Sabzavotlar marinadlari


Guruchli sabzavot qiymasi solingan va pomidor qaylasiga


Download 0.5 Mb.
bet10/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
5-mavzu

5.2.5. Guruchli sabzavot qiymasi solingan va pomidor qaylasiga
bosilgan karam do‘lmasi
Karam boshini tozalaganda va to‘g‘raganda sirtqi, ifloslangan barglari, o‘zagi va xoqazolar (22,5%) chiqindiga chiqadi.
Do‘lma uchun kichiklik qiladigan mayda barglardan iborat chiqindi 43,5% ni tashkil etadi.
Lekin mayda barglarni to‘g‘rab va sabzavot qiymasi qo‘shib, ustiga pomidor qaylasi qo‘yib, o‘ziga xos konserva tayyorlash mumkin.Sabzavotlarni tozalash, yuvish, to‘g‘rash va qovurish hamda karam barglarini part qilish kerak.
0,5 l bankaga 500 g mahsulot sig‘adi. Ular bankaga qo‘yidagi nisbatda joylanishi lozim: karam barglari – 25% (125 g), sabzavot qiymasi – 40% (200 g), pomidor qaylasi – 35% (175 g).
Sabzi, oq ildizlar va piyoz qovurilgach, ulardan qiyma tayyorlanadi. 0,5 litrli 10 banka konservaga 2000 g ga yaqin qiyma sarflanadi. Qiymaning tarkibiy qismlari: qovurilgan sabzi – 36,5%(730 g), qovurilgan oq ildizlar – 3% (60 g), qovurilgan piyoz – 7,5% (150 g), mayda to‘g‘ralgan oshko‘klar – 1,5% (30 g), mayda tuz – 1,5% (30 g), part qilingan guruch – 45% (900 g), dog‘ qilingan o‘simlik moyi 5% (100 g). Guruch tozalanadi, yuza sovuq suvda 3-4 marta yuviladi, chala pishguncha part qilinadi, so‘ngra sovuq suvda yana yuviladi va galvir, elak yoki chovli (durshlag)ga ag‘darib, suvi idishga solinadi, unga qovurilgan sabzavotlar, to‘g‘ralgan oshko‘klar, tuz va dog‘ qilingan o‘simlik moyi qo‘shiladi-da, barchasi yaxshilab aralashtiriladi.
Sabzavot qiymasi bilan bir vaqtda pomidor qaylasi ham tayyorlanadi.
0,5 litrli 10 banka konservaga 1750 g qayla sarflanadi. Qaylaning tarkibiy qismlari: pomidor bo‘tqasi – 93,75% (1640 g), shakar – 6,62% (110 g), tuyilgan achchiq qora murch – 0,02% (0,5 g), tuyilgan xushbuy, chuchuk murch – 0,03% (0,06 g). Qaynayotgan pomidor bo‘tqasi, ya’ni qaylaga eng oxirida 70 g tuz qo‘shiladi.
Pomidor qaylasi servitamin va rangi chiroyli bo‘lishi uchun uni tayyorlanayotganda 25% pomidor bo‘tqasi o‘rniga shu miqdorda qizil chuchuk qalampir bo‘tqasi qo‘shish tavsiya etiladi. Bankalarga dastlab kamida 90°C gacha isitilgan pomidor qaylasidan bir oz qo‘yiladi (qayla qatlamining qalinligi 3-4 sm bo‘lsin), so‘ngra karam do‘lmalar (0,5 l bankaga 3-4 dona) joylanadi, ustidan yana qaynoq qayla to‘ldirib qo‘yiladi.Shundan keyin bankalarning qopqoqlari engil burab bekitilib, ular issiq (70-75°C) suvli sirlangan idish (kastryulka)ga joylanadi va 100°C da muayyan vaqt qizdiriladi.
Bunda 0,35 l bankalar – 50 daqiqa, 0,5 l bankalar – 70 daqiqa, 1,0 l bankalar – 120 daqiqa davomida qizdiriladi. Lekin idishdagi suv qattiq qaynamasligi lozim.
Belgilangan muddat davomida qizdirilgan bankalar suvdan olinadi, qopqoqlari darhol burab mahkamlanadi va ular to‘ntarib qo‘yilgan holla sovitiladi. 0,5 litrli 10 banka konserva tayyorlash uchun qo‘yidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi: bosh karam 3700 g, oq ildizlar – 130 g, qizil sabzi – 1700 g, no‘sh piyoz – 400 g, oshko‘klar – 40 g, pomidor bo‘tqasi – 1650 g yoki yangi uzilgan pomidor – 2500 g, guruch (quruq bolida) – 400 g, mayda osh tuzi – 100 g, shakar – 110 g, tuyilgan achchiq qora murch – 0,5 g, tuyilgan xushbuy, chuchuk murch – 0,5 g, dog‘langan paxta yoki o‘simlik yog‘i – 400 g.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling