Safarova muattarning
Mavzu: Jahon xalqlari ma’naviy taraqqiyoti rang-barangligi va mushtarakligi
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ma’naviy-madaniy taraqqiyotning ziddiyatli kechishi. Umumbashariy ma’naviy taraqqiyotning uzluksiz davom etishi, to‘xtab qolmasligi, bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga ko‘chishi.
- 4. Jahon xalqlari ma’naviyatining rang-barang, lekin bir butun tizim ekanligi. Jahon xalqlari ma’naviyatining globallashuv ta ’sirida hozirgi ahvoli, uzluksiz rivojlanishidagi ziddiyatlar.
Mavzu: Jahon xalqlari ma’naviy taraqqiyoti rang-barangligi va mushtarakligi.
Reja:1. Jahon xalqlari turmush sharoiti va mentalitetining rang- barangligi. Xalqlaming yashash sharoiti ulaming urf-odatlari, psixologiyasi, o‘zligini anglashi, mentaliteti, dunyoqarashi va qadriyatlar tizimiga ta ’sir ko'rsatishi. 2. Ma’naviy-madaniy taraqqiyotning ziddiyatli kechishi. Umumbashariy ma’naviy taraqqiyotning uzluksiz davom etishi, to‘xtab qolmasligi, bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga ko‘chishi. 3. Industrial va postindustrial jamiyat ma’naviyati. Industrial jamiyat, uning ziddiyatli ma’naviyati. Postindustrial g‘arb jamiyati, unda qarshimadaniyat va aksilmadaniyatning vujudga kelishi. 4. Jahon xalqlari ma’naviyatining rang-barang, lekin bir butun tizim ekanligi. Jahon xalqlari ma’naviyatining globallashuv ta ’sirida hozirgi ahvoli, uzluksiz rivojlanishidagi ziddiyatlar. Jahon xalqlari turmush sharoiti va mentaliteti rang-barangligi. Yer yuzida ikki yuz ellikdan ortiq mamlakat bor. Ularda taxminan 2,5 yarim ming millat va elatlar yashaydi. Tabiiy sharoiti, iqlimi bir-biriga yaqin va qo‘shni mamlakatlar qatorida bir-biridan tabiiy muhiti, boyliklari, iqlimiga ko‘ra mutlaqo farq qiladigan mamlakatlar bor. Ba’zi mamlakatlar dehqonchilik imkoniyatlari o‘ta cheklangan tog‘li va o‘rmonli hududlarda, ba’zilari suvsiz cho‘li biyobonlarda hatto qumlik sahrolarda joylashgan. Dengiz bo‘ylarida, yoki orollarda joylashgan, dengizga chiquvchi daryolarga, suvli dala-dashtlarga ega mamlakatlar ham talaygina. Ayrim xalqlar muzliklar qoplagan shimolda yashasa, ayrimlar yashilliklarga burkangan issiq tropiklarda yashaydi. Tabiiyki, ularning turmush tarzi, o‘zini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash manbalari va usullari, shug‘ullanadigan ishlab chiqarish turlari, mehnat ko‘nikmalari, hayotiy tajribasi bir biridan sezilarli, ayrimlarida ancha keskin farq qiladi. Turmush kechirishning obektiv shart-sharoitlariga muvofiq odamlarning tasavvurlari, bilimlari, qarashlari, tevarak atrofdagi narsa, va hodisalarga munosabati, qiziqishlari, hayotiy yo‘llanmalari shakllanadi. Masalan, cho‘l sharoitida yashaydigan kishi uchun daraxt, yog‘och, kamyob narsa, katta qiymatga ega. O‘rmonda yashaydigan, yoki o‘rmonlarga boy mamlakatda yashaydigan kishilar uchun daraxt, yog‘och, keng tarqalgan va iste’mol qilinadigan kundalik mahsulot. Tuz konlari yo‘q xalqlar uchun o‘tmishda tuz, suv tanqis xalqlar uchun suv va sh.k. o‘zlarida kam yoki yo‘q tabiiy boyliklar qadri baland bo‘lgan. Ba’zi xalqlar tez-tez tabiiy ofatlarga, zil-zila yoki suv toshqinlariga, o‘rmon yong‘inlariga, epidemiyalarga duch kelgan. Bular hammasi odamlar ongida, ishonchi va e’tiqodida iz qoldirgan. Xalqlarning yashash sharoiti keng ma’noda ularning urf-odatlariga, irim-sirimlari, sig‘inishlari, qo‘rquvlari, xursandchiligi – psixologiyasiga, o‘zligini anglashiga, mentaliteti va dunyoqarashiga, qadriyatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Yana shunday ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri demografik ahvol – hududlar aholisi soni va zichligidir. Aholisi zich hududlarda, masalan, shaharlarda hamda yeri tor, aholisi ko‘p vodiylarda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniq tartibga solish, oqilona boshqarish, tozalik, sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ehtiyojlari aholi tarqoq yashaydigan, chorvachilik va dehqonchilikning ayrim turlari bilangina shug‘ullanuvchi hududlarga nisbatan kuchliroqdir. Shu bois ularning turmush va muomala madaniyati ham yuqoriroq bo‘ladi. Xalqlarning onggiga, mentalitetiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir guruh omil – bu har bir xalqning takrorlanmas o‘tmishi, boshdan kechirgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy va h.k kechmishlaridir. Ba’zi xalqlar tarixi davomida ko‘plab bosqinlarni boshdan kechirgan, mustaqillik uchun hayot-mamot urushlarini olib borgan yoki toj-taxt talashlar, ichki fuqarolik urushlari va shu kabi voqealardan ko‘p jabr tortgan. Ko‘pmillatli, aholisi turli tillarda so‘zlovchi, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar bor. Millatlararo munosabatlar mazmuni bunday mamlakatlarda ularda yashovchi xalqlarning manfaatlari, mentaliteti, madaniyati qay darajada bir-biriga mos va yaqin kelishiga bog‘liq. Har bir xalqning mentalitetida milliy va umuminsoniy qadriyatlar chambarchaslashib ketgan. Faqat ularning nisbati, ustuvorliklari turlicha bo‘lishi mumkin. Hech bir xalqning mentaliteti umuminsoniylikdan to‘la xoli, mutlaqo milliy bo‘lmaydi. Halollik, to‘g‘rilik, chin so‘zlash, salom-alik, izzat-hurmat, xayrihohlik, kuchsizlarni himoya qilish, o‘zaro bir-biriga og‘ir damlarda, muhtojlikda yordam berish, sahovat, mehr-oqibatni qadrlash, hamda o‘g‘irlikni, zo‘ravonlikni, zulmni, axloqiy buzuqlikni va shu kabi salbiy hodisalarni qoralash birlamchi umuminsoniy talablardir. Bu kabi birlamchi talablar umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi. Ular hamma xalqlarga birdek xos va qadrlidir. Lekin har bir xalq bu talablarni milliy shakllarda, mahalliy yashash shart-sharoiti va o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqib bajaradi. IX- XII asrlarda musulmon xalqlari, xususan bizning ajdodlarimiz taraqqiyot estefetasini qo‘lga oldilar. Ular yana dunyo miqyosida ilm-fan va madaniyatda yetakchiga aylandi. Bu o‘sha davrda ajdodlarimiz ma’naviy-madaniy, ilmiy-texnologik kashfiyotlari, hunarmandchiligi, yaratayotgan buyumlari boshqa xalqlar orasida tarqalayotgani, o‘rganilayotgani, taqlid uchun na’muna bo‘lib xizmat qilayotganini bildiradi. Bunday yutuqqa erishish uchun faqat buyuk iste’dodlarga ega bo‘lish yetarli emas. Jahondagi ilg‘or tajribani, kashfiyotlarni ham bilish, ularni yanada takomillashtirish, rivojlantirish lozim. Bejiz “Baytul-hikma”da o‘sha davrda Xitoy tilidan arabchaga ag‘daradigan 4 (to‘rt), sanskirtdan 14 (o‘n to‘rt) nafar tarjimonlar faoliyat yuritmagan. Yunon, suryoniy, aramiy, pahlaviy, ibroniy tillaridan ag‘daradigan tarjimonlar soni esa bir necha barobar qo‘p bo‘lgan. IX asrning 30-yillaridan Bag‘dodda “Baytul-hikma”da va xalifalikning boshqa markazlarida faoliyat yuritayotgan olimlarning arab tilida yozilgan original asarlari dunyoga tarqala boshladi. Baytul hikmaga aslida xalifa Horun ar-Rashid asos solgan (VIII asr). Horun ar-Rashid davrida Baytul-hikma olimlari asosan jahon falsafiy, tibbiy, tabiiy-ilmiy merosini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullangan. XV-XVI asrlar Yevropa Uyg‘onish davri (Renessans) hisoblanadi. Italiyada XIV asrning oxirida boshlangan Uyg‘onish davri XV-XVI asrlarda Yevropaning shimoli Gollandiya, Angliyagacha yetib bordi. Italiya adabiyotida Petrarka, Bokachcho, Torkvato Tasso, tasviriy san’ati va xaykaltaroshligida Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, Titsian, Bottichelli, Djorjone, falsafa va ilm-fanda Jordano Bruno va Galiley kabi daho shaxslar paydo bo‘ldi. Renessans kutilmaganda favqulotda paydo bo‘lib qolgan emas. Bunga Venetsiya, Florensiya kabi italyan knyazliklarining islom yaqin sharq mamlakatlari bilan savdo-sotig‘i, dastlab Ispaniyadan Fransiyaga qochishga majbur bo‘lgan Ibi Rushd izdoshlarining (avveroistlarning) Italiyaga ko‘chib o‘tishi, musulmon olimlari va mutafakkirlari asarlarining lotin tiliga tarjima qilishi ma’naviy-intellektual zamin yaratdi. Renessansgacha adabiyotda Dante, tasviriy san’atda Jotto kabi daholar ijod qildi. Renessans davrida Ispaniyada Lope de Vega, Servantes, Fransiyada Rable, Kornel, Rasin, Molyer, Angliyada Milton, SHekspir kabi buyuk adiblar ijod qildi. Uyg‘onish davrida san’atning yetakchi turiga musavvirlik, haykaltaroshlik va qisman arxitektura hamda adabiyot aylandi desak, xato bo‘lmaydi. Bu davrda ilm-fan va falsafada ham o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo daho darajasiga ko‘tarilib, jahon ilm-fani va falsafasini yangi pog‘onaga olib chiqqan ijodkorlarni ko‘rmaymiz. Bunday daholar Ma’rifatparvarlik davrida (XVII-XVIII asrlar) paydo bo‘ldi. Dastlab Dekart oliy matematikaga va yangicha ratsional falsafaga asos soldi, ingliz Isaak Nyuton mexanika qonunlarini va butun olam tortishish qonunini kashf etdi, zamonaviy fanlar shakllana boshladi. 1751-1780-yillarda Fransiyada “Ensiklopediya, yoki fanlar, san’atlar va hunarlarning izohli lug‘ati” chop etildi. U 17 jildlik matn va 11 jildlik illyustratsiyalardan, jami 28 jilddan iborat edi. Ensiklopediyani nashr qilishga o‘z davrining ikki buyuk olimi D.Didro va J.L. d’Alamber rahbarlik qildilar. Ensiklopediya maqolalarini yozishda atoqli adib va faylasuflar, olimlar Volter, Kondilyak, Gelvetsiy, Monteskye, Russo, Tyurgo, Reynal, J.Byuffon va boshqa ko‘plab mualliflar ishtirok etdi. Industrial va postindustrial jamiyat ma’naviyati. Ma’rifatparvarlar tafakkur imkoniyatlari cheksizligiga, jamiyat va inson hayotini oqilona qayta qurib, adolat va insonparvarlik tantana qilishi mumkinligiga qattiq ishonar edi. Buyuk fransuz revolyutsiyasi bejiz ”Ozodlik. Tenglik. Birodarlik” degan tushunchalarni o‘z shiori sifatida tanlamagan edi. Ushbu shiorni amalga oshirish uchun fransuz inqilobi tabaqaviy bo‘linishni, yuqori tabaqalar imtiyozlarini, insonning insonga qaramligini (krepostnoy tuzum qoldiqlarini) bekor qildi. Hamma ozod, hamma teng, bir-biriga birodar bo‘lishi kerak. Lekin ushbu ulug‘ niyat, ulug‘ ideal amalda hayotiy voqelikka aylanmadi. Ozodlik va tenglik faqat yuridik mazmunga ega bo‘lib qoldi. Birodarlik umuman qaror topmadi. Aksincha, kapitalistik xo‘jalik va bozor munosabatlari shakllanishi jarayonida, birinchidan, millionlab dehqonlar, hunarmandlar, boshqa kasb egalari sindi, bor-yo‘g‘idan ayrilib yo‘qsilga aylandi, proletarlashdi. Zavod va fabrikalarda ishlab chiqiladigan mahsulot bilan mahalliy hunarmandlarning qo‘lda yasaydigan yoki to‘qiydigan mahsulotlari raqobatlasha olmay qoldi. Sobiq usta-hunarmandlar, dehqonlarning zavod va fabrikalarga oddiy ishchi bo‘lib yollanishidan boshqa iloji qolmadi. Ikkinchidan, bozor raqobati, shu jumladan mehnat bozorida oddiy ishchilar o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro raqobat jamiyat a’zolariga o‘ta ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi. Mehr-oqibat, insoniy munosabatlar sovudi, zaiflashdi. Xudbinlik, foyda olish uchun kurashning nomaqbul usullaridan ham toymaslik, nafs va hirs ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Odamlar o‘rtasida birodarlik emas, balki begonalashish kuchaydi. XVIII asr oxirgi choragidan juda qiyin, yarimoch kun kechiradigan, 12-14 soatlab ishlaydigan zavod, fabrika ishchilari stixiyali g‘alayonlar ko‘tarib, dastgoh va mexanizmlarni sindira boshladilar. Zavod egasining nazoratchi va ish yurutuvchilari ham bunday paytlarda tez-tez jabr ko‘rardi. XIX asrda esa uyushgan, keng miqyosda tarqalgan revolyutsiyalar yuz berdi. Ayniqsa 1830 yildagi Lion, Sileziya va Yevropaning boshqa ba’zi joylarida bo‘lib o‘tgan, 1840 yillar oxirida yanada kuchaygan va keng tarqalgan revolyutsion kurashlarni eslash joiz. Yevropa jamiyati ikkiga bo‘linib, sinfiy qarama-qarshilik va kurashlar girdobiga tushib qoldi. Ziyolilar bir qismi XVIII asr oxirlaridan, ayniqsa XIX asrda ashaddiy eksplutatsiya qilinadigan, haq-huquqsiz, och-yalang‘och mehnatkashlarni himoya qilib chiqa boshladi. Adolatli jamiyat qanday bo‘lishi, unga qanday erishish mumkinligi to‘g‘risida kitoblar yozildi, nazariyalar olg‘a surildi. Ular orasida keyinchalik utopist-sotsialistlar deb atalgan fratsuzlar Sen-Simon, Sharl Furye, ingliz Robert Ouen kabi ma’rifatparvarlar, gumanistik g‘oyalarning davomchilari, ishchilardan chiqqan, anarxizmning asoschisi fransuz Prudon, qarashlari utopik- sotsializm va anarxizm oralig‘ida joylashgan, mazmunan ba’zilari sotsialistlarga, ba’zilari anarxistlarga yaqin turadigan boshqa ko‘plab nazariyachilar bor edi. Ushbu holat Yevropa xalqlari ma’naviyatiga sinfiy qarama-qarshilik, bir birini keskin inkor qilishni olib kirdi, eski qadriyatlarga va dinga bepisandlik kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ma’naviyat o‘tmish jamiyatdan meros qolgan eski ijtimoiy ziddiyatlar va yangidan paydo bo‘lgan zamonaviy ziddiyatlar ta’sirida rivojlandi. Postindustrial g‘arb jamiyatida qarshimadaniyat va aksilmadaniyat vujudga keldi. Postindustrial jamiyatda yana yangi ilmiy-texnika taraqqiyoti, inqilobi yuz berdi. Energiyaning va texnologiyalarning yangi turlari o‘zlashtirildi, yangi fanlar va ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari paydo bo‘ldi. Atom energetikasi, kosmonavtika, kibernetika, molekulyar fizika va biologiya, genetika va boshqa ko‘plab yangi ilmiy, ilmiy-ishlab chiqarish sohalari paydo bo‘ldi. Odamlarning bir qismi ongida gumanitar qarashlarga nisbatan texnokratik qarashlar ustunlik qila boshladi. Ayni paytda inson erkinliklari va huquqlari ahamiyati oshdi. Ammo ularga formal texnokratik qarashlar nuqtai nazaridan yondashildi. Natijada antropotsentrizm vulgarlashdi. U insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari bilan yetarlicha bog‘lanmay qoldi. Postindustrial jamiyat uzluksiz modernizatsiyalashib kelmoqda. Shu sababdan uning hozirgi holati postmodern jamiyati ham deyiladi. Postmodern jamiyatda globallashuv va axborot texnologiyalari yetakchi tendensiyalar qatoriga kirdi. Ushbu tendensiyalar ma’naviyat rivojlanishiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatmoqda. Bir tomondan, yalpi savodxonlik qaror topdi, madaniyat yutuqlaridan keng ommaning foydalanish imkoniyatlari o‘sdi. Maishiy turmush yaxshilandi. Inson erkinliklari va huquqlari jamiyatning asosiy talablaridan biriga aylandi. Ikkinchi tomondan – individualizm va egoizm (xudbinlik), odamlarning o‘zaro begonalashuvi, raqobati yanada kuchaydi, mehr-oqibat, jamoaviylik tuyg‘ulari susayib ketdi. Madaniyat tobora tijoriylashib bormoqda. Ommaviy madaniyat jamiyat hayotining yetakchi fenomeniga aylandi. Aksilmadaniyat ommaviy madaniyat niqobi ostida kengroq tarqalishiga harakat qilmoqda. Milliy madaniyatlarning o‘zaro ziddiyatli ta’siri. Mustamlakachilik domiga tushib qolgan sharq mamlakatlarida XIX asr oxirlari va XX asr boshlaridan an’anaviy jamiyat, turg‘unlik va dogmatizm yangi sharoitda obyektiv omillar va millat ziyolilarining mustamlakachilikdan qutulish yo‘llarini izlashi natijasida yemirila boshladi. Milliy ozodlik harakati vujudga keldi. Mustamlaka mamlakatlarining ilg‘or ziyolilari jamiyatda islohotlar o‘tkazish, xalqqa o‘zligini, milliy manfaatlarini anglatish, dunyoqarashi va madaniyatini yuksaltirish uchun kurashga kirishdi. Bizda dastlab ta’lim va ma’naviyat sohasini tezda umuman jamiyatni isloh qilish uchun kurash jadidchilik harakati ko‘rinishini oldi. Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: 1. Jahon xalqlari ma’naviyati rang-barang va xilma-xil, lekin ayni paytda mushtarak, bir butun tizim. Xilma-xillik har bir xalqning, millatning o‘ziga xos obyektiv shart-sharoitlari, tabiiy muxiti, boyliklari, iqlimi, aholisi zichligi, tarixiy tajribasi, asosan ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan hamda subyektiv omillar–mentaleteti, urf-odatlari, dini, e’tiqodi, savodxonlik darajasi, ma’lumoti, qadriyatlar tizimining takrorlanmas jihatlari bilan belgilanadi. Mushtaraklikni, birbutunlikni jahon xalqlari umumiy taraqqiyoti qonunlari, inson ongi, tafakkuri, qadriyatlar tizimidagi umuminsoniylik va mantiqiylik taqozo etadi, belgilaydi. 2.Jahon xalqlari ma’naviyati uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Rivojlanish hech qachon to‘xtab qolmaydi. Qaysi bir mintaqada u susaysa, tanazzulga uchrasa, boshqa mintaqada davom etadi. Bir xalq ikkinchi xalqning, bir mintaqada ikkinchi mintaqaning vorisi sifatida avvalgi erishilgan yutuqlarning asosiy qismini saqlab qoladi va rivojlantiradi. 3.Milliylik va umuminsoniylik o‘zaro dialektik birlikni tashkil etadi. Milliylikning eng yaxshi, ilg‘or jihatlari, qadriyatlari umuminsoniylikka, umuminsoniylik har bir xalq foydalanyotgan milliy qadriyatga aylanadi. Milliylik va umuminsoniylik birligi bois turli xalqlar, madaniyatlar bir biridan o‘rganadi va o‘zaro bir birini boyitadi. 4.Industrial jamiyatda sinfiy qarama-qarshilik, mustamlakachilik munosabatlari qaror topishi jahon xalqlari ma’naviyatiga juda ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi. Unda ayrim ijobiy tendensiyalar qatorida salbiy tendensiyalar ko‘paydi. 5.Postindustrial jamiyatda g‘arb ma’naviy inqirozi kuchaydi. Inqiroz unsurlari ushbu jamiyatga xos globallashuv, ommaviy madaniyat va aksilmadaniyat ta’sirida jahon miqyosida kuchayib borayotir. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling