Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari


Download 0.52 Mb.
bet23/26
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1771263
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot

Nazorat savollari:
1. Kartoshka qaysi sabzavotlar oilasiga mansub o‘simlik?
2. Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday?
3. Kartoshka ekish usullari xaqida gapirib bering?
4. Kartoshka tuganaklarini ekish sxemalari xaqida gapirib bering?
5. Kartoshkani keng tarqalgan navlariga ta’rif bering?


Amaliy mashg‘ulot. Sabzavot ekinlarining sug’orish usullari va suvga bo‘lgan talabini hisoblash.
Ishdan maqsad: Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka o‘simliklarini sug’orishga bo‘lgan talabini hisoblash. Sabzavot ekinlarining sug’orish usullari va me’yorlarini o‘rganish.
Materiallar va jixozlar: Sabzavotchilikda sug’orish usullari tasvirlangan rasmlar, Sabzavot-poliz va kartoshka o‘simliklarini sug’orish me’yorlari keltirilgan qo‘llanmalar.
Umumiy malumotlar.Sabzavotchilikni intensivlashtirishda muhim omil. Chunki, sabzavot ekinlari tuproq namligiga talabchan. Bu esa o‘simlik to‘qimalarida suvning ko‘pligi (65-95 %), barglar sathining kattaligi, og‘izchalarning ko‘pligi, transpiratsiyaning jadal borishi, ildiz sistemasining tuproqda yuza joylashganligi bilan xarakterlanadi. Sabzavot ekinlarining namga talabi uning naviga va qo‘llanilayotgan agrotexnologik tadbirlarga bog‘liq.
Tez o‘suvchi va jadal hosil to‘plovchi ertapishar navlar, kechpishar navlarga nisbatan sug‘orishni ko‘p talab qiladi. Ko‘chatdan yetishtirilgan karam, pomidor ekinlari, urug‘idan bevosita o‘stirilgan ildizi kuchli va chuqur joylashgan ekinga nisbatan namga talabchan bo‘ladi.
Sabzavot ekinlarining namga talabchanligi turli o‘sish va rivojlanish fazalarida har xil bo‘ladi. Aksariyat sabzavot ekinlari urug‘ning unib chiqishida, tuproqning sernam bo‘lishini talab etadi. Chunki, ko‘pchilik sabzavot ekinlarining urug‘i mayda va yuza ekilishi, maysalar tekis va tez ko‘karishi shuni taqazo etadi.
Ko‘chatlar dalaga o‘tqazilganda ham tuproq nam bo‘lishi shart. Chunki, ko‘chatlarni o‘taazish vaqtida ildizning bir qismi yulinib,qolgan qismi o‘simlikni suv bilan yetarli taminlay olmaydi.
Ko‘chat tutib olgach, yoki urug‘ unib chiqib, o‘simliklar ildiz otganda, yetarli barg sathi shakllanganda ham namlik tuproqda ko‘chat bo‘lishi shart. Aks holda yosh o‘simliklarning fiziologik qarishiga olib keladi. Bu holatda o‘simliklar qurg‘oqchilikka moslasha berib, shaklini, barg hajmini, anatomik tuzilishini va boshqa organlarini o‘zgartiradi, natijada kseromorflikka o‘tib, tez o‘sish xususiyatini yo‘qotadi, hosili keskin kamayadi.
Namlikning gullash hamda meva tugish davrida yetishmasligi o‘simlik gul va tugunchalarining to‘kilishiga, ildizmevalar va kartoshka tuganaklari o‘sishining, karam bosh urashining kechikishiga hamda hosildorlikning kamayishiga olib keladi.
Biroq sabzavot ekinlar hosilining pishish davrida tuproqning sernam bo‘lishi mevalar tarkibidagi suv miqdorini oshiradi. Natijada mevalar yoriladi, quruq modda, qand, kraxmal kamayadi, sifati, saqlanuvchanligi kamayadi va hokazo.
Sug‘orishda albatta meteorologik sharoitni ham hisobga olish kerak. Erta bahorda ekilgan sabzavot ekinlar, tabiiy namlardan foydalanib, odatda aprel oxiri, may oyi dastlabki kunlaridan boshlab sug‘oriladi. O‘simlikning keyingi o‘suv davrida harorat borgan sari ko‘tarlib, deyarli yoriqsiz sharoitda o‘tadi. Shuning uchun bu davrda tez-tez kam normada sug‘orish va faqat hosilni yig‘ish oldidan to‘xtatish lozim.
Yozgi muddatlarda ekilgan sabzavot ekinlari va kartoshka o‘suv davrining birinchi yarmi yuqori harorat va yog‘ingarchiliksiz o‘tadi, hosil yetilish davrida esa harorat biroz pasayib, hosil yig‘ishda esa keskin pasayadi. Shunga ko‘ra, kechki sabzavot ekinlari va kartoshka ekishgacha va ekilgach so‘g‘oriladi. Undan keyin esa yana 1-2 marta urug‘ suvi beriladi.
Sabzavot ekinlarini o‘z vaqtida va me’yorda suv bilan taminlab, muttasil, mo‘l hamda sifatli hosil olish ko‘p jihatdan sug‘orish rejimi va texnikasi (texnologiyasi) ni ishlab chiqish hamda qo‘llashga bog‘liq.
Sug‘orish rejimi deb sug‘orish soni, sxemasi, muddati, normasi va mavsumiy sug‘orish normasi yig‘indisi tushuniladi. Bu ko‘rsatgichlar har bir ekin uchun, muayyan tuproq-iqlim sharoiti uchun, hosildan foydalanish yo‘nalishiga qarab ishlab chiqiladi. Bu haqda biz har bir sabzavot ekinini o‘rganganda batafsil to‘xtalamiz.
Sug‘orishlar har xil maqsadlarda quyidagicha o‘tkaziladi:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling