Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz Kartoshkaning asosiy zararkunandalari


Download 18.33 Kb.
bet3/3
Sana13.10.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1701191
1   2   3
Bog'liq
Sabzavot ekinlari

Dukkakli ekinlar: mosh, loviya.
Moshning asosiy zararkunandalari:

  1. To‘rt dog‘li donxo‘r (Callosobruchus maculatus) – polifag zararkunanda hasharot hisoblanadi. Dalada vegetatsiya davomida va saqlash vaqtida turli don hamda dukkakli o‘simliklarni zararlaydi.

  2. No‘xat uzunburuni (Sitona lineatus) - qo‘ng‘izi erta bahorda ekilgan dukkakli va don ekinlari maysalarining birinchi bargi, o‘suv nuqtasini hamda urug‘pallasini zararlab nobud qiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalari ildizdagi azot to‘plovchi tuganaklar bilan oziqlanadi.

Moshning asosiy kasalliklari:

  1. Askoxitoz kasalligi (Ascochyta rabiei) – kasallangan o‘simlikning barg, poya, dukkak va donlarida kulrang-qo‘ng‘ir, ba’zan to‘q-qo‘ng‘ir so‘ngra qorayuvchi uzunchoq yoki ko‘pincha dumaloq dog‘lar hosil bo‘ladi. Zararlangan don unib chiqmaydi yoki unganda ham nihollari chirib ketadi.

  2. Antraknoz kasalligi (Colletotrichum lindemuthianum) - o‘simlikning barg, meva, novda, ildiz qismlarini zararlaydi. Barg va tugunchalar to‘kilib ketadi,meva sifati keskin pasayadi. Vaqtida qarshi kurash olib borilmasa 50-75% gacha hosil yo‘qotilishi mumkin.

Loviyaning asosiy zararkunandalari:

  1. Loviya donxo‘ri (Acanthoscelides obtectus) - qurtlari yorug‘likda va issiqda juda harakatchan bo‘lib, erta bahorda ko‘pincha kechki ekilgan dukkakli don ekinlarining gullash va dukkaklash hamda g‘unchalash davrida kuchli zararlaydi. Ularning qo‘g‘izlari gullarning nektari bilan oziqlanadi.

  2. Maysa uzunburun qo‘g‘izi (Sitona macularis) – zararlangan maysalar qurib qolishi mumkin, qisman zararlanganlari sust o‘sadi. Hosildorlikka katta xavf tug‘diradi.

Loviyaning asosiy kasalliklari:

  1. Zang kasalligi (Uromyces phseali) – bahorda ekin barglari ustki qismida sariq dog‘lar, ularning o‘rtalarida to‘q-qo‘ng‘ir nuqtalar shaklidagi spermogoniylar, bargning ostki tomonida sarg‘ish-oqish etwsiyalar va etsiosporalar paydo bo‘ladi. Zarari jiddiy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.

  2. Oddiy ildiz chirish (Rhizoctonia solani Kuhn.) - zamburug‘ tuproq orqali yuqadi. Birinchi ekilgan urugvlar chiriydi, unganlari esa ildiz bo‘g‘zidan qo‘g‘ir tusga kirib, so‘liy boshlaydi. So‘lish o‘simlikningurug‘barg davridan boshlanib nihollarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu esa hosildorlikning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.

Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling