Sabzavotlar marinadlari


Qayta ishlashga yaroqli karam navlari


Download 0.5 Mb.
bet8/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
5-mavzu

5.2.2. Qayta ishlashga yaroqli karam navlari
Respublikamizda karamning turlari va navlari juda ko‘p. Qayta ishlash nuqtai nazaridan qaraganda oqboshli karam eng diqqatga sabzavot ekini hisoblanadi.
Tuzlash va konservalash uchun uning o‘rta-pishar va kechpishar navlaridan foydalaniladi, chunki ularda qand moddasi ko‘p (4-5%).
Ertapishar karamda qand moddasi kam bo‘lishi bilan birga, uning to‘qimasi tig‘iz emas, shu sababli undan tayyorlangan konserva sifatli bo‘lmaydi.



5.2.3. Sabzavot qiymasi solingan va ustiga pomidor qaylasi qo‘yilgan karam do‘lmalar tayyorlash
Qovurilgan sabzi, oq ildizlar va piyozdan qiyma tayyorlanadi. 10 banka do‘lmaga 2000 g ga yaqin qiyma sarflanadi. Sabzavot qiymasining 1540 g mi qovurilgan sabzi, 160 g ni qovurilgan oq ildizlar, 220 g ni qovurilgan piyoz, 40 g ni oshko‘klar va 40 g ni tuz tashkil etadi.
Karamdan tayyorlanayotgan do‘lmalar idishga terib boriladi, keyinchalik bankalarga joylanadi. Qiyma bilan bir vaqtda pomidor qaylasini ham tayyorlash kerak.
0,5 litrli 10 banka konserva uchun 1750 g pomidor qaylasi tayyorlanishi lozim.
Pomidor qaylasining tarkibiy qismlari: 1640 g pomidor bo‘tqasi, 110 g shakar, 0,35 g tuyilgan qora murch, 0,52 g tuyilgan xushbuy, chuchuk murch.Qaynab turgan pomidor qaylasiga elangan shakar qo‘shiladi, shakar to‘la erigach, ziravorlar, qaynash oxirida esa 60 g tuz qo‘shiladi. Qayla jami 5-10 daqiqa qaynatiladi, bankadagi do‘lmalar ustiga qo‘yayotganda uning harorati 90°C dan past bo‘lmasin.Qayla xushta’m va servitamin bo‘lmog‘i uchun pomidor bo‘tqasining 25% ini shu miqdordagi qizil chuchuk qalampir bo‘tqasiga almashtirish ham mumkin.
Tegishlicha tayyorlangan va isitilgan 0,5 l bankalarga avvalo ozgina miqdorda qaynoq qayla qo‘yiladi, so‘ngra 3-4 donadan do‘lma joylanadi va ustidan yana qayla (bankani to‘ldirib) qo‘yiladi, so‘ngra bankalar barvaqt qaynatib qo‘yilgan toza tunuka qopqoqlar bilan engil burab bekitiladi, bankalar issiq (60-70°C) suvli idishga (kastryulkaga) joylanadi va 100°C da muayyan vaqt qizdiriladi.
Bunda 0,35 l bankalar – 50 daqiqa, 0,5 l bankalar – 70 daqiqa, 1,0 l bankalar esa 90 daqiqa qizdiriladi.Shundan keyin bankalar suvdan olinadi, qopqoqlari darhol burab mahkamlanadi va ular to‘ntarib qo‘yib, shu holida sovitiladi. 0,5 l bankaga 50 g mahsulot sig‘adi. Bunda 25% (yoki 125 g) karam barglari, 40% (yoki 200 g) sabzavot qiymasi, 35% (yoki 175 g) pomidor qaylasidan iborat bo‘lishi kerak.
0,5 litrli 10 banka do‘lma tayyorlash uchun: 3000 g oqbosh karam, 3750 g qizil sabzi, 350 g oq ildizlar (buning 50%i pasternak ildizi, 25%i petrushka va 25%i selderey ildizi), 600 g no‘sh piyoz, 50 g oshko‘klar (50% pasternak, 25% selderey, 25% petrushka), 100 g mayda tuz, 1,0 g ziravorlar, 1650 g pomidor bo‘tqasi yoki 2500 g pomidor, 400 g o‘simlik moyi sarflanadi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling