Sabzavotlarni etishtirish usullari


Download 167.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi167.64 Kb.
#1317051
1   2   3
Bog'liq
sabzavotlarni-etishtirish-usullari (1)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
 
ISSN: 2181-1601
 
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 314
 
Sovuqqa chidamli ekinlar. Ildizmevalilar, karam, salat, shivit, ismaloq, bosh 
piyoz, gorox kiradi. Bularning urug’i 3-5
C
issiq haroratda una boshlaydi. Qulay harorat 
17-20
C
Bu guruh o’simliklari 3-5
C
, hatto 7-10
C
gacha sovuqqa chidaydi. 
Shartli issiqsevar yoki yarim sovuqqa chidamli ekinlar turiga faqat kartoshka 
kiradi. Tuganak tugish uchun qulay harorat 15-17
C
, palagi 0 daraja sovuqdan nobud 
bo’ladi. 
Issiqsevar ekinlar. Bularga pomidor, bodring, qalampir, boyimjon kirib, urug’lari 
12-15
C
da una boshlaydi. Qulay harorat 20-30
C
harorat 15
C
dan pasaysa yoki 30
C
dan 
oshsa o’sish to’xtaydi. Salgina sovuq, ekinlarni urib ketadi. 
Issiqqa chidamli sabzavot ekinlar. Bu guruhga qovun, tarvuz, qovoq, 
makkajo’xori, loviya kiradi. Bu ekinlar issiqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. 
Harorat 30-40
C
da fotosintez eng yuqori bo’ladi. Mana shular Sabzavot ekinlari issiqqa 
talabchanlik guruhga kiradi. 
Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati ham juda kotta almashlab ekishning 
3 turi: dala, yem-xashak yoki ferma atrofidagi va maxsus almashlab ekishlar mavjud. 
Bu turlar bir-biridan ekinlar biologiyasi, o’stirish texnologiyasi va ekinlarning nazorat 
nisbatiga qarab farqlanadi. Dala almashlab ekishlari texnika, donli ekinlarga 
mo’ljallangan bo’lib, bularning salmog’i ekinlar navbatlashuvida 50-70% ni tashkil 
etadi. Almashlab ekishda muhim ko’rsatkich dalalar soni hisoblanadi. Almashlab ekish 
dalalarining soni qisqa rotatsiya (4, 5, 6, 7 dalali), uzoq rotatsiyali (9,10,12 dalali) 
bo’ladi. Umuman aytganda, dalalar soni, xo’jalikning ixtisoslashishiga, almashlab 
ekishdagi dalalar soniga, xo’jalik ekin maydonlari strukturasiga bog’liq. 
Em-xashak almashlab ekishlari yirik chorvachilik fermalari, komplekslari atrofida 
tashkil etiladi. Maqsadi chorva mollarini uzluksiz arzon tannarxli mo’l, sifatli, shirali, 
oqsilli yashil ozuqa bilan ta’minlab, yashil konveyer tashkil qilishni va mustahkam yem 
xashak bazasini barpo etishni ko’zda tutadi. 
Maxsus almashlab ekishlar sabzavot, poliz, kartoshka, tamaki, sholi, kanop kabi 
ekinlarni ekishga mo’ljallangan. 
Sabzavotchilik xo’jaliklarda dehqonchilik tizimi va madaniyatining asosiy 
ko’rsatgichi hamda sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkadan yuqori hosil olishning 
yetakchi omillaridan biri almashlab ekishni to’g’ri tashkil etishdir. Almashlab ekishda 
muayyan xo’jalik tuproq iqlim sharoitlari, suv bilan ta’minlanish darajasi, mahsulot 
yetishtirish shartnoma topshirig’i, ixtisoslashtirish, iqtisodiy ko’rsatkichlar va hokazolar 
hisobga olinadi. 
Konserva zavodlariga yaqin sabzavotchilik xo’jaliklarida qayta ishlanadigan 
sabzavotlar (pomidor, boyimjon, qalampir), shahar atrofi xo’jaliklariga esa asosan 
iste’mol qilinadigan pomidor, bodring kabi ekinlar ekish, uzoq joylashgan xo’jaliklarda 
tashishga mos sabzi, lavlagi, piyoz, poliz, kartoshka yetishtirish maqsadga muvofiq. 
O’zbekiston sharoitida barcha almashlab ekish sxemalaridan unumli foydalaniladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
 
ISSN: 2181-1601
 
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 315
 
REFERENCES 
1. 
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sabzavotchilik
 
2. 
http://www.moodle.tsautb.uz/course/info.php?id=210&lang=uz
 
3. 
http://www.ziyonet.uz/uploads/books/49959/53c3719892223.pdf
 
4. 
http://www.agriculture.uz/filesarchive/Sabzavotchilik%20va%20polizchilik.pdf
 

Download 167.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling