulardan 220 tasida Koʻmir konlarining zahiralari 0,5 mlrd. t dan oshadi.


Jahonda eng koʻp koʻmir zahiralariga ega boʻlgan va koʻp miqdorda koʻmir qazib olinayotgan 9 mamlakat katoriga Xitoy, AQSH, Rossiya, Polsha, Germaniya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Avstraliya kiradi. Ularda har yili dunyo boʻyicha qazib olinayotgan koʻmirning oʻrta hisobda 87% qazib olinadi. Oʻzbekistonda aniqlangan (2000-yil) koʻmir zahiralari hajmi qariyb 2 mlrd. t. ni tashkil qiladi, mutaxassislar bashorati boʻyicha koʻmir zahiralari 5,7 mlrd. t dan oshadi. Kumir 3 kondan: Angren koʻmir koni, Shargʻun koʻmir koni va Boysun toshkoʻmir konidan qazib olinmoqda. Boʻlarning eng kattasi Angren koʻmir koni. Angrenda koʻmirning sanoat zahirasi 100 yildan koʻproq vaqtga yetadi. Kumir bilan birga kaolin ham olinadi. Oʻzbekiston bilan Germaniya "Kaolin" qoʻshma korxonasi yiliga 200 ming t sifatli kaolin chiqarmoqda.

Shargʻun va Boysun Koʻmir konlarida yiliga 80 va 10 ming t toshkoʻmir qazib olinmokda.

Bu koʻmir metallurgiyada koks urniga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari koʻp yillar mobaynida foydalanishni taʼminlaydi. Angren va Boysun Koʻmir konlarida olingan koʻmirdan aktiv koʻmir ishlab chiqarish muljallangan.

Koʻmirni qazib olishda bir qancha muammolar mavjud. Ulardan eng muhimi — atrof muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish. Koʻmirni, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda puch togʻ jinslaridan juda koʻp miqdorda toʻkmalar, sunʼiy tepaliklar hosil boʻladi. Toʻkmalar tarkibidagi koʻmir qoldiqlari oʻz-oʻzidan yonish holdari boʻlib turadi, tuproq tarkibi oʻzgaradi. Yangi fan tarmogʻi — konchilik ekologiyasi hozirgi vaqtda landshaft rekultivatsiyasi muammolarini urganmokda. Agar yer yuzasida koʻl, daryo yoki aholi yashaydigan joy boʻlsa, oʻsha maydonda foydali qazilma olinmasdan qoldiriladi. Amalda suv havzasini quritish yoki aholi yashaydigan joyni koʻchirish holdari ham uchraydi. Masalan, Ohangaron daryosi loyihalashtirilgan karyer maydonini kesib utganligi tufayli daryo suvi konning jan. tomonidan oʻz. 5,5 km li tonnel orqali oʻtkazildi. Angren razreziga toʻgʻri kelgan eski qishloq xonadonlari ham koʻchiriladi.

Oʻzbekistonda foydalanishga topshirilmagan, lekin hisobga olingan va sanoat ahamiyatga ega Koʻmir konlari mavjud. Mas, Oltinsoy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha boʻlib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Shargʻundan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0—10,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. t miqdorida baholangan. Fargʻona viloyatida qalinligi 2–6 m boʻlgan 2 katlamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi — 84 mln. t.

Oʻzbekistondagi konlarning koʻmiri tarkibida oʻrtacha 0,5—2,5% oltingugurt, 8,5—20,0% kul boʻlib, 1 kg koʻmir 6500—7200 kkal issiqlik beradi.

Toshkoʻmir — yuksak oʻsimliklar organik qoldiqlarining parchalanishi va atrofini oʻrab turgan Yer poʻsti jinslarining bosimi hamda nisbatan yuqori trada hosil boʻladigan qattiq yoqilgʻi. Qazilma koʻmir turlaridan biri. Qoʻngʻir koʻmirga nisbatan tarkibida uglerodi koʻp; zich, tim qora, baʼzan qoʻngʻir qora, yogʻsimon yaltiraydi, yarim yaltiroq yoki xira boʻladi. Koʻmirga aylanish darajasiga koʻra, T. qoʻngʻir koʻmir bilan antratsit (koʻmirning eng toza xili) oraligʻida turadi. Odatda, qoʻlga yuqmaydigan yirik yoki mayda donali boʻladi. Tarkibida 75—97% va undan koʻproq uglerod; 0,5—4% oltingugurt; 1,5% gacha azot, 42 dan.7—12% gacha uchuvchan moddalar boʻladi. T.ning namligi 4 dan 14% gacha oʻzgarib turadi; kuli, odatda, 2—4% dan 45% gacha. Eng yuqori yonish issiqligi 5700 kkalGʻ kg. T. Yer qobigʻi yuqori qismining oʻsimlik qoldiklari parchalanishidan hosil boʻladi. Yonuvchi massasida uglerod miqdori koʻpayib, kislorod, vodorod, uchuvchan moddalar kamayib boradi; shu bilan birga uning yonish issikligi va boshqa xossalari xam oʻzgaradi. T. silur va devon davridan boshlab barcha geologik sistemalarda paydo boʻlgan. Toshkoʻmir, perm va yura sistemalari qatlamlarida ayniqsa koʻp. U turli qalinliqdagi (0,1 m dan boshlab bir necha oʻn m qalinlikda) qatlam holida boʻladi. Koʻmir yer sirtidan boshlab to 2000–2500 m va undan ham chuqurda yotadi. T. turli sohalarda: roʻzgʻorda, energiya yoqilgʻisi hamda metallurgiya va kimyo sanoati xom ashyosi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda T. Shargʻun va Boysun kumir konlarida mavjud.



Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling