Safarova muattarning


-Mavzu: Islom tamaddunining O‘rta Osiyoda tarqalishiva gullab- yashnashi (VIII-XIII asr boshlari)


Download 373 Kb.
bet8/19
Sana06.10.2023
Hajmi373 Kb.
#1694050
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish

9-Mavzu: Islom tamaddunining O‘rta Osiyoda tarqalishiva gullab- yashnashi (VIII-XIII asr boshlari)
Reja: 1. Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida karor topganligi. Islom tamaddunining ravnaq topishiga ajdodlarimizning ko‘shgan munosib hissalari.
2. Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislaming “Al-Jome’ as- sahih” yoki “Sahihi Buxoriy” deb atalishi, ushbu hadislaming dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun Qur’ondan keyingi eng mo ‘tabar va asosiy manba hisoblanishi.
3. Al-Buxoriy, At- Termiziy, An-Nasoiy hadislari to ‘plamlari. Kalom ilmi. Uning diniy-nazariy masalalarni aqlga, mantiqqa asoslanib tahlil qilishi.
4. Kalom ilmini rivojlantirishga munosib hissa ko‘shgan ajdodlarimiz: Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy va uning izdoshlari: Abul Mu’in Nasafiy, Najmiddin an Nasafiy ta’limotlari. Fiqh (islom huquqi) ilmi. Uni rivojlantirishga katta xizmatqilgan ajdodlarimiz.

Milodiy VII asr birinchi choragida Hijozda yangi din – islom vujudga keldi. Tezda u boshqa xalqlar orasida ham tarqaldi va VIII asr davomida jahon dinlaridan biriga aylandi. Islom avvalo dunyoning katta qismida yashaydigan turli xalqlarning dunyoqarashida, e’tiqodi va ibodatida, ma’naviy hayotida, ijtimoiy va insoniy munosabatlarida inqilob yasadi. U xalqlarning siyosiy va iqtisodiy hayotida, jamiyat taraqqiyotida butunlay yangi tarixiy bosqichni, yangi tamaddunni (sivilizatsiyani) boshlab berdi. Yangi dunyoqarashga, qadriyatlarga moslashgan ahloq, huquq, adabiyot va san’at, urf-odatlar, maishiy madaniyat shakllandi, diniy va dunyoviy ilmlar rivojlandi. Islomni qabul qilgan kishilar, xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar yangi meyorlar va tartiblar asosiga ko‘chdi.


Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi. G‘arbda Shom va Misrning, Sharqda Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlarining islom ta’siriga o‘tishi yangi tamaddun shakllanishini tezlashtirdi. Zero, bu mamlakatlarda ma’naviy madaniyat, ayniqsa ilm-fan, adabiyot va san’at hamda iqtisodiyot, savdo-sotiq, hunarmandchilik va siyosiy institutlar Hijozga nisbatan ancha rivojlangan va qadim an’analarga ega edi. Markaziy Osiyo xalqlari ko‘plab dinlarga e’tiqod qilar, har xil g‘oyalar va ta’limotlardan yaxshi xabardor edilar. Ularni o‘zaro qiyoslash, har bir g‘oyaning samarali jihatlarini ajratib olish va unumli foydalanish ko‘nikmasiga ega edilar. Shu sababdan amerikalik fan tarixchisi F.Starr: “Dunyoning har qanday boshqa burchagida intellektual jihatdan bundanda “bag‘rikeng” mintaqani tasavvur qilish mushkul”,-deya ta’kidlagan. Arab xalifaligi bu borada o‘z tarkibiga kirgan mamlakatlarda ilgari erishilgan yutuqlarning ko‘pchiligiga voris bo‘ldi. Ularni islom mafkurasiga moslashtirib yangi tamaddunining asosiga qo‘ydi.
Islom tamaddunining ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz munosib hissa qo‘shdilar. Bu moddiy madaniyatning dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarining ba’zi sohalariga, geodeziya, yer o‘zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, sug‘orish inshootlari qurish, shaharsozlik bilan bog‘liq ayrim yutuqlarga tegishli. Ipakchilik, paxtachilik, to‘qimachilik, polizchilik, bog‘dorchilik, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ajdodlarimiz to‘plagan tajriba, parvarish qilinadigan o‘simliklarning ayrim turlari arab mamlakatlariga tarqaldi. O‘z navbatida mazkur sohalar bo‘yicha ularda to‘plangan tajriba, ba’zi o‘simliklar bizga keltirildi (masalan, makkajo‘xorini mintaqamizga Makkaga, hajga borgan ota-bobolarimiz olib kelishgan).
Islom tamaddunining moddiy-iqtisodiy, siyosiy-tashkiliy tomonlariga ajdodlarimiz qo‘shgan hissa haqida batafsil to‘xtalmaymiz. Zero, bularning har ikkisi ham mustaqil, ammo nihoyatda murakkab va kam o‘rganilgan mavzulardir. Faqat islom tamaddunining ma’naviyatiga, ma’naviy madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida ba’zi bir fikrlarni qayd etib ketamiz, xolos.
Mazkur masala ijtimoiy-gumanitar fanlar tomonidan bir necha yo‘nalishlarda o‘rganilishi mumkin. Birinchidan, ajdodlarimizning islom ilmiga: muhaddislikka, fiqxga, ilm at-tafsirga, kalomga, tasavvufga – shar’iy ilmlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. Ikkinchidan, ajdodlarimizning dunyoviy falsafa, dunyoviy ilm-fan - tabiatshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojlanishiga, ravnaqiga qo‘shgan hissasi. Uchinchidan, ularning Bag‘doddagi «Baytul hikma»da, Hijoz, Misr, Suriya, Eron va boshqa mamlakatlarda ilm-ma’rifat tarqatgani, ilmiy tadqiqotlar olib borgani. To‘rtinchidan, ajdodlarimizning adabiyot, musiqa, raqs, me’morchilik, naqqoshlik va tasviriy san’at, xattotlik va kitobat san’ati va h.k.larga, ya’ni nafis san’at rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. Beshinchidan, ajdodlarimizning Sibir, Dashti Qipchoq, Janubiy O‘ral, O‘rta va Quyi Volgabo‘yi (Itil), Bulg‘orlar yurti, Sharqiy Turkistonda islom dinini, yangicha ma’naviyat va dunyoqarashni, urf-odatlarni targ‘ib etish, tarqatish bo‘yicha olib borgan faoliyati.
Abul Abbos an-Nasafiy Mustag‘fariy (milodiy 962—1041 yillar) Nasafdan chiqqan olimlar to‘g‘risida 8 toqadan ko‘proq kitob jamlagan(afsuski, bizgacha yetib kelmagan). Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, mo‘g‘ul istilosigacha butun Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan 3000 (uch ming) muhaddisdan 400 (to‘rt yuz) tasi Nasafda yashagan. To‘rtta hadis maktablarining biri Nasafda bo‘lgan. Qur’oni karim va muborak hadislarni o‘rganish asosida shariat, fiqh va boshqa shar’iy ilmlar shakllangan. Nasafdan islom ilohiyotining buyuk nazariyotchilari Abul Mu’in Nasafiy, Abul Barokat Nasafiy, Najmiddin Nasafiy, Aziziddin Nasafiy va boshqalar yetishib chiqqan.
Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislar «Al-Jome’ as-sahih» yoki «Sahihi Buxoriy» deb ataladi va dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun Qur’ondan keyingi eng mu’tabar va asosiy manba hisoblanadi. Al-Buxoriy, At-Termiziy, An-Nasoiy hadislari to‘plamlari va boshqa asarlari mana salkam o‘n ikki asrdan buyon necha avlodning dunyoqarashi, ahloqi, iymon-e’tiqodi, hayotga munosabati - ma’naviyati shakllanishiga, takomillashishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy (870-944) asarlarining bizgacha yetib kelganlari hozirgacha chet ellarda nashr qilinmokda, chunki ular islom ilohiyotining mumtoz asarlariga aylanib, o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Moturidiy ta’limoti Qur’on va Sunna aqidalarini, talab va meyorlarini ko‘r-ko‘rona emas, balki aqlan chuqur idrok etib o‘zlashtirishni, ularni g‘ayrimantiqiy, nooqilona qabul qilmaslikni o‘rgatadi. Ularni g‘arazli, noilmiy, o‘zboshimchalik bilan talqin qilishni inkor etadi. Lekin u ayni paytda naqlni, ajdodlaridan kelayotgan rivoyatlar an’anasini inkor qilmaydi. Ushbu jihati bilan u mo‘taziliyadan mohiyatan farq qiladi.
Moturidiy ta’limotining atoqli davomchisi, targ‘ibotchisi mutakallim Abul Mu’in an-Nasafiydir (1027-1114). Abul Mu’in Nasafiy nafaqat moturidiya ta’limotini butun islom olamiga yoydi. U kalom ilmining uch asosiy yo‘nalishi — mo‘taziliya, moturidiya va ash’ariya ta’limotlarini qiyosladi va farqlarini ko‘rsatib berdi. Abul Mu’in Nasafiy kalom ilmining eng obro‘li, nufuzli olimlaridan biri. U islomning boshqa sohalariga oid ilmlarni ham chuqur egallagan alloma. Uning «Tabsirat ad-dilla» asari Suriyada 1990 va 1993 yillarda ikki jildda (har biri 500 sahifadan ortiq) nashr etilgan. Aynan Abul Mu’in an – Nasafiy islomda paydo bo‘layotgan turli xato oqimlar, mutaasib firqalar tanqidiga katta e’tibor qaratdi, mumtoz islom g‘oyalari va qarashlarini himoya qildi. U Moturidiya va ash’ariya ta’limotlaridagi farqlarning sabablarini ko‘rsatib, ular prinsipial qarama – qarshiliklar emasligini, bu farqlarni mutlaqlashtirmasdan, ulardagi umumiy jixatlarni hisobga olib, islom ilmini rivojlantirish g‘oyasini olg‘a suradi. Nasafiyning asarlari bugungi kunda ham ilmiy va amaliy dolzarbligi yo‘qolgani yo‘q. Nafaqat Islom islohiyati tarixini o‘rganishda, shuninngdek zamonaviy turli diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashda ham foydalidir.
Mintaqamizda islom e’tiqodiga o‘tganimizdan keyin birinchi chiqqan buyuk qomusiy daho Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850 y.) shar’iy ilmlarning birinchi dahosi Imom al-Buxoriydan 30 yosh kattadir. Boshqa bir daho Ahmad al-Farg‘oniy taxminan Al-Buxoriydan 10-12 yosh katta (o‘quvchida «nega unda Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad Farg‘oniyning 1200 yilligi 1998 yilda nishonlandi», degan savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, Imom Buxoriy yoshi qamariy yil hisobida, Farg‘oniy yoshi esa shamsiy yil hisobida chiqarilgan. Shamsiy yilning bir asri qamariy hisobda 103 yilga teng bo‘ladi. Bu o‘n ikki asrda 36 yilni tashkil etadi. Farg‘oniyning yoshi qamariy hisobda yubiley yilida 1236 yoshga teng bo‘lgan. Aksincha, Buxoriy shamsiy hisobda yubiley yilida 1188 (tavalludi milodiy 810 yil) yoshga teng bo‘lgan.
Yuqorida keltirilgan dalillarning o‘ziyoq ajdodlarimiz islom dunyosida ilmiy-tadqiqot, tabiatshunoslik fanlari rivojlanishida yetakchilik qilganini ko‘rsatib turibdi. Ammo hali biz Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980— 1037) kabi o‘rta asrlar ilmining cho‘qqilari bo‘lgan qomusiy daholar hissasi haqida gapirganimiz yo‘q.
1973 yidda Beruniyning 1000 yilligi nishonlanganda ayrim g‘arb olimlari uni insoniyat tarixida o‘tgan eng buyuk olim deb baholagan edilar. Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni bejiz “Beruniy asri”deb atamagan. Beruniy qaysi fanga qo‘l urmasin, shu sohada o‘z zamonasining barcha ilmiy yutuqlarini umumlashtirib, ularga o‘ziga xos yakun yasagan va mazkur fanni yangi pog‘onaga ko‘tarib, yangi g‘oyalar va tadqiqot usullari bilan boyitib ketgan. U yer kurrasi aylanasi va diametrini hisoblagan. Ajablanarli jihati shundaki, Beruniy hisob-kitobi haqidagi zamonaviy sun’iy yo‘ldoshlar va eng so‘ngi o‘lchov jihozlari ko‘rsatgichlaridan bor-yo‘g‘i 16 km atrofida farq qiladi. U Kopernikdan besh asr avval olamning geliotsentristik qurilishini kashf etadi. Beruniy islom olamida Arestotel ta’limotini shubha ostiga olib tanqid qilgan birinchi olimdir. Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqa daholar aritotelchi bo‘lgan.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling