Safarova muattarning
-Mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
13-Mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati
Reja: Mustaqillik va ma’naviyat. Mustaqillik mas’uliyati. Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi. Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish – taraqqiyot omili. Mustaqillik o’z-o’zidan, kutilmaganda osmondan tushib qolgan emas. Uni qo’lga kiritish uchun xalqimiz katta qurbonlar berdi. Avvalgi mavzuda bu haqda qisman gapirilgan edi. Lekin Stalin qatag’onlari davrida, urush va urushdan keyingi yillarda milliy istiqlol uchun kurash biroz susaygan, o’zgacha g’oyaviy-mafkuraviy shakllarni o’zlashtirayotgan edi. Ammo «paxta ishi» deb atalgan qatag’onlarning yangi halqasi milliy ongimizda kuchli faollik paydo bo’lishiga, o’zlikni anglash darajamiz yangi pog’onaga ko’tarilishiga sabab bo’ldi, oxir-oqibatda, mustaqillik uchun kurashga olib keldi. 1989-1991 yillarni tarixiy taraqqiyot nuqtai na- zaridan baholasak, bu yillar teran va tom ma’noda mustaqillik uchun bevosita kurash yillariga aylandi. O’zbekistonda vaziyat bu paytga kelib taranglashib ketgan edi. Ma’naviyat, madaniyat, til, milliy qadr-qimmat masalalari moddiy-iqtisodiy masalalarga nisbatan ham keskinroq edi. Ularni kun tartibiga qo’yishning o’zi uchun amalda SSSR ning siyosiy mafkurasiga zid ish tutish, milliy munosabatlar, kadrlar tayyorlash, til va madaniyat borasidagi siyosatini, butun kommunistik amaliyot va ideologiyani (mafkurani) tanqid qilish, unga qarshi chiqish degani edi. Mustaqillik uchun bevosita kurash yillari aynan shunday yo’ldan borildi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, taqiqlangan Navro’z bayrami tiklandi, madaniy merosga, dinga munosabat o’zgardi. Qatag’on qilingan adiblar asarlari xalqqa qaytarila boshladi. Eng asosiysi - xalqimizning tarixiy xotirasini, Vatan tarixini tiklash, ulug’ siymolarimiz, daholarimiz hayoti va ijodini, faoliyatini qayta baholash va xalqqa etkazish uchun ilk qadamlar tashlandi. Aynan mustaqillik uchun bevosita kurash yillarida jamiyatni tubdan yangilash imkonini beradigan, istiqloldan keyin to’lik shakllangan islohotlar nazariyasining, jumladan, uning tarkibiy qismi ma’naviy islohotlar konsepsiyasining tamal toshi qo’yildi. Xalqimizning ozodlikka, hurriyatga intilishi, sovet davlatida ijtimoiy adolat buzilishidan, amaldagi milliy tengsizlikdan noroziligi, adolatni qo’msashi, umuman, milliy o’zligini anglashning o’sishi istiqlolga erishishning ma’naviy poydevori bo’ldi. Ammo bular sovet tuzumini ma’naviy jihatdan qabul qilmaslik, inkor etish va tarixiy qulay vaziyatda istiqlol yo’lini tanlash uchun etarli bo’lsa-da, mustaqil taraqqiyot uchun etarli emas. Mustaqillikni siyosiy jihatdan mustahkamlash davlat tizimlari va zarur qonunlar majmuasini yaratishdan tashqari yangicha huquqiy ong va, umuman, yangicha siyosiy madaniyatni taqozo etadi. Iqtisodiy mustaqillik sovet davridagidan farqli o’laroq yangicha iqtisodiy tafakkur- ni, bozor munosabatlari, raqobat bilan bog’liq yangicha huquqiy va axloqiy me’yorlarni o’zlashtirishni, ma’naviy qadriyatlarimizdan, madaniy merosimizdan unumli foydalanishni talab etadi. Mustaqillik sharoitida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya, sogliqni saqlash, OAV, oila, fuqarolik institutlari hamda sinflar, tabaqalar, guruhlar o’rtasidagi mulkiy, iqtisodiy, huquqiy, axlo- qiy, mafkuraviy munosabatlar sovet davrida qaror topgan tamoyil va me’yorlarga to’liq tayana olmaydi. Bu xalq ma’naviy hayotining boshqa sohalariga ham taalluqli. Bir so’z bilan aytganda, mustaqillik o’zining yangi dunyoqarashiga va ma’naviy asoslariga ega bo’lmog’i lozim. Istiqlolning dastlabki yillarida O’zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish nazariyasi yaratildi. Nazariyada inson barcha islohotlarning maqsadiga aylantirildi va markaziga qo’yildi. Ijtimoiy yo’naltirilgan ko’pukladli bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat va jamiyatni qayta qurish, kadrlar tayyorlash, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat sohalarini isloh qilish, ma’naviy tiklanish va yuksalish konsepsiyalari ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida (o’tish davrida) davlat byudjeta kamomad bilan bajarilar, mablag’ etishmas, iqtisodiy ahvol ancha og’ir edi. Ammo ma’naviy islohotlar, madaniy merosni, tarixiy xotirani tiklash, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, mustaqil OAVni rivojlantirish va shu kabilar o’z holiga tashlab qo’yilmadi. Ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish - yangi O’zbekistonni yaratish va jahon hamjamiyatiga tenghuquqli integratsiya bo’lishga xizmat qiladi, chunki milliy o’zlikni, milliy manfaatlarni, ajdodlarimiz va zamondoshlar ijodiy yutuqlarni anglash orqali umumjahon taraqqiyoti oqimida o’z o’rnimizni, zamonaviy ijodiy yutuqlarimizni va salohiyatimizni aniq tasavvur etishga yordam beradi. Milliy identlikni, o’ziga xoslikni saqlab qolishga, yuksaltirishga jahon hamjamiyatidan yuz o’girish hisobiga emas, aksincha, jahondagi ilg’or yutuqlar va tajribani o’zlashtirib milliy madaniyatni, ona tilini rivojlantirish hisobiga erishiladi. Mustaqillik yillari, birinchidan, ma’naviy-madaniy merosni tiklash, rivojlantirish; ikkinchidan, jahon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirish, jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiya bo’lish yo’nalishlarida ish olib borildi. Birinchi yo’nalish ishlari, yuqorida e’tirof etilganidek, mustaqillik uchun bevosita kurash yillari boshlangan edi. Mustaqillik yillari o’tish davrida ushbu masala milliy o’zlikni anglashni yangi sifat bosqichiga ko’tarish, tarixiy xotirani tiklashning, umuman, milliy-ma’naviy tiklanishning bosh masalasiga aylandi. SHu sababdan ushbu yo’nalishda ko’pqirrali kompleks ishlar olib borildi. Buyuk allomalarimiz, davlat va jamoat arboblarimiz, shaharlarimiz, madaniy yodgorliklarimiz yubileylari o’tkazildi. Yubileylar shunchaki tantanali nishonlash tadbiri bo’lib qolgani yo’q. Ularga tayyorgarlik jarayonida ulkan ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, targ’ibiy-tashviqiy va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Allomalar va buyuk arboblar hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, biografik, badiiy va publi- sistik asarlar, maqolalar, hujjatli va badiiy kinotelefilmlar yaratildi. Ta’kidlash joizki, yubilyarlarning aksariyati to’g’risida ilk bor har xil rivoyat va afsonalar, uydirma va to’qimalar emas, balki haqqoniy, xolis, tarixiy dalillarga, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlar e’lon qilindi. Allomalarimiz, davlat va jamoat arboblarimiz asarlari ham ilk bor asl holda nashr qilindi. Shuningdek, Qur’oni karim, imom Buxoriyning to’rt tomlik sahih hadislari, imom at-Termiziyning sahih hadislari, qator diniy allomalarimiz asarlari ilk bor o’zbek tilida nashr etildi. Yubileylari o’tkazilgan shaharlarimiz tarixi ilk bor qadim davrdan to shu kungacha izchil ilmiy dalillar asosida qisqacha bayon etildi va milliy tariximiz kontekstida talqin qilindi. Yubilyar shaharlarimizga atalib qisqacha tarixiy bosib o’tgan yo’lini, arxeologik va me’moriy yodgorliklari- ni o’zida aks ettirgan chiroyli albom-kitoblar nashr etildi. E’tibor berilsa, «ilk bor» so’zi takror-takror qo’llanilmoqda. Bu ma’naviy tiklanishimiz, ma’naviy islohotlarimiz uchun tabiiy va qonuniy hodisadir. Ba’zi bir unutilgan milliy urf-odatlar, an’ana va bayramlarimizni zamonaviy asosda tiklash va rivojlantirish bo’yicha yana ko’plab misollar keltirish mumkin. Milliy-ma’naviy tiklanish yuzasidan olib borilgan va davom etayotgan ko’pkirrali kompleks tadbirlar, chuqur va puxta o’ylangan davlat siyosati o’z samarasini berdi. Xalqimizning dunyoqarashi boyidi, ongi o’sdi, ma’naviy qiyofasi o’zgardi. U o’z tarixini, tarixiy ildizlarini, milliy madaniyatini, ajdodlari jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan hissasini bilib oldi. U o’zini millat sifatida qaytadan tanidi, tarixiy xotirasini tikladi, milliy nomukammallik tuyg’usidan qutulib, o’zini hech kimdan kam sezmaydigan bo’ldi, milliy g’ururi o’sdi. Ikkinchi yo’nalishda olib borilgan kompleks ishlar bunga yordam berdi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, madaniyat, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklari borasida biz milliy an’analarimiz va ba’zi ijtimoiy-siyosiy va fuqarolik institutlarini tiklash (mahalla, hokimlik) qatorida jahonning ilg’or yutuqlarini o’zlashtirdik. Davlat hokimiyatining uch tarmog’i - qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari bir-biridan ajratilgani bu boradagi islohotlar, demokratiya va inson huquqlari rivojlantirilgani, ko’plab yangi nodavlat notijorat va boshqa jamoat tashkilotlari vujudga kelgani to’g’risida to’xtalib o’tirmaymiz. Ular alohida mavzu va bizning predmetimizdan biroz tashqariga chiqadi. Biz faqat ma’naviyatga yaqindan aloqador ba’zi ishlarni qayd qilamiz. Ma’daniyatga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy sub’ektiv omil mavjud: 1. Rasmiy davlat siyosati. 2. Xalqning anglashilgan ehtiyojlari (madaniyatning yaratuvchisi, saklovchisi va iste’molchisi o’laroq). 3. Ijodkorning ijtimoiy pozitsiyasi va dunyoqarashi. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling