Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari
Amaliy mashg‘ulot. Ko‘kat va kam tarqalgan sabzavot navlari bilan tanishish
Download 0.52 Mb.
|
amaliy mashg\'ulot
Amaliy mashg‘ulot. Ko‘kat va kam tarqalgan sabzavot navlari bilan tanishish
Ishdan maqsad: Ko‘kat va kam tarqalgan sabzavotlarning morfologik xususiyatlariga ko‘ra Respublikamizda tumanlashtirilgan navlarini o‘rganish. Materiallar va jixozlar: Ko‘kat va kam tarqalgan sabzavotlarning tumanlashtirilgan navilarini yangi uzilgan o‘simliklari va tugunaklari, mevalari, barglari, va ularni shakli va rangini ifodalovchi rasmlar. Pichoq, qalam, chizg‘ichlar, tarozi, navlar katalogi. Talabalar yangi uzib olingan o‘simliklar, ya’ni tugunaklari, mevalari, barglari, barra mevalari va mulyajlardan foydalanib, Ko‘kat va kam tarqalgan sabzavotlarning morfologik belgilari bilan tanishadilar. Respublikamizda tumanlashtirilgan navlariga ta’rif berishni mustaqil amalga oshiradilar. Bu guruh ekinlarga iste’mol uchun barglari ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik madaniy o‘simliklar kiradi. Bularga rediska ham mansub. CHunki, uning ildizmevasi ahamiyati, ishlatilishi va yetishtirish usullari bo‘yicha ko‘kat ekinlarga o‘xshash. Ko‘kat sabzavotlar vitaminlarga, mineral tuzlarga, efir moylarga va fermentlarga boy bo‘lib oziq-ovqatga yangiligicha (salat, kress-salat, rediska) qaynatib (ismaloq, shovul) ziravor sifatida yoki bodring, pomidor kabi sabzavotlarni tuzlashda ishlatiladi. Odam organizmining sog‘lom yurishi uchun bir sutka davomida oziq-ovqat bilan birga-bir milligramm karotin, ikki milligrammdan V1 va V2 vitaminlari, uch milligramm V6 vitamini va 50 milligramm S vitamini iste’mol qilishi shart. Ana shu vitaminlar manbai ko‘kat ekinlardir Ko‘kat sabzavot ekinlar oziq moddalarga boy, unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. O‘zbekistonda och, to‘q va tipik bo‘z, o‘tloq-bo‘z hamda o‘tloq tuproqlarida maxalliy va mineral) o‘g‘itlarni keng qo‘llab ko‘kat sabzavot ekinlardan yuqori hosil olish mumkin. Almashlab ekishda karam, bodring, pomidor, kartoshka, dukkakli sabzavot ekinlar yakshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Ko‘kat sabzavotlarning hammasi sovuqqa chidamli o‘simliklar bo‘lib usuv davri qisqa. SHuning uchun, bu ekinlarni ochiq dalalarda erta bahordan (fevral-martda) kech kuzgacha (oktyabr-noyabrgacha) ekib o‘stirish mumkin. Ko‘kat ekinlar bargi uchun o‘stiriladi, shuning uchun ular ancha qalin ekiladi. Bu esa tuproqda nam va oziq moddalarning yetarli bo‘lishini talab etadi. Ko‘kat sabzavotlar yuqori haroratdan sezilarli qiynaladi. Issiq ortiqcha va havo namligi past bo‘lsa, o‘simlik erta gulpoya chiqaradi, barglari sust o‘sadi. Hosili kichrayadi, barg sifati pasayadi, shirasi kam, o‘zi dag‘al bo‘lib qoladi. SHu sababli ko‘kat bargli sabzavotlar yetishtirish uchun eng yaxshi davr bahor va kuz fasli hisoblanadi. Ko‘kat sabzavotlar unumdor, yaxshi go‘nglangan yerlarga ekiladi. Ko‘kat sabzavotlar pollarga yoki lenta usulida ikki, uch va ko‘p qator qilib qo‘lda yoki sabzavot seyalkalarida ekiladi. Lentalar orasi 70 sm lentadagi qatorlar orasi 10-15 sm, ekish chuqurligi 1,5 - 2,0 sm. Urug‘lar ekishdan avval ivitilib, so‘ngra yengil shamollatilib ekiladi. ekish normasi, ekin turiga qarab har xil. Masalan, 1 gektar dalaga shivit bargi uchun 20-25 kg, tuzlashda ishlatish uchun baland bo‘yli qilib o‘stiriladigan bo‘lsa 10-12 kg, salat 4-5 kg kashnich 10 kg, kress-salat -7-8 kg, ismaloq 15-20 kg, rediska 14-18 kg, petrushka 3-4 kg, selderey 1,5-2,0 kg, shovul 3 kg hisobida ekiladi. Ko‘kat sabzavotlarni parvarish qilish, ekinlarni sug‘orish (qator oralari doimo nam bo‘lishi kerak), qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarni 2-3 marta o‘tash, gektariga 70-80 kg hisobida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishdan iborat. Ko‘kat sabzavotlar, odatda, ekilgandan so‘ng 30-40 kunda yig‘ib olinadigan darajada yetiladi. SHuning uchun, ularning barglari yetilishi bilan tez-tez uzilib, boylam holida ist’emolga chiqarilishi shart. Ko‘kat sabzavotlar tez buziladigan mahsulot. YOz oylarida ular ikkinchi kuniyoq namni ko‘p yo‘qotishi va so‘lishi natijasida tovarlik qimmatini va tarkibidagi vitaminlarning uchdan ikki qismini yo‘qotadi. Faqat ko‘kat sabzavotlarni plyonka xaltachalarda sovitiladigan xonalarda 7 kungacha saqlash imkoniyati mavjud. O‘zbekistonda bu guruh ekinlaridan rayhon (bazilik), bamiya, batat, fizalis, rovoch, xren (er qalampir) va shirin makkajo‘xori ekiladi. Rayhon yoki Bazilik (Osimum Basilisum) - labgullilar (Labiatae) oilasiga kiruvchi bir yillik o‘simlik. Barcha yer ustki qismlari efir moylariga boy bo‘lib, xushbo‘y hid taratib turadi. SHuning uchun oziq-ovqatga ta’m berish uchun ziravor sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari, karotin va rutin moddalariga ham boy. Rayhondan tabobatda va sanoatda chanqoqni qondiruvchi sovuq ichimliklar tayyorlashda ham foydalanish mumkin. O‘zbekistonda osh rayhon, salat rayhon navlari ekiladi. Bazilik (rayhon) issiqsevar o‘simlik, ozgina sovuqdan ham zararlanishi mumkin. Bu ekin oziq moddalarga boy, yengil va quyosh yaxshi qizdiradigan tuproqlarda yaxshi o‘sadi, o‘g‘itlarga talabchan. Kichik maydonlarda va tomarqada bazilik ko‘chatidan ekib o‘stiriladi. Tayyor ko‘chatlar aprel oyi oxiri va may oyi boshida, tuproq yaxshi qiziganda va sovuq urish xavfi o‘tgandan so‘ng ekiladi. Ko‘chatlar qo‘sh qatorlab-lentalab, lentalar orasi 60-70 sm va lentadagi qatorchalar orasi 20-30 sm qilib ekiladi. Ekinlarni parvarishlash, tuproqni yumshatish, begona o‘tlardan o‘toq qilish va sug‘orishdan iborat. Tuproq yumshatilgandan so‘ng, gektariga ta’sir etuvchi modda hisobida 100 kg azot beriladi. Bazilik novdalari gullashgacha 10-12 sm uzunlikda kesilib boylam xolida sotiladi yoki quritish ham mumkin. Jami o‘suv davrida 3-4 marta kesib olinishi mumkin. Bir gektar yerdan olinadigan ko‘kat hosili 120-150 ts ga yetishi mumkin. Bamiya (Hibissus essulentes) - gulxayrigullilar (Malvaseae) oilasiga kiruvchi, bir yillik o‘simlik. Iste’molda 3-5 kunlik meva tugunchasi pishirib yoki qovrilib ishlatiladi. Bamiya mevasi uzunchoq ko‘sak bo‘lib qimmatbaho oziq-ovqat hisoblanadi. Oqsil moddalariga boy, vitaminlarni ko‘p saqlovchi mevasi tabobatda oshqozon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga parhezli ovqat sifatida pishirib berilishi tavsiya etiladi.Bamiyaning Karlikovaya zelenaya, Belaya barxatnaya kabi navlari ekiladi. Bamiya urug‘lari dalaga aprel - may oyi boshida don yoki sabzavot seyalkalari bilan 70x20-30 sm sxemada ekiladi. ekish normasi 10-15 kg ga. Parvarishlash, qator oralarini yumshatish, sug‘orish va oziqlantirishdan iborat. Jami o‘suv davrida 8-12 martagacha sug‘oriladi. Yosh mevalari paydo bo‘lishiga qarab bir necha marta yig‘ishtirib olinadi va hosildorligi 100-120 ts/ga ni tashkil qiladi. Doni uchun to‘la pishganda ko‘sakchalari yorila boshlaganda yig‘ishtirib olinadi. Bamiya urug‘ hosili gektaridan 10-12 ts. Batat yoki shirin kartoshka (Jpomoyea batatas) - pechakgullilar (Sonvonvulaseae) oilasiga mansub ko‘p yillik, madaniy holda esa bir yillik o‘simlik. Subtropik va tropik mamlakatlarda asosiy oziq-ovqat ekini sifatida 8,7 mln. gektar maydonga ekilib, 130 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi. SHuning 108 mln. tonnasi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Vatani Janubiy Amerika. U asosan kraxmal va shakarga boy tuganak mevasi uchun o‘stiriladi. Tuganak mevasida 90 % gacha uglevodlar mavjud. Oziq-ovqatda tuganak mevasi pishirilib, qovurilib, qaynatilib istemol qilinsa, sanoatda kraxmal olish uchun ishlatiladi. 1 kg ho‘l tuganak mevasida 1200-1250, qaynatilgan yoki konservalanganda esa 1750-2000 kilokaloriya mavjud. Batat tuganagi kengaygan ildizdan iborat. SHuning uchun ildizmevali deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Unda ko‘zchalar yo‘q bo‘lib, o‘simtalar yashirin kurtaklardan rivojlanadi. Poya, barg, gul va mevasining tuzilishi qo‘ypechakka o‘xshash. Issiqsevar o‘simlik. Uning o‘sish va rivojlanishi uchun qulay harorat 30-350. Havo harorati 100S dan pasaysa, ekinlar zararlanishi mumkin. Sovuqdan, hatto 00 dan palaklari emas, balki tuganaklari ham nobud bo‘ladi. Batatning ertapishar, shirin Desertnыy, Batatnaya grusha navlari ko‘p ekiladi. B.V.Borisovning (1988) ta’kidlashicha, Samarqand viloyati umuman O‘zbekiston sharoiti uchun eng istiqbolli bo‘lib Xua-bey 519, Nensi Xoll navlari hisoblanadi (93-rasm). Oziq moddalarga boy, chirigan go‘ng solingan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Mineral o‘g‘itlardan - kaliyli o‘g‘itlarga talabchan. SHuning uchun gektariga 20 - 30 t chirigan go‘ng, 120 kg azot 150 kg fosfor va 50 kg kaliy beriladi. Batat qalamchalari va urug‘idan ko‘paytiriladi. Mart oyi boshida ishlatishga qo‘yilgan 16 kg tuganagidan ekishgacha 20-25 ming dona batat ko‘chati yetishtirish mumkin. Aprel oyi oxirlarida parnik yoki issiqxonada o‘stirilgan qalamcha ko‘chati dalaga 70x30 - 40 sm sxemada ekiladi. Parvarishlash, qator orasini yumshatish, chopiq qilish va sug‘orishdan iborat. Batat hosili sentyabr oyi boshlarida kovlagich mashinalar yordamida kovlab olinib yashiklarga yoki tokchalarga 30-40 sm qalinlikda joylashtirib saqlanadi. Batat hosili bir gektar yerdan 150-200 ts. Fizalis (Phusalis aeovata jasg pubessens) - tomatdoshlar (Solanaseae) - oilasiga kiruvchi, bir yillik ekin bo‘lib O‘zbekistonda yangi rezavor sabzavot ekin hisoblanadi. Iste’molda rezavor mevasi yangiligicha, quritilgan holda ishlatilib, undan murabbo ham tayyorlash mumkin. Uning vatani Janubiy Amerika bo‘lib, 3 turi mavjud: 1. Peru fizalisi - kechpishar o‘suv davri 150 kun davom etadi. Poyasi tik o‘sadi, kuchli tuklangan, mevasi mayda, och sariq rangli, mazasi nordon chuchuk. 2. Yertutli fizalis - tezpishar, o‘simliklari ko‘ringandan hosili pishguncha 100-110 kun o‘tadi. Poyasi baland emas, yer bag‘irlab o‘sadi, juda kuchli tuklangan, gullari sariq, o‘zidan changlanadi. Mevasi mayda bo‘lib, kichik konussimon kosachaga joylashgan. Mazasi nordon-chuchuk, yertut mazasini beradi. 3. Meksika fizalisi – guli va mevasining yirikligi hamda sirtining yopishqoqligi bilan xarakterlanadi. Sovuqqa chidamli -20 gacha sovuq salbiy ta’sir etmaydi. Peru va yertutli fizalis yangiligida va quritilgan holda iste’mol qilinadi, ulardan murabbo va qiyom tayyorlanadi. Meksika fizalisi esa tuzlash, xar xil salatlar va marinadlar, shuningdek konditer mahsulot-lari tayyorlash uchun ishlatiladi. Fizalis issiqsevar o‘simlik bo‘lib, namlik va tuproqning unumdorligiga talabchan. O‘stirish texnologiyasi pomidor va qalampirga o‘xshash. Lekin, pomidorga nisbatan qirg‘okchilikka chidamli, yorug‘likka kam talabchan. Fizalisning urug‘i parnikka ekilib ko‘chat yetishtiriladi. Ko‘chatlar aprelda va may oyining boshlarida 70x40 - 50 sm sxemada dalaga o‘tqaziladi. Mevalari yetilishiga qarab ketma-ket yig‘ib olinadi. Terishda kosachasi olib tashlanadi. Aks holda undagi taxir modda fizalin glyukozidi mevaga o‘tib uning mazasini buzadi. Rovoch (Rheum undulatum) - toronguldoshlar (Polygonaseae) oilasiga oid ko‘p yillik o‘simlik. Bir ekilgandan 10-12 yilgacha hosil berishi mumkin. Iste’molga yo‘g‘on, etli barg bandi ishlatiladi. Uning tarkibida 2 % qand va 3,5 % cha organik kislotalar saqlanadi. Bundan tashqari kaliy, kaltsiy, fosfor, magniy va temir moddalari ham mavjud. S vitamin miqdori 8 dan 17 mg % gacha bo‘ladi. Rovochdan kompot, murabbo va xar xil ovqatlar uchun ta’m beruvchi ziravor sifatida foydalanish mumkin. O‘zbekistonda rovochning Viktoriya, Moskovskiy 42 navlari ekiladi. Rovoch - sovuqqa chidamli, bahorgi - 100 gacha sovuqqa bardosh beradi, erta bahorda qorlar erishi bilan o‘sa boshlaydi. O‘sishi va rivojlanishi uchun qulay harorat 8-100. Namga juda talabchan ekin namlik yetishmasa, barg bandi dag‘allashib, mayda bo‘ladi va tolali po‘kka bo‘lib qoladi. Organik moddaga boy, unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Rovoch uchun almashlab ekishga kirmagan yerlar ajratiladi. Rovochning ildizi tuproqqa chuqur kirib borganligi uchun, asosiy ishlov berishda tuproq chuqur ishlanishi talab etiladi. Bir gektar yerga 50-60 t gacha organik o‘g‘it beriladi. Bahorda yerlar qayta ishlanish paytida gektariga 70-80 kg azot. 100 kg fosfor va 70 kg kaliy o‘g‘itlari yig‘iladi. Rovoch urug‘idan yetishtirilgan ko‘chat orqali, ildizpoyasidan, tupni bo‘lish bilan ko‘paytiriladi. Bir gektar yerga ko‘chat yetkazish uchun 2-3 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘lar ko‘chatxonada qish oldidan (noyabr oyi oxirlarida) yoki erta bahorda (fevralda) ekiladi. Ko‘chatlarni parvarishlash, siyraklashtirish (o‘simlik orasi 15-20 sm qilib), begona o‘tlardan tozalash, 8-10 martagacha sug‘orish, tuproqni yumshatish va mahalliy mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish. Tayyor ko‘chatlar kelgusi yili erta bahorda doimiy joyga ekiladi, navga xos bo‘lmagan va nimjon ko‘chatlar esa ekilmaydi. Agarda, ildizpoyasidan kupaytiriladigan bo‘lsa, 3-4 yoshli ona o‘simlikning ildizpoyalari o‘tkir pichoq bilan bir yoki ikki yaxshi rivojlangan kurtakli qilib kesib olinadi. Rovoch doimiy joyga mart oyida 90x90 sm sxemada ekiladi. Butun yoz davomida sug‘orib turiladi, qator oralari ishlanadi va begona o‘tlardan tozalanadi. Agarda gul poyalar paydo bo‘lsa, kesib tashlanadi. Kelgusi yili barg bandi bilan erta bahorda yig‘ib olinib sotiladi kuzda esa yana o‘sgan barglar bandi yig‘ib olinadi. Barg bandi uzunligi 20 sm ga yetganda yuqorigi qismi diametri 1,5 sm bo‘lganda, saralab kesib olinadi. Kesib olingan barg bandlari 10 tadan bog‘lanib 20-25 kg ketadigan yashik yoki savatlarga joylanadi va so‘limasligi uchun usti nam lattalar bilan yopib qo‘yiladi. Sovuq xonalarda shu holda 10 kungacha saqlash mumkin. Rovoch urug‘i uchun o‘stirilganda, yaxshi rivojlangan va gulpoya chiqargan o‘simliklar tanlanadi va har bir o‘simlikda 3-4 ta gulpoya qoldiriladi. Rovoch erta aprel va may oylarida gullaydi, iyul oyida esa urug‘lari yetiladi. Urug‘i pishgan gulpoyalar kesib olinib quritiladi yanchiladi. Bir gektar yerdan 500-600 kg gacha urug‘ hosil bo‘ladi. Xren yoki yer qalampir (Armorasia rustisana Waertn) - karamgullilar (Drassisaseae) oilasiga oid, ko‘p yillik ekin. Yo‘g‘on etli ildizpoyasi va bargi iste’molda ishlatiladi. U o‘tkir hidli bo‘lib go‘shtli ovqatlarga tam va hid berish uchun xamda qayta ishlash sanoatida pomidor, bodring va boshqa sabzavotlarni sirkalashda va tuzlashda (bargi) ishlatiladi. Yer qalampir (xren) ildizi va barglarida har xil mineral tuzlar, vitaminlar va achchik ta’m beruvchi glyukozid-sinergin saqlanadi. Tabobatda xrendan oshqozon kasalliklarini davolashda va og‘riq qoldirishda foydalaniladi. Xrenning Valkovskiy va Atlant navlari ekiladi. Xren sovuqqa chidamli va namga talabchan. Unumdor va yengil tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Qalamchalaridan (20-25 sm uzunlikdagi, 0,7-1,0 sm yo‘g‘onlikdagi) ko‘paytiriladi. Kuzda qalamchalar tayyorlanib, yerto‘lalarda saqlanadi. erta bahorda (fevral oxiri, mart oyining boshlarida) dalaga qator orasi 70 sm, qatordagi tup orasi 25-30 sm qilinib ekiladi. Qalamchalarning ustki qismi 3-4 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. Parvarishlash ishlari qator oralarini yumshatish va sug‘orishdan iborat. Xren kuzda barglari nobud bo‘lgandan so‘ng lavlagini kovlab oladigan mashinalar yordamida kovlab olinadi. Bir gektardan 100-150 ts gacha ildiz hosili olish mumkin. Ham bargi ham ildizi ishlatiladigan bo‘lsa, yangi, toza, ko‘k sog‘lom, sersuv, zararlanmagan bargi hamda sog‘lom, quruq kasallanmagan, po‘sti oq kulrang, eti esa oq bo‘lgan ildizlardan foydalaniladi. Xren barglari va ildizlari 20 kg hajmdagi xalta yoki yashiklarga joylanib jo‘natiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling