Sabzining fomoz kasalligini (Phoma rostrupii )zamburug`i qo`zg`atadi


Download 0.94 Mb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1632898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
plyonkalar

Kurash choralari. Kasallik mavjud bo‘lgan dalalarga 4-5 yilgacha qovun ekmaslik; so‘lishga chidamli navlar ekish; urug‘likni faqat sog‘lom o‘simlik mevalaridan olish, ekishdan oldin uni mikroelementlar (Fe, B, Zn, Mn, Cu) eritmasida ivitish, quritish va samarali fungitsid (misol uchun, Vitavaks 200FF) bilan dorilash; tarkibida elementlar balansi mavjud bo‘lgan o‘g‘itlarni kiritish; o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yoqib yuborish tavsiya qilinadi (Gerbanevskaya, 1958; Andreyeva, 1960; Kuznetsova, Tursumetova, 1970; Pessov, 1974; Shtok, 1974; Peresipkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Hakimov, Shukina, 1996).






Qovun fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt)
Fusarium oxysporum f.sp.melonis gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi.


Tokni antraknoz kasalligi


Tokni antraknoz kasalligi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Gloeposrium ampelophagum Pass zamburug‘i. Bu kasallik Zakavkazye, Qozog‘iston va keyinchilik O‘zbekistonda tarqalgan. Ayrim yillari bu kasallik boshqa uzumchilik xo‘jaliklarida katta iqtisodiy zarar yetkazgan. Kasallik asosan chuqurlik, namlik ko‘p yerlarda, daryo qirg‘oqlarida, yer osti suvlari yaqin joylarda, toklarni qalin ekilgan sharoitlarda kuchli rivojlanadi. Kasallik bilan tok o‘simligini barcha yer ustki qismi zararlanadi.
Kasallikni alomati tok bargilarida qizg‘ish kulrangga o‘xshash yoki to‘q qo‘ng‘ir rangli har xil shakldagi dog‘lar paydo bo‘ladi. To‘qima tez parchalanib to‘kiladi. Barglar teshik holatga keladi va barglar to‘kilib ketadi. Keyinchalik bunday dog‘lar o‘rnida egri bugri yaralar paydo bo‘ladi. Yaralarning chetlarida bo‘rtmalar paydo bo‘lib dog‘lar qorayadi. Kasallikning kuchayishi bilan novdalar ko‘mirdek qorayib ketadi. Kasallangan novdalar qiyshayib mo‘rt holatiga keladi. Shamol ta’sirida sinib ketadi. Barglar kichiklashadi va quriydi. Kasallangan barglarni chetlarida to‘q qo‘ng‘ir hoshiya; bilan o‘ralgan kul rang dog‘lar hosil bo‘ladi. Barg yaprog‘ining shikastlangan to‘qimasi parchalanib to‘kiladi. Barg tomirlarini qattiq shikastlanganlari quriydi va to‘kiladi. Bu kasallik bilan kasallangan to‘p gullarda qora hoshiya bilai o‘ralgan dog‘lar paydo bo‘ladi. Kasallangan gullarning ko‘pchiligi to‘kilib ketadi. Kasallangan uzum mevasida qoramtir hoshiya bilan o‘ralgan kulrang chuqurchalar hosil bo‘ladi. Bunday uzum mevalari bir tomonlama o‘sadi. Ko‘pchilik hollarda quriydi. Ular tushib ketadi yoki novdada osilib koladi. Dog‘li antraknoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ kasallangan novdalar to‘qimasi ichida mitseliy shaklida qishlaydi. Havo harorati 23-32 da bo‘lganida kasallikni rivojlanishi kuchayadi. Bu zamburug‘ mavsum jarayonidp ko‘plab avlod beradi. Tok novdasi o‘suv davrini dastlabki 2 oyida, barglari birinchi oyida kasallanadi. Shuning uchun yozning ikkinchi yarmida bu kasallik uchramaydi. Bu kasallik bilan surunkasiga 3-4 yil kasallangan toklar quriydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ faqat toklarnigina kasallantiradi. Kasallik bilai husayni, qora kishmish, oq kishmish, katqo‘rg‘on, chillaki, charos, buvaki navlari qattiq kasallanadi.
O‘zbekistonda o‘stiriladigan Yevropa navlari (Saperavi, Kaberni, Risling) bu kasallik bilan butunlay kasallanmaydi yoki kuchsiz kasallanadi. Adabiy ma’lumotlarga ko‘ra keyingi yillarda tokni antraknoz bilan kasallanishi ko‘paymoqda. Kasallikni ko‘payishi uchun issiq va yog‘ingarchilik havo sharoiti qulaydir. 2004 – 2005 yillari ob-havo bu kasallik uchun optimal qulay sharoit bo‘lib O‘zbekistonda kasallikni ko‘payishiga olib keldi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling