Safarova muattarning


Download 373 Kb.
bet1/19
Sana06.10.2023
Hajmi373 Kb.
#1694050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTETI MILLIY G`OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO`NALISHI
3-BOSQICH 620-GURUH TALABASI
SAFAROVA MUATTARNING
MA’NAVIYATSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN

TERMIZ-2023


1-Mavzu: Ma’naviyatning meyoriyligi va ijtimoiy funksiyalari.


Reja: 1.Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotida bajaradigan vazifalari (funksiyalari): eng umumiy, universal va konkret-ijtimoiy vazifalar.
2.Ma’naviyatning meyoriy xarakteri. Bugungi kunda jamiyatda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan sharoitda ma’naviyatga ilmiy xolislik bilan yondashish zaruriyati.

Ma’naviyat insonda asl insoniy xislatlar, fazilatlarni shakllantiradi. Unga o‘zini anglashga, hayvonot olamidan, tabiatdan o‘zini ajratib, borliqdagi o‘z o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Asotirlar, rivoyatlar, adabiyot, san’at, din, axloq, ilm-fan, urf odatlar, marosimlar, madaniy meros va ma’naviyatning boshqa mavjudlik shakllari insonga tabiat va koinot bilan, boshqa o‘ziga o‘xshagan odamlar bilan, tabiat va jamiyatni “boshqaruvchi”, ularga “jon bag‘ishlovchi”, ularni o‘zgartiruvchi noma’lum kuchlar bilan “aloqa o‘rnatishga” ko‘maklashadi. Ma’naviyatsiz inson biologik mavjudot darajasida qolib ketar, kishilik jamiyati vujudga kelmas edi.


Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarini (funksiyalarini) eng umumiy, universal vazifalarga hamda konkret-ijtimoiy vazifalarga bo‘lish mumkin. Universal vazifalar uch xildir. Birinchisi – insonning ruhiy va intellektual ehtiyojlarini qondirish. Ma’naviyat insonning ezgulikka, haqiqatga, adolatga, tenghuquqlikka, ozodlikka, go‘zallikka, mehr-oqibatga intilish ehtiyojlarini shakllantiradi va qondiradi. Ikkinchisi – insonning ushbu ehtiyojlarni yaxshiroq va to‘laroq qondirish uchun unga zarur bilimlar beradi. Masalan, axloqiy, huquqiy, siyosiy tushunchalar, g‘oyalar, baholar, qarashlar, nazariyalarni, ideallarni o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida inson tegishli axloqiy, huquqiy va siyosiy bilimlarga ega bo‘ladi, dunyoqarashi kengayadi. Uchinchisi – tarbiyalash vazifasidir. Inson ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi, muayyan bilimlarga ega bo‘lishi jarayonida ma’naviy jihatdan kamol topadi, imon-e’tiqodi mustahkamlanadi. Unda ijodkorlik, yaratuvchilik imkoniyatlari o‘sadi, didi noziklashadi, mulohazalari teranlashadi, yaratuvchilik ishtiyoqi va mahorati o‘sadi.
Ma’naviyatning konkret-ijtimoiy vazifalari uning universal vazifalaridan kelib chiqadi. Ular ancha rang-barang, jamiyat taraqqiyotining erishilgan darajasi va talablari bilan bog‘liq. Shu sababdan ularga konkret-tarixiylik xos. Har bir tarixiy davr o‘zining qaror topgan ma’naviyatiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy imkoniyatlariga va talablarga mos shaxsni tarbiyalaydi. Unga mavjud mehnat ko‘nikmalarini, ishlab chiqarishi texnologiyalarini, axloqiy, huquqiy, e’tiqodiy, siyosiy talablarni o‘rgatadi. Ushbu talablardan kelib chiqib, u o‘zining narsa va hodisalarga munosabatni belgilaydi. Inson doimo tanlash zaruratiga duch keladi. Yomonlik va yaxshilik, ezgulik va yovuzlik, go‘zallik va xunuklik, bunyodkorlik va buzg‘unchilik o‘rtasida ya’ni o‘z maqsadiga qiyinchilik bilan, ammo halol erishish yoki buzg‘unchilik, oson noadolatli yo‘l orqali erishishdan inson birini tanlash muammosi bilan to‘qnashadi. U nimani, qaysi yo‘lni, g‘oyani va qanday tanlashi uning ma’naviyatiga, baholash mezonlari va qadriyatlar tizimiga bog‘liq.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’naviyat nisbatan umumiy bo‘lgan ijtimoiy baholar, meyorlar, mo‘ljallar, ideallar majmui sifatida, urf-odat va qabul qilingan rasm-rusumlar hamda kishilar o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlar, ya’ni ma’naviy madaniyat va ma’naviy muhit sifatida boshqa ijtimoiy munosabatlarga, alohida shaxslar va guruxlar xulq-atvoriga, faoliyatiga cheklash yoki rag‘batlash, undash orqali ta’sir qo‘rsatadi, inson omilini rivojlantiradi. Ma’naviyat inson shaxsini nafaqat shakllantiradi va kamol toptiradi, shuningdek uni zavoldan, ichki va tashqi mafkuraviy, ruhiy tahdidlardan, nafsdan, hirsdan, manmanlikdan, yot, buzg‘unchi ta’sirlardan himoya qiladi. Ma’naviyat ushbu ma’noda insonning ruhiy va intellektual immuniteti, qalqonidir.
Ma’naviyat tufayli inson o‘zligini anglaydi. Bu uning o‘z manfaatlarini to‘g‘ri, xolis anglashni, oldiga aniq va real maqsadlar qo‘yishni, o‘zini xalqining, jamoasining bir bo‘lagi deb his qilishni, o‘z kuchiga, imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olishni bildiradi. Bu, shuningdek, insonning o‘z shaxsiy kamchiliklarini, fe’l-atvoridagi nuqsonlarini, bilimi, malakasi va amaliy ishlaridagi kamchiliklarni bilishni ham anglatadi.. O‘zlikni anglashning man-manlikka, maqtanchoqlikka, xudbinlikka, kibru-havoga aloqasi yo‘q. O‘zlikni anglash kamtarlikni, doimiy ravishda takomillikka intilishni, o‘z kamchiliklariga qarshi kurashni bildiradi. Faqat o‘zligini anglagan kishigina millatini hamda o‘z shaxsiy ayniyatini anglaydi. Milliy va shaxsiy ayniyat (identlik) ma’naviyat yordamida va zamirida shakllanadi va ta’minlanadi.
Ma’naviyatning meyoriy xarakteri xatti-harakatlarni cheklash, ularni mavjud axloq va qonun doirasida saqlab qolish bilan belgilanmaydi. Yuksak ma’naviyatning meyoriy xarakteri birinchi navbatda cheklashda emas, balki muayyan faoliyatga undashda, ya’ni ijodkorlikka, yaratuvchilikka undashda, rag‘barlantirishda namoyon bo‘ladi. Ma’naviyati boy xalqning ruhiyati, ijtimoiy mo‘ljallari, ideali o‘zini tiyishga, kamsuqum bo‘lib turg‘unlikka intilishga emas, balki ijodkorlikka, turmushni yangilashga, yanada ilg‘or yutuqlarni qo‘lga kiritishga, yuksalishga qaratilgandir. Boshqacha qilib aytganda, har tomonlama yuksalishga, kamolotga, ijtimoiy taraqqiyotga rag‘bat asl ma’naviyatning meyoridir, ijtimoiy mo‘ljalidir.
Ma’naviyat shaxsiy va milliy identlikni ta’minlashi barobarida avlodlarni o‘zaro bog‘laydi, ular o‘rtasidagi vorisiylikni, davomiylikni yuzaga chiqaradi. Bu uning konkret-ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Ma’naviyatning konkret - ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) millatni muhofaza qilish; o‘zligini anglashni, identligini ta’minlash;
b) avlodlar o‘rtasida vorisiylikni va davomiylikni ta’minlash;
v) o‘tmishga, bugunga va kelajakka oid hodisalarga baho berish, bu baholarning mezonlari va meyorlarini belgilash (aksiologik vazifa);
g) jamiyatni va alohida shaxslarni muayyan hayotiy pozitsiyani egallashga undash; insonni jamiyat talablariga moslashtirishi (adapsion vazifa);
d) millatni taraqqiyotga, alohida shaxsni takomillashishga rag‘batlantirish;
e) insonning o‘z shaxsiyati bilan ayniyatda yashashini, uning asl insoniy tabiati rivojlanishini, takomillashishini ta’minlash;
j) kishilar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish (axloqiy va huquqiy meyorlar orqali); ya’ni regulyativ vazifa.
z) insonning tabiat va jamiyat bilan uyg‘unligini ta’minlash.
Ma’naviyat mohiyatini va ijtimoiy vazifalarini qanday tushunish muhim ahamiyatga ega. Zero, amaliy faoliyatimizni, ayniqsa, fan, adabiyot va san’atni, xalq ta’limi va madaniyatning boshqa sohalarini rivojlantirish, hozirgi zamon mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura olish ko‘p jihatdan ma’naviyat haqidagi ilmiy tasavvurlarga bog‘liq.
Jamiyat miqyosida esa ma’naviyat eng avvalo millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi, uning rivojlanishi yo‘nalishini, kelajagini belgilaydi. Islom Karimov to‘g‘ri ogohlantirganidek: “insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajavozkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixidagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda, shak-shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.”. U ijtimoiy-madaniy filtr vazifasini bajaradi va milliy an’analarga yot, milliylikka putur yetkazuvchi, millatning axloqiy, estetik, falsafiy qarashlariga, imon-e’tiqodiga, adolat va haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos kelmaydigan narsalarni qabul qilmaslikka, aksincha, ularni siqib chiqarishga harakat qiladi. Ma’naviyat inqirozi muqarrar ravishda inson va jamiyat inqiroziga olib keladi. Ushbu munosabat bilan Islom Karimovning ma’naviy tahdid haqidagi quyidagi fikri adolatli va haqqoniydir: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’noda erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.


Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling