Sterilizatsiya qilmasdan nimtatir (kuchsiz) qilib tuzlangan bodringlar konservasi
Bu usulda tayyorlangan konservalar juda sifatli bo‘lib, sentyabr oyidan to aprel-maygacha yaxshi saqlanadi. Tuzlash uchun yangi uzilgan, to‘g‘ri shaklli barra bodringlar tanlanadi. Ular yuvib tozalangandan so‘ng sovuq suvda 4-6 soat tutiladi, keyin yana yuvib tozalanadi va 2-3 litrli ballonlarga to‘ldiriladi. Ballonga oshko‘k va ziravorlarning avvalo 1/3 qismi tashlanadi, so‘ngra bodringlar mumkin qadar zich (ballonning yarmiga etib turadigan) qilib joylanadi, bodringlar ustiga oshko‘k va ziravorlarning yana bir qismi solinadi, keyin yana bodringlar joylanadi va ularning ustiga ziravorlarning qolgan qismi tashlanib, pirovardida oshko‘klar bilan qoplanadi (1-jadval).
Bodringdan konserva tayyorlash uchun sarflanadigan sabzavotlar,oshko‘klar va boshqa mahsulotlar
Mahsulotlar
|
Sarfi, g
|
2,0 l ballon
|
3,0 l ballon
|
Yangi uzilgan bodring
|
1300
|
1950
|
Namakob
|
800
|
1300
|
Mayda tuz
|
50
|
75
|
Ukrop
|
30
|
50
|
Yerqalampir (xren) barglari
|
12
|
20
|
Yashil chuchuk qalampir (to‘g‘ralgan)
|
20
|
30
|
Yapiz barglari
|
|
6
|
Sarimsoq pallachalari
|
10
|
15
|
Olcha daraxti barglari
|
3-4 dona
|
6-8 dona
|
Tok barglari
|
2 dona
|
4 dona
|
Qora qarag‘at barglari
|
3-4 dona
|
6-8 dona
|
Qalampir (achchiq qalampir)
|
2 dona
|
3 dona
|
Lavr yaprog‘i
|
1 dona
|
2 dona
|
Ballon shu tarzda to‘ldirilgandan so‘ng unga 5-6% li, qaynoq namakob oz-ozdan qo‘yiladi (bira to’la quyganda ballonning tubi isib ulgurmasdan, yorilib ketishi mumkin). Bu vaqtda ballon quruq taxta yoki qog‘oz ustida turishi kerak. Namakob to‘ldirilgach, ballonlar darhol toza (qaynatilgan) tunuka qopqoqlar bilan mahkam burab bekitiladi va salqin joyda (salqin omborda, yerto‘lada, muzlatgich va shu kabilarda) saqlanadi. Lekin ularning muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |