Sabzavotlar marinadlari


Download 0.5 Mb.
bet19/20
Sana12.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1699948
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-mavzu

Patissonni sirkalash.Qovoqchani sirkalash kabi o‘tkaziladi.
Patissondan ikra tayyorlash.Sirkalash va tuzlashga yaramaydigan yirik patissonlardan ikra tayyorlash mumkin. Qovoqchalarni ikra tayyorlagan vaqtda qanday usul qo‘llanilgan bo‘lsa, bu holda ham shu usuldan foydalaniladi.


5.3.3. Lavlagidan tayyorlanadigan konservalar
Ovqatga ishlatish va konservalash uchun lavlagining qip-qizil etli turini, ya’ni Bordo va shunga o‘xshashdigan navlarni tanlash kerak.
Osh lavlagida o‘rta hisobda 14% quruq moddalar, shu jumladan 11% ga yaqin karbon suvlar bor. Karbonsuvlarning taxminan 8% ini shakar, 1,3% ini oqsillar, 0,9% ini kletchatkalar va 1,0% ini kul moddasi tashkil etadi.
Osh lavlagida bulardan tashqari 4,8% gacha pektin moddalari (bu esa olma va sabzidagidan ko‘proqdir), karotin (A provitamini)–0,01 mg%, B vitamin (tiamin)–0,02 mg%, B2 vitamin (riboflavin) – 0,05 mg%, PP vitamin (nikotin kislota)–0,4 mg%, C vitamin (askorbin kislota)–10 mg% ham bor.
100 g osh lavlagining kaloriyasi 50 kkal ga yaqin. Osh lavlagidagi buyoq moddalar oshlovchi moddalarni eslatadi va organizmning askorbin kislotani o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi. Pektin moddalari esa, ichaklardagi chirituvchi bakteriyalarning faoliyatini so‘saytiradi va organizmda qand moddasi–glikogen to‘planishiga yordam beradi.
Osh lavlagi tarkibida kaliy, kalьsiy, magniy, fosfor, temir, kobalьt va boshqa xil mineral tuzlar mavjud. Temir, fosfor va magniy tuzlari pomidor, baqlajon, chuchuk qalampir va boshqa sabzavotlardagidan ancha ko‘pdir. Kobalьt buyoq moddalarining tarkibiy qismi bo‘lib, konning ko‘payishiga va B12 vitamin hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Osh lavlagidan tayyorlangan taomlar me’da va ichak kasalliklaridan, jigar va o‘t pufagi kasalliklaridan yaxshi davo hisoblanadi; lavlagi qon bosimi oshgan va ateroskleroz kasalligiga chalingan bemorlarga dori-darmon sifatida tavsiya etiladi.
Boshqa sabzavotlarga aralashtirib, garnir, vinegret va salatlar ko‘rinishida iste’mol qilingan lavlagi organizm uchun juda foydalidir.
Konservalash oldidan lavlagining dumini (ingichka ildizini) tepasidagi yashil qismini kesib tashlash, so‘ngra jumrakdan suv oqizib qo‘yib yaxshillb yuvish zarur. Shundan keyin lavlagi qaynoq bug‘da (yaxshisi, qasqonda), 10-15 daqiqa part qilinadi yoki 15 daqiqa qaynoq suvga solib qo‘yiladi. Shu tarzda part qilingan lavlagining po‘sti tez shilinadi (archiladi).
Part qilingan archilgan lavlagini (mayda bo‘lsa –butunligicha, yirik bo‘lsa–to‘g‘rab) bankalarga mumkin qadar tig‘izroq to‘ldirish va ustiga kamida 90°C gacha istilgan namakob yoki ziravorli sirka qo‘yish kerak. Archilgan va to‘g‘ralgan lavlagi ochiq havoda uzoqturib qolsa, rangi o‘zgaradi–allaqanday ko‘kish rang kasb etadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling