Sabzining fomoz kasalligini (Phoma rostrupii )zamburug`i qo`zg`atadi


Download 0.94 Mb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1632898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
plyonkalar

Kurash choralari. Oldin sabzi ekilgan dalaga sabzini 3-4 yildan keyin ekishni ko‘zda tutuvchi almashlab ekishni joriy qilish (eng yaxshi o‘tmishdoshlar - ertagi kartoshka, pomidor, piyoz); tuproqqa fosfor va kaliy yoki faqat kaliyning yuqori meyorini (180 kg/ga) kiritish; ortiqcha azotli o‘g‘it bermaslik, ayniqsa, mavsumning ikkinchi yarmida ortiqcha azot berilganda ildizmevalar sifati buziladi va omborxonada saqlash jarayonida tezda chirib ketadi; birinchi yil hosili va urug‘lik olish uchun ekiladigan dalalarni bir-biriga yaqin joylashtirmaslik; ekishdan oldin urug‘ni harorati 52-53°С bo‘lgan suvda 15 min qizdirish, so‘ngra quritib, stimulyator va samarali fungitsid bilan dorilash; ularni ekishdan oldin 50-60 soat davomida ivitish; urug‘ olish uchun ekilgan o‘simliklarga o‘suv davrida fungitsid purkash; omborxonalarga qo‘yish uchun kechki ekin hosilini ishlatish va sog‘lom sabzilarni tanlab olish; yig‘ilgan hosilni dalada uyumlarda va iliq xonalarda uzoq saqlamasdan, iloji boricha tez sovutish va omborxonaga joylash; hosili uzoq muddat davomida saqlashga mo‘ljallangan ekin dalasida hosilni yig‘ib olishdan 2-3 hafta oldin sug‘orishni to‘xtatish; urug‘lik uchun ajratilgan ildizmevalarga fungitsid purkash; saqlash davrida aniqlangan chirigan sabzilarni chiqarib, yo‘qotish; sabzini saqlashga qo‘yishdan 15-20 kun oldin omborxona devorlari va shiftini (10 l suvga 1,5-2 kg ohak va 100 g mis sulfat eritmasi bilan) oqlash, xonalarini oldingi mahsulot qoldiqpari va boshqa chiqindilardan puxta tozalash, xlorli ohak (10 l suvga 400 g "xlorka") yoki boshqa biror dezinfektant bilan dezinfeksiyalash va yaxshi quritish; sabzini ko‘mish uchun faqat toza, zararlanmagan qum ishlatish; omborxonalarda tavsiya qilingan harorat va nisbiy namlikni (0-2°S va 80-95%) ta’minlash lozim (Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Pidoplichko, 1977a, 1978; Peresipkin, 1982; Vyangelyauskayte i dr., 1989; Sichev, Mizunov, 1991).








Bodring fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling